Savol va topshiriqlar:
1. “Alpomish” dostonining Fozil Y o‘ldosh o ‘g ‘lidan yozib olingan
variantini о ‘qing.
2. Dostonning bugungi kunda xalq qadriyatlari qatorida e ’tiborga
loyiq ekanini izohlang.
3. “Alpom ish” dostonidagi mifik dunyoqarash belgilarini alohida-
alohida k o ‘rsating. Ular haqida bilganlaringizni so ‘zlang.
4. Dostonning o ‘rganilishida olim lar fikrlarini ayting. Ulam i
baholashga urining.
5. Dostondan parcha yodlang.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.:
Ma’naviyat, 2008.
2. Алпомиш. Достон. - Т.: Шарк; НМАК, 1998.
3. Жирмунский В.М., Зарифов
Х.Т.
Узбекский народный
героический эпос. - Москва, 1947. - Б. 60-108.
4. Мирзаев Т. «Алпомиш» достонининг узбек вариантлари. - Т.:
Фан, 1968.
5. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. - Т.: Фан, 2008.
6. Саидов М. Узбек достончилигида бадиий мах,орат. - Т.: Фан,
1969.
7. Мирзаев
Т.
Достонлар гултожи / Алпомиш. - Т.: 1998. - Б. 7-
12
.
8. “Алпомиш” - узбек халк кахрамонлик эпоси. -
Т.:
1999.
9. Мухаммаднодир Саидов - маърифат фидойиси. - Т.:
MUMTOZ SO’Z, 2009. - Б. 5-91.^
10. Мирзаев Т. Достонлар / Узбек халк; поэтик ижоди. - Т.: 1990.
- Б. 227-268.
11. Самад А. Узбек халкининг кахрамонлик эпоси / Сабок
самараси. - Т.: Фан, 2007. - Б.62-87.
12. Йулдошев К;. “Алпомиш” талк;инлари. - Т.: Маънавият, 2002.
13. Мадаев О. Алпомиш билан сух,бат.
Т.:
Маънавият, 1999.
187
ERGASH JUMANBULBUL 0 ‘G‘LI
Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li deganda “Ravshan”, “Kuntug'mish”
dostonlari ko‘z oldimizga keladi. Baxshilar “Ravshan”ni Ergashning
otasi Jumanbulbul uch marta haydagan dostoni deb atashgan ekan.
Ergash mana shunday mashhur oilada 1868 yilda dunyoga keldi. Shu
hududda yashagan Sulton kampir, buvisi Tilla kampirdan tortib, bobosi
Mulla Xolmurod, otasi Jumanbulbulgacha doston aytishgan, o ‘ziga xos
termala’- ijod qilishgan. Bu oila Nurota tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘ida
istiqomat qilgan. Folklorshunoslikda Qo‘rg ‘on dostonchilik maktabi deb
nomlanishda qishloq nomidan ko‘ra Jumanbulbul oilasi xizmati ko‘proq
edi. Ustoz Hodi Zarifov Ergash Jumanbulbul haqidagi mashhur “Ulkan
xalq san’atkori” maqolasida Qulsamat baxshining onasi Sulton
kampiming hayotidagi ibratli voqeani eslaydi: Qozoq oqini yig‘indagi
shoirlami yengganida bir o ‘zbek baxshisi “Sen bizning Sulton kampir
bilan teng ekansan”, - deydi. Oqin Sulton kampimi chelak ko‘tarib
kelayotganida izlab topadi va unga savol beradi:
Sendan savol so'rayman, turgan zayip,
О ‘si turgan tovlaring necha jasar?
Shunda Sulton kampir:
Xudoyimning ishin ko‘r,
Falakning gardishin ko‘r,
Men bilmayman yoshini,
Og‘zin ochib tishin ko‘r,
degan ekan. Ustoz bu voqeaning hayotda ro‘y bergan-bermaganidan qat’i
nazar unda Qo‘rg‘on dostonchiligi vakilidagi ijodiy salohiyat qanchalar
kuchli ekani namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi.
188
Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li yoshligidan ijodkor muhitda tarbiyalandi,
baxshilardan doston aytish sirlarini o'rgandi. Bizga noma’lum sabablarga
ko‘ra shoiming otasi ko‘rgan farzandlar Jumanbulbul ellik yoshdan
o ‘tgandan keyin tug‘ilishgan. Abduxalil, Abdujalil, Mahkamoy ismli
ukalari uzoq yashamaganlar.
Jumanbulbul katta o ‘g ‘li Ergashdagi aqliy kamolotni his qilib, uni
yetti yoshida qishloq maktabiga beradi. 17 yoshida esa Buxorodagi
madrasalardan birida o ‘qitadi. Natijada, Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li
o ‘nlab xalq baxshilari orasida o ‘qishni va yozishni mukammal biladigan,
Navoiy, Fuzuliy ijodidan boxabar yagona ijodkor sifatida yetiladi.
Ergash Jumanbulbul o‘g ‘li folklorshunos olimlarga o ‘tgan asming
20-yillaridan ma’lum bo‘ldi. Undan Hodi Zarif, G‘ozi Olim Yunusov,
Muhammad Iso Emazar o ‘g ‘li kabi olim va ziyolilar 33 nomdagi asar-
lami yozib olishgan. Baxshi haqidagi maqolalar soni esa 200 ga yaqin.
0 ‘zbek bahshilaridan birontasi Ergash shoirdek 5 jildlik asarlar to ‘p-
lamini nashr qilishga musharraf bo‘lgan emas. 0 ‘zbek xalqi tarixidagi
yorqin sahifalar aks etgan “Oysuluv” dostoni ham Ergash Jumanbulbul
og‘zidan ertak holida yozib olingan.
Ergash shoiming mashaqqatli hayoti Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan
hamqishloqlarinikidan o ‘zgacha emas edi. “Kunlarim” termasidagi uyla-
nish va otasi o ‘lganidan keyin qarz evaziga butun bor-yo‘g ‘idan ajralishi
tarixini eslang. Uning ustiga ukalari va singlisining vafot etishi baxshiga
ruhiy ta’sir qildi. Ergash Jumanbulbul o‘g ‘li ukasi Abduxalil o ‘limi bilan
bog‘liq yig‘isida shunday deydi:
Emrandi tanimda jonim,
Xazonda bo‘ldi gulistonim,
Yigiashib yor-yoronim,
Bemahal qurib bo‘stonim,
Qo‘ldan uchdi bo‘z tarlonim,
Eshitinglar qadrdonim,
Yolg‘iz inim, suyanganim,
Shunqorimdan judo bo‘ldim.
To‘g ‘ri, 20 yoshga kirgan Abduxalil vafot etganida baxshi 30 yoshda
edi. Hayot tajribasiga ega bo‘lganiga qaramay navqiron inidan ajralish
shoirga o ‘z kasrini o'tkazmasligi mumkin emas edi.
189
Turmush tashvishlari baxshidan tinimsiz mehnat qilishni talab qilar
edi. Samarqand, Zarafshon atrofida qishin-yozin tirikchilik dardida doston,
termalar aytish bilan band bo‘ldi. Ammo iymonini yo‘qotmadi, davlat-
mandlarga qulluq qilib yashamadi. Otasi Jumanbulbulga munosib farzand
bo'ldi. Ustoz Hodi Zarif xotirasiga ko‘ra (Hodi Zarif baxshi Ergash
Jumanbulbul bilan juda yaqin aloqada bo‘lgan. Haftalar davomida birga
yashashgan. Ehtimol, shu sababdan baxshi otasi hayotidagi nozik voqea
tafsilodarini Hodi Zarifovga aytib bergan) Miltiqboy ismli bir zolim amal-
dor Jumanbulbulga duch kelib o ‘zini ta’riflashni so‘rabdi. Maqtov evaziga
qorabayir otini mukofotga berishini ham aytibdi. Shunda Jumanbulbul:
Agar tuya bo'lganda jo ‘n bo‘laring,
Otdan keyin eshakman teng bo‘laring.
Qantar og'may xarish bo ‘p ag ‘nab yotib,
Qarg‘a bilan quzg‘unga yem bo‘laring
Agar yilqi bo‘lganda o‘tmas eding,
Bahong qirq besh-ellikka yetmas eding,
Har kim olsa, o ‘zingni, aynib berib,
Chir aylanib ovuldan ketmas eding86 - degan ekan.
Ergash shoir otasidagi haqgo'ylikdan g‘ururlangan, faxrlangan. Shu-
ning uchun el orasidagi hurmatini yuqori darajada saqlash baxti hayoti
dagi aziz tushuncha hisoblangan.
Ergash shoir Buxoro madrasalarida Alisher Navoiy, Fuzuliy,
Mashrab ijodi bilan yaqindan tanishdi. Bu fazilat, shubhasiz, baxshiga
ijro etilajak dostonlar kompozitsiyasi, syujetining badiiy mukammal ish-
lanilishida foyda berdi. “Ravshan”, “Kuntug'mish” dostonlari “uch marta
haydalgan”ligi bilan ajralsa, “Alpomish”, “Qunduz bilan Yulduz”,
“Dalli”, “Xush keldi”, “Avazxon”, “Hasanxon”lar zaminini o ‘z mahorati
bilan haydashga urindi. Folklorshunoslar Ergash shoir ijrosidagi asarlar-
ning puxta ekanligini alohida ta’kidlaydilar. Shoir dostonlaridan biron
lavhani olish ham, unga qo‘shish ham mumkin emas. Ma’lum bo‘ladiki,
har bir ishga ijodiy yondashishga o ‘rgangan shoir madrasada olgan bilim-
larini xalq dostonlari ijrosiga tatbiq etdi va bu janr namunalarining badiiy
saviyasini ko‘tarishga munosib hissa qo‘shdi. Ustoz olim Hodi Zarif bu
86 Х,оди Зариф. Улкан халц санъаткори. Эргаш шоир ва унинг узбек достончилигида тутган
урни. —
Т.: 1971.- Б . 17.
190
fikmi tasvir vositalaridan omonim so'zlami qo'llashdagi shoir mahoratini
dalillab quyidagicha ko'rsatadi: “Shu jihatdan qaraganda biz biigan
0
‘z
bek xalq shoirlari orasida so‘zga boy Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining
tajnislari diqqatni jalb etadi. Biz uning tajnisli to‘rtliklaridan bir nechasini
qayd etmoqchimiz:
Tog‘ning adiri o ‘radi,
0 ‘raga qo‘ylar o ‘radi.
Uch tol qilib sanamlar,
Chochini mayda o‘radi87.
Ustoz birinchi misradagi “o'radi” - tog‘ning adiri asta ko'tariladi
ma’nosini, ikkinchi misradagi “o ‘radi” - oralab yurishni, to‘rtinchi
misrada - qizlaming soch o ‘rishini anglatishini ta’kidlaydi. Badiiy
san’atning bu turi adabiyotshunoslikda “tajnis” deyiladi, ya’ni jinsdosh -
bir xil shakldagi omonim so‘zlar asosida san’at yaratiladi. Muhimi
shundaki, Ergash shoir tajnisli qofiyadan faqat terma yaratishda emas,
qulay imkoniyat kelgani zahoti dostonlarda ham foydalangan. Masalan
“Ravshan” dostonida Hasanxon Zulxumomi olib kelish safariga otlangan
o ‘g ‘liga nasihat qilishda shunday deydi:
Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut, yolg‘izim,
Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas, yaxshi ot88.
Ergash shoir butun hayoti davomida o ‘z vatanini, ona yurtini sevdi,
e’zozladi. U qalbidagi muhabbatni ijro etayotgan dostonlaridagi qahra-
monlar xatti-harakatini ko‘rsatish orqali ifodaladi. U kuylagan Go‘ro‘g‘li
turkumidagi dostonlarida Go‘ro‘g‘li, Yunus pari, Misqol pari, Hasanxon,
Avazxon kabilar mardligi, halolligi, to‘g ‘riso‘zligi bilan tinglovchilarni
o ‘ziga maftun etadi. Odamlar o ‘zlarining yangi tug'ilgan farzandlariga
niyat qilib, dostondagi ismlami tanlashadi. “Ravshan” dostonida Hasanxon
dorga olib kelinayotgan o‘g ‘lini shu zahoti qutqarmoqchi bo‘lganida,
Jaynoq masxaraboz unga avval Ravshanni sinash kerakligini maslahat
qiladi. Hasanxon rozi bo‘ladi. Qoraxon podshohning mulozimlari
87 1/ша жойда. - Б. 26.
88 Булбул тароналари. 2-том. - Т.: Фан, 1972. - Б.386.
191
Ravshanga o ‘z yurtidan, Go‘ro‘g‘lidan voz kechsa, Zulxumomi unga
berishlarini, shu yurtga - Shirvonga Ravshanni podshoh qilishlarini ayta-
dilar. Shunda yosh yigit dor ostida turishiga qaramay:
Sen aytgan odaming, zolim, men emas,
Bir nechalar o ‘z holini tinglamas,
Men o'lmasam, o ‘z elimdan kechmayman!
Aziz boshing oyog‘imga teng emas!89
- deb, taklifni rad etadi.
Bunday mazmundagi misralar doston ijro etilayotgan hududlardagi
yuzlab mard o ‘g ‘lonlar tarbiyasiga ta’sir qilgan. Shoir yurt mehri haqida
ularga ortiqcha nasihatlar qilmay, yuraklariga ona diyor qimmati naqadar
ulug‘ ekanini singdirib qo‘ya qoladi.
Professor Hodi Zarifov shoir hayotining so‘nggi davri haqida hikoya
qilib, baxshi o‘z yurtiga borib, bir qator qo‘lyozmalarni topmoqchi bo‘l-
ganini, yangi-yangi termalar, dostonlar aytib berishga va’dalar qilganini
yozadi. Biroq og‘ir kasallikdan Ergash Jumanbulbul o ‘g‘li 1937 yil 12
may kuni 69 yoshda vafot etadi. Zukko baxshidan qolgan badiiy meros
bugungi kunda yurtimiz kelajagi uchun xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |