Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

M aishiy ertaklar.
Maishiy ertaklar mazmun jihatdan hayvonlar, 
sehrli ertaklardan bevosita hayotiy voqea-hodisalar haqida hikoya qihshi 
bilan farqlanadi. To‘g ‘ri, bu turdagi ertaklarda sehrli-fantastik belgilar- 
ning mavjudligini inkor qilib bo'lmaydi. Ammo umumiy ifoda chegarasi 
maishiy ertaklarda ancha cheklangan. Chunki ularda xalq, avvalo, oddiy 
odamlar qo‘lidan keladigan ishlar yuzasidan fikr yuritadi. Bevosita real 
hayot, turmushda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqealar asos qilib olin- 
gani uchun ham bunday asarlar turkumiga maishiy ertaklar atamasi beryl- 
gan. Ularda haqiqiy hayotdagi inson - millat vakili (xoh ijobiy, xoh salbiy 
bo‘lsin), uning imkoniyati darajasidagi jismoniy kuchi, ilmi, aqliga vo­
qealar zaminida tavsif beriladi. Aksariyat hollarda asar qahramonlarining
39 
Мохистара. Эртак / Сув кизи. - Т., 1966. - Б. 5-52.
116


ismlari ham qayd etilmaydi. Chol, kampir, bir odam, o ‘g ‘il, qiz, kamba- 
g‘al, kosib kabi insonlar mazkur ertaklaming qahramonlari bo‘lib kelave- 
radi. Bu bilan dono xalq ertakda bevosita tinglovchi aholining har bin 
asar qahramoni ekanini ta’kidlagan bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa shaxs 
haqidagi ma’lumotlar o ‘ta aniq shaklda beriladi. Ertakchi bu usul bilan 
ham qahramon taqdiri to‘qima emasligini uqtirgandek bo‘ladi. Filologiya 
fanlari doktori Komil Imomov shunday deydi: «Hayotiy-maishiy ertak­
larda qahramon obrazi folklorga xos individuallashtirilgan bo‘lib, uning 
ismi, avlod-ajdodi, elat, urug‘i hamda voqealar sodir bo‘ladigan o ‘rin-joy 
nomlarigacha mukammal aniq beriladi. « 0 ‘tgan zamonda, Bog‘dod 
tomonda, Mo‘majon kampir degan ayol yashar ekan. U qizidan qolgan 
nabirasi G‘aflatjonni bola qilib boqar ekan»40. Ma’lum bo‘ladiki, qah­
ramon ismi berilsa ham, berilmasa ham asosiy maqsad ertakdagi hikoya 
qilinayotgan voqea oddiy maishiy turmush sharoitida kechganini ta’kid- 
lashdan iborat bo‘ladi. Keyingi maqsad asar ishtirokchilari boshidan 
kechirgan turmush lavhalari vositasida yosh avlodning barkamol inson 
bo‘lib yetishuvi uchun tarbiyaviy zamin hozirlashdan iboratdir.
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida mo‘ysafid ota o‘z o ‘g‘illarini qo‘rq- 
mas, jasur qilib o ‘stiradi. 0 ‘z farzandlarini baxt topish safariga otlantirar 
ekan, ularga uchta maslahat beradi: «To‘g ‘ri bo‘ling, bexavotir bo‘lasiz. 
Maqtanchoq bo‘lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa bo‘lmang, baxtsiz 
bo‘lmaysiz». Bu pand mohiyatini tahlil qilsak, hayotga tayyorlanishi 
lozim insonning haqiqiy amal qilishi kerak hisoblangan fazilatlar aks 
etganiga ishonch hosil qilamiz. Xalqimizda «Och qomim, tinch qulo- 
g‘im» degan maqol bor. Maqolda odam ba’zan nochor turmush kechirishi 
mumkin. Lekin bezovta kechgan soniyadan ko‘ra och qorin bilan yashash 
afzal ekani ko‘rsatilmoqda. Ota nasihatining birinchisi ana shu vaziyatni 
izohlaydi. Ya’ni tinchlikdan ulug‘ ne’mat yo‘qligi qayd etilmoqda. Bu 
falsafaning aniqligini o ‘zingiz hayotda sinagan bo'lsangiz, ajab emas. 
Xalqimizda «Maqtanma g ‘oz, hunaring oz» maqoli ham bor. Yo‘q va 
amalga oshmagan ishlar qancha maqtalgani bilan amalga oshib qolmaydi. 
Maqtangan odam yuzi shuvit bo‘ladi. Xalqimiz «Mehnat - mehnatning 
tagi rohat», deydi. Ya’ni: «Qimirlagan qir oshar» deganlaridek, har bir 
kimsa hayotga ishonishi, harakat qilishni kanda qilmasligi lozim. Quduq- 
dan suv topa olmagan sahrodagi yolovchi umidsizlikka uchrab to‘xtab 
qolmasligi kerak. Ma’lum bo‘ladiki, ertakni yaratishdan nazarda tutilgan
40 Имомов К. Узбек халк эртаклари / Узбек фольклорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981. 
- Б . 79.
117


bosh maqsad farzandga qiyinchiliksiz hayot kechirish kalitini tutqizish- 
dan iborat ekan. Nasihatga amal qilish esa ertakda bayon etilgan voqea- 
larda namoyon bo‘ladi. Og‘a-inilar ajdar, sher, qaroqchilar to‘sig‘idan o ‘z 
tadbirkorliklari bilan oson o ‘tadilar. Ammo kenja botir bog‘da uxlab 
yotgan podshohga zahar solmoqchi bo‘lgan ilonni qilich bilan chopib, 
qurolini qiniga solayotganida podshoh uyg'onib qoladi va kuyovini 
qotillik qilmoqchi bo‘lishda ayblaydi. Ana shu voqeada ham haqiqat, 
adolat oxir pirovardi g ‘alaba qiladi. Ertak mohiyati unda ifodalangan 
Iavhalar davomida yeclulib boradi.
Hayotiy ertaklarda to‘g ‘rilik va egrilik, mehnatsevarlik va dangasalik, 
poldik va nopoklik, mardlik va xiyonat doimiy ravishda qaramaqarshi 
qo‘yiladi. Xalq ertak davomida kichik, e’tiborga arzimaydigan unsurlardan 
ustalik bilan foydalanadi, vaziyat yechimini ular orqali hal qiladi.
«Tuhmatga uchragan kishi» ertagida boy ko‘chada jiyanining xo- 
tinini ко‘rib, unga uylanmoqchi bo‘ladi. Insofga kelgan amakidek ji- 
yanini savdoga jo'natib yuboradi, ammo keliniga uylana olmaydi. Kelin 
karvonboshining qo‘liga tushadi. Bu yerda ham tuhmatga uchraydi. 
Zo‘rg‘a qochib qutuladi. Yo‘lda bir o‘g ‘rini o ‘limdan qutqaradi. Lekin 
o ‘g ‘ri unga tuhmat qilib karvonga sotib yuboradi. Taqdir kelinni qut­
qaradi. Ammo bu safar kelin o ‘g ‘rilar to‘dasiga duch keladi. Yana 
ozodlikka chiqadi va oxir pirovardida bir shaharga podshoh bo‘ladi. 
Ertak oxirida kelinga tuhmat qilgan odamlaming hammasi bir joyga 
to‘planadilar va haqiqat ro‘yobga chiqadi. Ertakning bosh g'oyasi 
ma’naviy poklikni ulug'lash. Xalq «Haqiqat bukiladi, ammo sinmaydi» 
maqolining izohini bu ertakda ifodalashga harakat qilgan. Har bir lavha 
muayyan maqsadni amalga oshiradi. Inson idroki chegarasiz quwatga 
ega ekanligi isbotlanadi. Bir yoshgina kelinning boshidan o ‘tgan mudhish 
hodisalar, uning turli tuhmatlarga bardosh berishi tinglovchiga «Sening 
peshonangdagi mushkulot kelinniki oldida arzimaydi-ku» degan fikmi 
ta’kidlagandek bo‘ladi. Ertak yakunida yana bir ibratli hikmat bor. 
Kelinning eri tuhmatchilami jazolash haqida gapirganida, xotini:
-
Yo‘q, ular bilan teng bo'lish kerak emas, - deb javob beribdi»41. 
Demak, xalq yomon va yovuz odam bilan muomalada bo‘lishni, hatto, 
uni jazolashni ham unga teng bo‘lish alomati deb baholaydi. Aynan shu 
bois o ‘zbek xalqi, millat mintaliteti haqida gap borganda, oliy himmat- 
lilik, bag‘rikenglik tilga olinadi. Binobarm, hayotiy ertaklar (ularni
41 Тузцлатта учраган келин. Эртак / Ойжамол (хдётий эртаклар, иккинчи китоб). - Т., 1969. -
Б. 108.
118


folklorshunoslikda «hayotiy-maishiy», «hayotiy-satirik», «maishiy» er­
taklar deb ham yuritadilar) qahramonlari o'zbek millatining ramziy vakili 
ekan. Ular xalqqa iymon, vijdon, erk, idrok, iroda, qanoat, aql, hunar, ilm 
haqida tarbiyaviy tushunchalar beradi.
Xalq ertaklari badiiy so‘z san’atining go‘zal namunasi sifatida alo­
hida ahamiyatga ega. «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir och ekan, bir to‘q 
ekan...» jumlasidan boshlanar ekan, ertak «murod-maqsadiga yetibdi» 
degan yakungacha tinglovchi diqqati voqealarga to‘liq ravishda jalb 
etiladi. Undan keyin nima bo'ladi, bu hodisa qanday tugaydi, degan sa- 
vollar tinglovchi xayolini band etib turadi. Ertaklaming yashovchanligiga 
sabab ham ulaming badiiy mukammalligi bilan belgilanadi. Mazmun 
jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik diapazonini ta’min- 
laydi. Ulaming hajmi mazmunda ifodalangan voqealar tizimiga, muam- 
molaming yechimiga bog'liqdir. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi ertak­
lari bir necha daqiqada aytib tugallanishi mumkin. Ayni chog‘da guvoh 
zamondoshlarimiz xotirasiga ishonsak, bir necha kechalar davomida 
aytiladigan namunalar ham bor. Folklorshunoslikda ertak janri bugungi 
kunda asta-sekin yo'qolib bormoqda, degan mulohazalar yo‘q emas. 
Ammo 2006, 2009, 2010-yillarda Jizzax, Qashqadaiyo, Samarqand, 
Toshkent viloyatida o‘tkazilgan folklor ekspeditsiyalari bu fikmi bildi- 
rishga hali erta ekanini ham ko'rsatdi. Talabalarimiz bir qator ertaklami 
ham yozib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu ijobiy holatning bosh sababini 
ham ertaklar badiiyatidan axtarish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, ertak­
lar syujeti puxta o‘ylab tuzilgan rejaga bo‘ysunadi. Har bir voqea ikkin- 
chisi bilan uzviy bog‘lanadi, keyingi lavhalar avvalgilaridagi 
tushunchalami rivojlantirib boradi. Ertaklarda xalq milliy tiliga mansub 
so'zlardan o ‘mida foydalanish seziladi. Aytuvchi o ‘z hikoyasini sodda 
gaplardan tuzilgan aniq fikrlar vositasida davom ettiradi. Bu janrga man­
sub asarlarda, albatta, qizlar o‘n to‘rt kunlik oydan go‘zal, yigitlar mard, 
qilichlar keskir, dasturxonlar ochiluvchan, xumlar qaynama xususiyat- 
larga ega bo'ladilar. Ertaklarda juda boy va turli-turli o ‘xshatish, sifat- 
lash, mubolag'alar majmuasiga duch kelamiz. Shuning uchun ham og‘zaki 
ijodimiz tarkibidagi bu asarlar haqiqiy ma’noda qadriyadar namunasi, 
madaniy merosimizning noyob gavhar - injulari darajasida e’zozlanadi.
119



Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish