Savol va topshiriqlar:
1.
Ergash
Jumanbulbul
o ‘g ‘li
kuylagan
dostonlar
boshqa
baxshilamikidan qanday farqlarga ega?
2. Baxshining qaysi fazilati sizga m a’qul bo'ldi?
3. Ergash shoir kuylagan dostonlardan o'qing, q o ‘llanmadagi
parchalarni yo d oling.
Adabiyotlar:
1. Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги урни. Тадкикотлар. 2-
китоб. - Т.: Фан, 1971.
2. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный
героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 23-58.
3. Булбул тароналари. Беш томлик. - Т.: Фан, 1971.
4. Эргаш Жуманбулбул угли. Икки жилдлик. - Т.: 1971.
89 Уша жойда. - Б. 554.
192
FOZIL YO‘LDOSH o‘g‘li
Badiiy adabiyotda ijodkoming so‘z san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasi yaratgan asarlarining soni, hajmi bilan o'lchanmaydi. Badiiy
adabiyotning rivojlanish darajasini, avvalo, mahorat mezoni belgilaydi.
Bu o ‘lchov, shubhasiz, xalq og‘zaki ijodi namunalariga ham taalluqlidir.
XIX asrdan XX asrgacha o‘zbek dostonchiligida yuzlab baxshilar ijod
qilganlar, yuzlab dostonlami aytganlar. Ammo bugungi kunda ulardan
bor-yo‘g ‘i o ‘ndan ortiq baxshilar nomi saqlanib qolgan. Fozil Yoldosh
o‘g‘li nomi esa eng taniqlilaming taniqlisi sifatida e’zozlanadi.
0 ‘zbek xalq qahramonlik eposi haqida fikr yuritilganda, avvalo,
“Alpomish” dostoni tilga olinadi. Baxshilardan bu doston 30 dan ortiq
I
variantlarda to‘liq yoki parchalar tarzida yozib olingan. Ammo ular ora-
sida eng mashhur va mukammal nusxa 1928-yilda Mahmud Zarifov to
monidan taniqli olim Hodi Zanf rahbarligida yozib olindi. Qizig'i shun-
daki, dostonning 0 ‘g ‘uz, Qipchoq, Oltoy, Qo'nqirot versiyalari orasida
ham Fozil Yo‘ldosh o ‘g ‘li aytgan nusxa folklorshunos olimlar tomonidan
{
eng mukammali sifatida tan olingan.
Ma’lumki, 1952-yilda “Alpomish” dostoniga qarshi siyosiy hujum
|
uyushtirildi. Bu paytda Fozil Yo‘ldosh o ‘g ‘li tirik edi. Bizgacha yetib
kelgan xotiralardan bilamizki, keksa baxshi bu paytda dostonni qora-
;
lovchi majlislarda soatlab o'tirishga majbur bo‘lgan ekan, ammo qo‘yila-
yotgan ayblami mutlaqo tushuna olmagan ekan, chunki savodsiz, o ‘qishni
ham bilmagan Fozil shoir xalq qadriyatlarini tushunish sohasida tanqidchi
“olim”lardan tasawur qilib bo‘lmaydigan darajada yuqori turgan.
Fozil Yo‘ldosh o ‘g ‘li 1872-yilda Samarqand viloyati Bulung'ur tu-
maniga qarashli Bo‘dana hududidagi Loyqa qishlog‘ida dehqon Yo‘ldosh
aka oilasida tug‘iladi. 1873-yilda Loyqa qishloq aholisi Chelak qishlog‘i
atrofiga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Ammo yashash manzilining o ‘zga-
193
rishi oila maishiy sharoitida ijobiy o'zgarish yasamadi. Turmush qiyin-
chiligiga chiday olmagan Yo‘ldosh aka 1877-yilda vafot etadi. Fozil
oilasi yanada og‘ir iqtisodiy ahvolda qoldi.
Fozil juda yosh boiishiga qaramay G ‘allaorol qishlog‘iga borib ya-
shash uchun non topish ilinjida og‘ir mehnat qilishga majbur boidi. Bu
haqda keyinchalik “Kunlarim” termasida shunday deydi:
Olti yoshda qo‘msab-qo‘msab otamni,
Og‘ir mehnat ezdi sho'rli enamni.
Ena-bola topolmadik bir nonni,
Parcha non deb o'tgan kunlarim.
Yetti yoshda ortdi mening kulfatim,
Sakkiz yoshda og‘ir mehnat ulfatim,
Mehnat uchun sinab ko‘rdim quvvatim,
To‘qqiz yoshga yig'lab yetgan kunlarim.
To‘qqizimda bel bog‘ladim mehnatga,
Cho‘pon bo‘ldim, tushdim yana g ‘urbatga,
Ishlab yedim, lekin qoldim minnatga,
Parcha non deb minnat chekkan kunlarim.
Do‘mbiram kuyladi mening holimni.
Men jo ‘r bo‘lib so'kdim boyni - zolimni,
Topdim, do'stlar, shunda dardkashlarimni,
Haq-nohaqni kuylab chertgan kunlarim90.
E ’tibor bergan bo‘lsangiz, Fozilning yoshligi mutlaqo bolalik
quvonchlaridan mahrum holda o‘tgan. 0 ‘rtoqlari bilan turli ko'ngil ochdi
o'yinlar o ‘miga bir parcha nonni go'dakligidan mehnat bilan topishga
majbur bo‘ldi. “Kunlarim” termasi esa uning bolaligi haqida bir asrdan
oshgan bugungi kunda tasavvur hosil qilish imkonini beradi, ayni paytda,
yoshlarimizni ota-bobolarining bolaligidan ibrat olishga chaqiradi. Fozil
Yo‘ldosh o ‘g ‘lida Ergash shoiming ijodiy muhiti boMmagan. Fozil shoir-
ning baxshilar davrasiga kirish jarayoni ancha murakkab o‘tgan. Uning
dostonchilik sirlarini o ‘zlashtirishi turmush tashvishlarini boshidan kechi-
rish bilan uyg'unlashgan. Professor Hodi Zarifovning ma’lumot beri-
90 Фозил шоир / Узбек халк ижоди буйича тадкикоглар. 3-китоб. - Т.: Фан, 1973. - Б. 7.
194
shicha, Fozil shoir baxshilikni o ‘zlashtirguniga qadar 19 yoshida o ‘z
qishlog‘iga qaytib, otasidan qolgan chorak tanob yerda dehqonchilik qil
gan, chorvachilik bilan shug‘ullangan. Hatto Loyqa qishlog‘ining eng
epchil o ‘roqchisi nomini olishga muyassar bo‘ladi. Ammo yoshligida o ‘r-
gangan do'mbira mashqi unga tinchlik bermaydi. Havas yo'lidagi xara-
katlari natija berib, o ‘z davridagi mashhur ustoz baxshi Yo‘ldosh bulbul
e’tiboriga tushadi. 0 ‘sha paytda Loyqa qishlog‘idan Yo‘ldosh, Qo‘ldosh,
Suyar baxshilar o‘z ustozlari an’analarini davom ettirayotgan edilar. Ular
qatoridagi Yo‘ldosh baxshi o ‘z davrida Yo‘ldosh bulbul darajasiga yet-
gan baxshiga shogirdlik qilgandi. Uning Fozilga nazari tushgani bo'lajak
“Alpomish” ijrochisi uchun omad muhri bo‘lib qoldi. Fozil shoirdagi
iqtidor, ovoz, do‘mbirachilik ishqi Yo‘ldosh shoir maslahat va ko'rsat-
malari zaminida rivojlandi. Oxir-oqibat 1897-yil atrofida 25-26 yosh-
larida Fozil taniqli baxshilar nazariga tushdi, Fozil shoir nomini oldi.
Xalq baxshisi hamisha elining dardini, alamini, zamon tashvishlarini
o ‘z ijodida aks ettirgan. Xalq ijtimoiy hayotning eng og‘ir va musibatli
davrlarida aynan baxshi termalaridao tasalli topgan, kelajakka umid bilan
qaragan. Bu mas’uliyatni Fozil shoir butun vujudi bilan his qildi. 1898-
1908-yillarda Samarqand viloyati ekin maydonlarini chigirtka ofati bos-
ganida “Chigirtka” termasini yaratdi. Yurtda qashshoqlik avjiga chiqqani
sari baxshi nolasi ham avj oldi:
Kambag‘alning aqli shoshib,
0 ‘g‘il qiziman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig‘lashib,
Do'stlar, qaddi kamon bo'ldi91.
Aksiga olib chor hukumatining mahalliy aholi boshiga yog‘dirayot-
gan zulmi, adolatsizligi ham ko‘paydi. Xalq faqat mute’ va qaram bo‘-
lishga majbur edi. Norozilik bildirganlar shu zahoti jazoga tortildi. Ay-
niqsa, Jizzaxda bosh ko‘targan aholining vahshiylarcha to‘pga tutilishi
dard ustiga chipqon darajasiga yetdi. Fozil shoir bu davr voqealarini
“Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘oloni” dostonlarida ifodaladi. Bax
shi tajribasi unga o ‘z davrida ro‘y bergan voqealami o ‘ta jonli lavhalarda
tasvirlash imkonini yaratdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |