Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

137


Churiyalar.
Chorvachilikda churiya qo‘shiqlarining ham o ‘ziga xos 
o‘rni bor. Avvalo, sog‘iladigan sigirga, qo‘yga, echkiga alohida-alohida 
qo'shiq yaratilishiga e‘tibor beraylik. Ho‘sh qo‘shiqlari qo‘y sog‘ishda 
aytilmaganidek, turey-tureylar va churiyalar sigir sog'ishda aytilmaydi. 
Tabiiyki, hayvon uchun qanday qo‘shiq aytib sog‘ish baribir emasmi? -
degan savol tug'iladi. Yo‘q, hayvon uchun ham baribir bolmagan. Egasi 
buni hisobga olgan. Gap shundaki, har bir chorvador qo‘yga, echkiga 
o'ziga xos munosabatda bo'ladi. Ular hatto sigiming qaysi rangni yaxshi 
ko‘rishini, qaysi qo'shiqni eshitganida ko‘proq sut berishini bilganlar.
Churiya qo‘shiqlarining mazmun-mohiyati ham echkini maqtashdan, 
uning odat va fazilatlarini oshirib ta’riflashdan iborat:
Og‘ziginangda o‘ting bor, churey-churey,
Yelinginangda suting bor, churey-churey.
Sersoqolim jonivor, churey-churey,
Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
Bu qo‘shiqlarda «og‘zing» emas, «og‘ziginang», «yelining» emas, 
«yelinginang», «sersoqolim» kabi so'zlarga e ‘tibor bering.
Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya,
Minora qushlar qo‘nara, churiya-churiya.
Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya,
Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya.
Mazkur to‘rtlikka o ‘xshash qo‘shiqlarda o‘ziga xos kichik lirik asar yara- 
tilgandek tasavvur hosil bo‘ladi. Hatto sut sog'uvchining dardi «bolang 
olib iskasang-a» misrasida aks etmaganmikan, degan fikr paydo bo'ladi.
Xullas, chorvachilik bilan bog‘Iiq qo‘shiqlar xalqimizning qadimdan 
bu kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor 
ekanidan darak beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek muoma- 
lada bo'lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan. Eng 
muhimi, aytilayotgan qo'shiqning oxir oqibat natijaga ijobiy ta’sir 
qilishini bilgan.
Shubhasiz, «Ho‘sh», «Turey-turey», «Churiya» qo‘shiqlarini chorva- 
dorlar orasida yashagan shoirtabiat odamlar to‘qishgan. Bu qo‘shiqlarda 
so‘z san’atining boshqa namunalarida bo‘lganidek, turli badiiy vosita- 
lardan foydalanilgan. Xususan, «esli molim», «qalam qoshing», «zotli
138


molim» kabi sifatlashlar; «qozon-qozon suting bor», «aqffisan, donosan», 
«shoxlaring bor bir minor» kabi mubolag‘alar; «yelkamdagi kokilim», 
«bog‘da ochilgan gulim» kabi istioralar; «qalam qoshing suzilsin», 
«sutliligingni bildirgin» kabi jonlantirishlar qo‘llangan. Qo‘shiqlarda qo- 
fiya san’atiga ham alohida e’tibor berilgan. Bu tasvir vositalari qo‘shiq- 
laming estetik qimmatini oshirgan, joziba bag'ishlagan. Ayni paytda xalq 
qo‘shiqlari xazinasidan munosib o ‘rin olish imkonini ta’minlagan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish