Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Savol va topshiriqlar:
1. Xalq qo'shiqlari shu muddatgacha o'rganilgan boshqa janrlardan
qaysi xususiyati bilan ajralib turadi?
2. Xalq q o ‘shiqlarining tasnifi qanday asoslanadi?
3. Mehnat qo ‘shiqlari haqida so ‘zlang.
4. Mavsum-marosim qo ‘shiqlarining xos xususiyatlarini ayting.
5. Lirik qo'shiqlar haqida nimalar bilasiz? Yod olgan namunala-
ringizni hirgoyi qilib ayta olasizmi?
6. Xalq qo ‘shiqlarini bilgan shaxslardan namunalar yozib oling.
Adabiyotlar:
1. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек халк 
огзаки поэтик ижоди. - Т.: Увдтувчи, 1990. - Б.142-169.
2. Алавия М. Узбек халк кушиклари. - Т., 1959.
153


3. Алавия М. Узбек халк маросим кушиклари. - Т.: Фан, 1974.
4. Саримсоков Б. Мехнат кушиклари / Узбек фольклри очерклари. -
Т.: Фан, 1988.- Б . 223-244.
5. Алавия М. Лирик кушщлар / Узбек халк кушиклари. - Т., 1959. -
Б. 244-253.
6. Жуманазаров У. Тарихий кушиК / Узбек фольклори очерклари.
Биринчи том. Т.: Фан, 1988. - Б. 254-261.
7. Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. - Т.: MUMTOZ
SO’Z, 2008.
8. Хоразм халк кушикларидан намуналар. - Т.: Фан, 1965.
9. Ок олма, кизил олма / Кушиклар. - Т., 1972.
10. Бойчечак / Болалар фольклори, мехнат кушиклари. - Т., 1984.
11. Келиной кушиклари. - Т., 1981.
TERMALAR
Xalq og‘zaki ijodida qo‘shiq va doston o ‘rtasida vujudga kelgan bir 
janr bor. Unda qo‘shiqdagi lirik ifoda, ayni paytda epik bayon qilish 
xususiyati uyg'un namoyon bo'ladi. Bunday asarlarga xalq 
terma
deb 
nom bergan. So‘zning lug‘aviy ma’nosi ko‘pdan terib olingan, ajratib 
saralangan tushunchalarini beradi. 0 ‘zbek folklorining yirik tadqiqotchisi 
filologiya fanlari doktori, professor To‘ra Mirzaev termalar janriga shun­
day ta’rif beradi: «Pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratil- 
gan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlaming ta’rifi va 
tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 
satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik, 
liro-epik she’rlarga terma deyiladi»61.
Ta’rifda diqqatni jalb qiluvchi bir nechta fikriy nuqtalar bor. Avvalo, 
termalar mavzu jihatdan, ko‘pincha, pedagogik ahamiyatni nazarda tut- 
gan hayotiy lavhalar bayonidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, ularda yozma 
mumtoz adabiyotdagi qasida vazifasi bajariladi. Ya’ni ayrim shaxslar, 
do'mbira, ot yoki yana nimalargadir she'riy maqtovlar bag‘ishlanadi. 
Uchinchidan, termalar lirik parchalardan tashkil topishi mumkin. Demak, 
bunday termalarda ijrochining bosh maqsadi his, tuyg‘u, ichki kechin- 
malar ifodasiga qaratiladi. To‘rtinchidan, liro-epik she’rlardan iborat 
bo‘lganda, voqealar bayoni his-tuyg‘u vositasida aks etadi. Va, nihoyat,
61 Мирзаев Т. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 169.
154


hajmi 10-12 va 150-200 misra atrofida, ya’ni ijrochi baxshining xohishi 
bilan belgilanadi.
Filologiya fanlari doktori, professor Abiyr Musaqulov esa xalq 
termalarining estetik ahamiyatiga diqqat qilib shunday deydi: «Termalar 
o‘zbek folklori estetikasini o ‘rganish uchun g ‘oyat muhim manbadir. 
Go‘zallik va xunuklik, baxt va baxtsizlik haqidagi termalar fikrimizga 
dalil bo‘la oladi»62. Mazkur mulohaza muallifi termalaming xalq ommasi 
orasidagi haqiqiy insoniy fazilatlami targ'ib qilish quroli ekanini alohida 
ta’kidlamoqda. So‘z san’atining bosh vazifasi ham aynan insonga 
go‘zallik va xunuklik vositasida uning qalbiga yo‘l topish orqali ruhiy 
ta’sir o ‘tkazishdir. Termalaming janr xususiyatlari ana shu tushunchalar 
orqali namoyon bo‘ladi.
Termalaming estetik vazifasi uni ijro etayotgan baxshi bilan ting­
lovchi o ‘rtasida aloqa rishtalarini bog‘lashdan iborat. Ayniqsa, baxshi 
o ‘zining doston aytishini bir oz orqaga surib, tinglovchilarga ruhiy ta’sir 
o'tkazmoqchi bo‘ladi. Bu fursat davomida «Nima aytay», «Doston 
terish», «Kunlarim», «Do‘mbiram» ba’zan ijtimoiy hayotdagi yangiliklarga, 
o'zgarishlarga atab «Chigirtka»ga o‘xshash termalar ijro etilgan. Masa- 
lan, 2000-yilning qish kunlaridan birida 0 ‘zbekiston Milliy universiteti 
magistrlari bilan Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi Chori baxshi Xo‘- 
jamberdiev huzuriga mehmonga bordik. Baxshi qo‘shni qishloqqa to‘yga 
ketgan ekan. Ertalab soat 10 dan 2 gacha uni kutishga to‘g‘ri keldi. Bax­
shi uyiga qaytib, suhbat boshlanganida, undan «Alpomish» dostonidan 
parcha aytib berishni iltimos qilishdi. Ammo Chori og‘a dostonni bosh- 
lashdan avval yaqin yarim soat davomida mehmon yigit-qizlardan kechga 
qolgani uchun uzr so‘rash mazmunida termalar aytdi. Keyinroq esa ke- 
chagi to‘y tafsilotlari, ziyoratga borgan magistrlar ta’rifi, yurtimizdagi ijobiy 
o ‘zgarishlar bayoni keltirildi. Keyin savollarga berilgan javoblardan ma’­
lum bo‘ldiki, terma aytilayotgan paytda «Alpomish» dostonidagi qaysi 
lavhani ijro qilish rejasi tuzilgan ekan. Ma’lum bo‘lyaptiki, termalar ijrosi 
faqat tinglovchini muayyan vaqt davomida nima bilandir band qilishdan 
tashqari baxshi uchun o‘z tinglovchilarini o'rganish, ular didini aniq- 
lashga urinish va to ‘liq ijro jarayoniga reja tuzish imkonini berar ekan.
Folklorshunos olimlar ta’kidlashlaricha, termalaming eng ko‘p 
tarqalgan ko‘rinishi «Nima aytay» hisoblanadi. Bu jarayon ham baxshiga 
mashq qilib ovozini charxlash, ham do‘mbirani sozlash, ham tinglovchini 
o ‘rganish uchun xizmat qiladi:
62 Мусакулов А. Узбек фольклори очерклари. I том. - Т.: Фан, 1988. - Б. 269.
155


0 ‘n beshida oydan to‘lgan,
Olmosini belga solgan,
Go‘ro ‘g‘liga xizmat qilgan,
Qirq yigitni girdga olgan.
So‘rab o ‘tdi Avaz polvon,
Avazxondan aytaymi?
Dostondan oldin aytiladigan termalarda baxshi do‘mbirani maqtashi 
yoki uning o ‘jarligi, qaysarligini aytib tanqid qilishi mumkin edi:
Nomard yigit bu majlisga bo‘ylamas,
Avni kelsa, Nurmon gapni o ‘ylamas,
Yorib yoqsam, biror choydish qaynamas,
Senda yog‘och o ‘tin bo‘lgan do‘mbiram.
Shu bilan birga ko‘p baxshilar aksari paytlarda tinglovchilarga o ‘z 
hayotlarini aytib berganlar. Taniqli ustozlar: Abubakr Divaev, Hodi 
Zaxifov, Buyuk Karimov, G‘ozi olim Yunusov, Mansur Afzalov kabi 
olimlar harakati bilan o ‘nlab termalar yozib olingan va biz bu termalar 
matni vositasida ajoyib baxshilarimizning hayotiga oid nozik lavhalar 
bilan tanishmoqdamiz.
Professor Hodi Zarifov bergan ma’lumotlarga qaraganda, Juman­
bulbul o ‘g ‘li Ergashni maktabdor 0 ‘tamurodning qizi Ziynatoyga uylan- 
tirganlar. Ammo baxshi yashaydigan hudud an’anasiga ko‘ra kelin to‘y- 
dan keyinoq kuyovnikiga kelmas ekan. Uning kuyovnikiga kelishi uchun 
yana bir to‘y o'tkazish odati bor ekan. Afsuski, birinchi to‘ydan keyin 
Jumanbulbul vafot etadi. Ergashning esa keyingi to‘yga mablag'i bo‘lmay- 
di. Otasidan qolgan arzimas bor-yo‘q narsalami qarz evaziga olib ketishadi:
Bo‘lib-bo‘lib olib ketdi haqini,
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo‘g ‘ini,
Zoti yo olismi, bizga yaqini,
Bariga haq berib turgan kunlarim.
Ergash hayotida juda murakkab tanqis holat ro‘y beradi:
Xotin qoldi otasining uyida,
Men bilmayman ne gaplar bor o ‘yida,
156


Ko‘p va’dalar bo‘lgan edi to‘yida 
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.
Shunday qilib, vaqtida jonkuyar insonlar harakati bilan yozib 
olingan termalar yordamida baxshi hayotidagi o‘ta sirli va betakror 
hodisalar haqida ma’lumot olamiz. Bu xususiyat faqat Ergash 
Jumanbulbul ijodiga emas, umuman, baxshilarga xosdir. Jumladan, Fozil 
shoir o ‘zi haqida shunday deydi:
Olti yoshda qo‘msab-qo‘msab otamni,
Og‘ir mehnat ezdi sho'rlik enamni.
Ena-bola topolmadik bir nonni,
Parcha non yeb, yig‘lab o ‘tgan kunlarim.
Bu termadan biz Fozil shoir otasi Yo‘ldoshdan juda erta yetim qol- 
ganini, turmush qiyinchiliklariga chidashi og‘ir ekanini, onasi bilan no- 
chor hayot kechirishga majbur bo‘lganini bilamiz. Terma davomida 
birinchi banddagi fikr rivojlanadi:
Yetti yoshda ortdi mening kulfatim,
Sakkiz yoshda og‘ir mehnat ulfatim,
Mehnat uchun sinab ko‘rdim quvvatim,
To‘qqiz yoshga yig‘lab yetgan kunlarim.
Shunday qiUb, «Kunlarim» matni bilan tanishganimiz sari mashhur bax- 
shining hayot solnomasidagi muhim sanalar bizga ma’lum bo‘lib boradi.
Hodi Zarifov o‘z xotirasida Ergash Jumanbulbulning Amin baxshi 
tomonidan kashf qilingan ajoyib mubolag'a san’atiga misol keltiradi:
Ariq tubida andiz,
Daryo tubinda qunduz,
Tog‘lami osmonga oting,
Tutday to‘kilsin yulduz.
«Alpomish» dostoni matnidan olingan mazkur parchani dostondan 
olingan terma sifatida baholash mumkin.
Mashhur baxshilar yurtda sodir bo‘layotgan adolatsizliklarga beparvo 
qarab turolmaganlar. Ayrirn termalar matnida 0 ‘zbekiston hududidagi
157


tarixiy voqealar ham aks etgan. Xususan, Hodi Zarifov qayd qilishicha, 
1898-1908-yillarda 0 ‘rta Osiyoni chigirtka bosgan ekan. 0 ‘tgan asrda 
qariyalaming xotirasiga qaraganda, ayrim hududlardagi chigirtkani ku- 
raklarda qopga solib ulgurishmagan ekan. Ana endi ofatni ekin maydon- 
larida tasavvur qiling. 1908-yilda Fozil Y oidosh o ‘g‘li «Chigirtka» nomi 
bilan terma yaratadi:
Bozorchidan shayton qaytib,
Biriga uch baho aytib,
0 ‘ttiz olib, to‘qson sotib,
Davlatmandlar qabon bo‘ldi.
Kambag‘alning aqli shoshib,
0 ‘g‘il-qizman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig‘lashib,
Do‘stlar qaddi kamon bo‘ldi.
Bu qo'shiq-termada yurtimiz boshidan kechgan musibatli kunlar 
badiiy aksini topgan.
Baxshilar tomonidan kuylab kelingan «Do‘mbiram», «Kunlarim», 
«Nima aytay?», «Go‘ro‘g ‘li», «Bormi jahonda?..» kabi termalaming 
hammasida ham ma’lum darajada real tarixiy voqealar, xalqning 
kechinmalari ifodalangan. Ulami yaratishda Fozil Yo‘ldosh o ‘g ‘li, 
Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li, Po‘lkan shoir, Islom shoir, Umir Safarov, 
Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Rahmatilla Yusuf o ‘g ‘li, Qodir 
baxshi, Qahhor baxshi ijodi muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, termalami xalqimiz og‘zaki ijodidagi mustaqil janr 
sifatida baholash mumkin. Ular xalq hayotining badiiy ifodasi sanaladi. 
Termalaming xalq dostonlari va haqqoniy hayot o ‘rtasidagi aloqa 
bog‘lovchi vositachilik ahamiyati hoyatda muhimdir.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish