Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

qah­
ramonlik asari
sifatida e’tirof etishgan. Keyingi paytlarda “Malika Ay- 
yor”, “Chambil qamali” kabi dostonlarda ham qahramonlik motivi yetak­
chi ekanligi ko‘rsatilayotgan ilmiy asarlar ham borligini ta’kidlash joiz.
Shuningdek, “Ravshan” dostonida ham jang lavhalari bor. Ravshan 
bir lavhada sevgi deb vatanidan kechadigan nomard emasligini aytadi va 
mardligini dalillaydi. Ammo dostondagi yetakchi masala baribir uning 
Zulxumor ishqidagi sarguzashtlari bilan bog‘liq. Shu bois “Ravshan”ni 
ishqiy-romanik turga mansub berish ma’qul.
Qahramonlik eposi xalq og‘zaki ijodi tarixida folklorshunoslik nuqtai 
nazaridan alohida bosqich sifatida baholanadi. Yunonlardagi “Odisseya” 
va “Iliada” asarlari bu jihatdan qayta-qayta ta’kidlangan. Qirg'iz xalq 
ijodidagi “Manas”ga ham shunday baho berish mumkin. Bunday asarlar- 
da qahramonlik va favqulodda mardlik ko‘rsatgan xalq farzandining yurt 
ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, son va kuch jihatdan 
ustun turgan dushman bilan olishuvlari aks etadi. 0 ‘zbeklarda qahramon­
lik eposiga “Alpomish” dostoni misol bo‘ladi. Unda yurtimizdagi milliy
170


an’analaming shakllanishi, tashqi dushmanga qarshi kurash, xalq birligini 
saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g'oyalari o ‘z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlaming salmoqli qismi 
sevgi-romanik turga mansubdir. “Roman” so‘zi fransuz tilidan olingan 
bo‘lib, eposning bir turi ma’nosini bildiradi. Keyinchalik badiiy adabiyot- 
da roman janr sifatida ajralib rivojlandi. Endi sevgi-sarguzasht voqealari, 
yetakchi asarlar bu nom bilan ataldi. Xalq ijodida sevgi-romanik atamasi 
bilan atalgan doston deganda, asosan, muhabbat bilan aloqador sargu- 
zashtlar aks etgan asarlar nazarda tutiladi. Ularda voqea tuguni oshiqning 
ma’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon 
ishqiy sarguzashtlarga boy safarga otlanadi. Bu yo‘lda baxshi kashfi- 
yotlariga boy lavhalar o ‘ylab topiladi. Masalan, Islom shoir ijrosidagi 
“Nigor va Zamon” dostonida yigit va qiz bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. 
Ammo qizning otasi Zamondan Go‘ro‘g ‘lining G ‘irotini olib kelib berishni 
talab qiladi. Baxshi Zamon sarguzashtida devlar bilan olishuv, palakqush, 
Go‘ro‘g ‘lining jang qilish san’atlarini mahorat bilan doston syujetiga 
singdirib yuboradi. Tur jihatdan dostonni sevgi-romanik deb atashdan 
boshqa iloj yo‘q. Ammo asosiy yo‘nalish ko‘proq safar sarguzashtlaridan 
iboratdir. “Ravshan”, “Kuntug‘mish” esa mazkur dostonlar tunning 
go‘zal namunalari sifatida tan olingan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish