Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

XALQ QO‘SHIQLARI
Inson borki ishq bor, muhabbat bor. Avloddan keyin kichik avlod, 
nasldan keyin nasi keladi, ammo insondagi muhabbat tuyg‘usi, qalbda 
ehtirosli his-tuyg‘ular uyg'onishi o ‘zgarmaydi. Mahmud Koshg'ariyning 
«Devonu lug‘oti-t-turk» asarida shunday to‘rtlik bor:
Bulnar meni ulas ko‘z,
Qora mengiz qizil yuz.
Andin tomar tugal tuz,
Bulnap yana ul qachar.
Mazmuni:
Bu mast ko‘zli (seviklim)
Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi).
Yanoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qildi-yu,
Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib ketdi.
Misralardagi so‘zlami tushunish qiyin ekanini hisobga olmasak, 
qo'shiqdagi his-tuyg‘u kechagina yaxshi ko'rgan qizi qochib ketgan 
shoirtabiat yigitning ko‘ngil izhoridan farq qilmaydi.
Yana bir to‘rtlikka diqqat qiling:
Yog‘mur yog‘ib sachildi.
Turluk chachak suchuldi.
Inju qobi ochildi.
Chindan yipor yugrushur.
Mazmuni:
Yomg'ir tomchilari to‘kila boshladi.
Turli chechaklar undi.
Inju qutichalari (g‘unchalar) ochildi.
Har tomonda shifobaxsh atir hidlar gurkiradi42.
42 Маллаев H.M. Узбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. - Т.: Укитувчи. 1976. - Б. 64-65.
121


Keyingi to‘rtlikdagi so‘zlar shunchalar sodda va bizga tushunarliki, 
asl matnni o ‘qiganda ham asosiy fikmi aniq tasavvur qilishimiz mumkin. 
Ya’ni hayotning tinimsiz o‘tishi sevgi dardiga mubtalo bo‘lgan yigit yoki 
navro‘z ayyomida tabiatdagi go‘zal o ‘zgarishlarni ruhan his qilgan inson 
qalbidagi ichki kechinmalaming jo ‘sh urishiga mutlaqo ta’sir qilmaydi. 
Zamon o ‘zgaraveradi, ammo bahor kelgani zahoti yosh bolalar turli 
ko‘rinishdagi varraklami uchiraverishadi, ayni paytda, «Boychechak»ni 
aytishaveradi. Demoqchimizki, inson paydo bo‘libdiki, his-tuyg‘ularni 
ifodalash vositasi hisoblanmish - qo‘shiqlar unga hamroh edi.
Biz qo‘shiq deb atayotgan janr adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 
«shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalar bilan qadimdan atalib 
kelgan. Mahmud Koshg'ariy esa bunday asarlami «qo‘shuq» - qo‘shiq, 
qasida, she'r tarzida beradi. So‘zning ma’nosini sharhlashdagi to‘rtlikda 
«malikaga mendan maqtov yetkaz»4 mazmunidagi misra borki, izohdagi 
qasida atamasini qo‘llash ham o‘zini oqlaydi.
Xalq qo‘shiqlari og'zaki ijodimizdagi lirika jinsiga mansub janrdir. 
Bu janming boshqa turdagi asarlardan farq qiluvchi bosh xususiyati unda 
ijodkoming his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, ruhiy holatini ifodalash- 
dan iborat. Bu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi. Boshqa janrdagi asarlarda 
qahramonning ruhiy holatini aks ettirish belgisi yo‘qmi? Boshqa janr- 
lardagi asarlarda asosiy yo‘nalish voqeani bayon qilishdan iborat bo‘ladi. 
Faqat ayrim o ‘rinlardagina his-hayajon tasviri bilan bog‘liq parchalami 
uchratamiz. Bu o‘rinlarda lirik tasvir qahramon qiyofasini ochishda usul 
bo‘lib xizmat qiladi. Xorazm dostonlari bundan istisno. Chunki xorazm- 
lik baxshilar ijro etgan dostonlaming she’riy parchalari qo‘shiq qilib ay­
tiladi va ular ham lirik jins namunasi hisoblanadi. Xalq qo‘shiqlari esa 
to‘liq ravishda lirik ijod sifatida belgilangan. Taniqli olima, xalq qo‘shiq- 
larining yirik tadqiqotchisi, butun umrini xalq qo'shiqlarini yozib olish, 
o'rganish, nashr qilishga bag‘ishlagan fidoyi inson Muzayyana Alaviya 
mazkur asarlarga: «...oddiy hayot hodisalari tug‘dirgan hissiyotni ifoda- 
Iagan, kuyga solishga qulay, qisqa, esda qoladigan qofiya, vaznga ega 
bo‘lgan she'r qo‘shiq bo‘la oladi»44, - deb ta’rif beradi.
Haqiqatan ham, qo‘shiqning paydo bo‘lishiga bosh sabab inson kay- 
fiyatidagi chuqur iztirob yoki to‘satdan paydo bo‘lgan ko‘tarinki ruhdir. 
Inson noxush damlarda ko‘proq sukut saqlaydi, xayolda vaziyat yechi- 
mini topishga urinadi. Bunday daqiqalarda mungli kuy tasalli beradi,
43 Махмуд Кошгарий. Девону лугати-т- турк. I том. - Т.: Фан, 1960. - Б. 357.
44 Алавия М. Кушикларнинг мазмуни ва шакли масаласига дойр / Узбек халк ижоди. - Т.: 
Фан, 1967. - Б. 73.
122


ko‘ngilni bir oz bo‘lsa-da yozadi. Xursandchilik onlarida esa sho‘x qo‘- 
shiq, raqs hamroh bo‘ladi. Ayni ana shunday manfiy va musbat holatlar 
shaxs qalbida link kechinmalaming paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi: 
oqibatda qo‘shiqning yaratilishiga sabab bo'ladi. Xalqimizda «Kuygan - 
qo‘shiqchi, suygan - baxshi» hikmati bejiz aytilmaydi.
Qo‘shiq haqida nazariy ma’lumot berilgan deyarli hamma adabi- 
yotlarda uning «qo‘shmoq» fe’lidan hosil bo‘lgani aytiladi. Qo‘shiq ata- 
masining tarixi qanchayin sodda tuyilmasin, og‘zaki ijodimizdagi bu janr 
juda murakkab ruhiy kechinmalami ifodalashga xizmat qiladi. O'qil- 
ganda, eshitilganda tushunish oson sezilgan to‘rtliklar zammida olam- 
olam ma’no, murakkab qismat yotadi. Shu bois har qanday qo‘shiq bilan 
tanishganimizda tezlik bilan shoshib xulosa chiqarish to‘g‘ri bo'lmaydi.
Xalq og‘zaki ijodidagi link tur hisoblangan qo‘shiq quyidagi janr 
xususiyatlariga ega:
1. Qo'shiqlarda inson kechinmalari, qalb izhorlari aks etadi. Shuning 
uchun ular lirikjinsga mansub janr deb hisoblanadi.
2. Qo'shiq shaklan she’riy ko'rinishda bo‘ladi. 0 ‘zbek xalq qo‘shiq- 
lari, asosan, barmoq vaznda, ba’zan aruzda yaratiladi.
3. Ko‘pincha, xalq qo‘shiqlari to‘rt misradan iboratdir. Go‘zal ruhiy 
holatni ifodalash xususiyatiga ega. Ayni paytda bir necha bandlardan 
iborat muayyan mavzuni yorituvchi qo‘shiqlar ham bor. Ba’zan 6, 8 
misrali namunalar ham uchraydi. 4 misralilari 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish