topishmog‘ini aytgan. Ishlayotganlar bir yil, o ‘n ikki oy, qirq sakkiz
mehnat haftasi yashiringan topishmoqni topa olmaganlar va baxshi ariq
tozalash ishidan ozod qolgan. Shox moylar marosimi bahorda qo'sh
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Dehqonlar yil davomida ekin-tikin mo‘l-
hosil berishiga umid qilib birinchi qo‘sh haydaydigan ho‘kiz shoxiga
zig‘ir moyi surganlar. Marosimda dehqonchilik
pin - bobodehqondan
mo‘l hosil bo‘lishini tilab niyat qilishgan.
Yomg‘ir chaqirish marosimi, asosan, bahorda yomg'ir yog‘mag an
yillarda o ‘tkazilgan. Qadimda muqaddas Yada toshi bo‘lgan ekan. Mana
shu tosh yordamida yomg'ir chaqirishgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu
lug‘oti-t-turk” asarida shaxsan o ‘zi yoz kunlarida yong'in bo‘lganda, bu
tosh mo'jizasi bilan yomg‘ir chaqirilib, yong'in o ‘chirilganiga guvoh
bo‘lganini yozadi. Keyinchalik yomg‘ir chaqiriladigan hududlarda “Sust
xotin” marosimi o ‘tkazilgan. Bu marosim bir joyda ayollar,
bir joyda
erkaklar ishtirokida о ‘tkazilgan:
Sust xotin - sulton xotin,
Ko‘lankasi maydon xotin.
Suv xotin - suvsiz xotin,
Ko'ylaklari bo‘z xotin.
Hosillar mo‘l bo‘lsin, suv xotin,
Dehqonning uyi to‘lsin, suv xotin.
Kazzobning uyi kuysin, suv xotin,
Suv xotin - suvsiz xotin.
Yuqorida keltirilgan matnga o‘xshagan qo‘shiqlar kichik hududlarda
yom glr chaqirib lalmi yerlarda ekilgan bug‘doylaming unish va o'sishi
uchun imkon yaratilishiga urinilgan.
Yozgi marosimlardan biri “Choy momo” boMgan. “Choy momo” be-
mahal ko‘tarilgan shamolni to‘xtatish maqsadida о ‘tkazilgan. B.Sarimsoqov
bu marosimning Janubiy Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar orasida
o ‘tkazilgani haqida yozadi. 2009-yil Qashqadaryo viloyatidagi Qozoq
qishlog‘ida o ‘tkazilgan ekspeditsiya davomida bu yerlik qariyalar “Choy
momo” marosimini eshitganliklari haqida ma’lumot topdik. Ammo bu
yangilikni aytgan qariyalarimiz marosim tafsilotlarini eslay olmadilar.
Marosimda quyidagi matnli qo‘shiq kuylangan:
225
Choy mom о, choy momo,
Choy momosi o ‘libdi.
0 ‘g‘li yetim qolibdi.
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin bu shamol.
Ucha-ucha beringlar,
Uchilib qolsin quv shamol.
Oblo-hu, Oblo-hu...
B.Sarimsoqovning ma’lumotiga ko‘ra, Sayram atroflarida marosim-
ni, asosan, keksa ayollar boshlaganlar. Ikkita kampir eski ust-bosh kiyib,
yuzlariga
qorakuya surtib, qo‘llariga hassa olib, bittadan kaltakni yog'och
ot qilib minib, “Choy momo” qo‘shig‘ini aytishib, qishloq ko‘chalari
bo‘ylab yurishadi. Ulaming ortidan boshlariga qizil sholcha yopingan
beshta bo‘yi yetgan qizlar qo‘shiqqa jo ‘r bo‘lib borishadi. Ulardan keyin-
da esa yetti-sakkiz yoshlardagi bola eshakka minib olib,
xonadonlardan
berilgan xayr-sadaqalami xuijunga solib yuradi. Eshakda o ‘qloq, keli
sopi va supurgi qo‘shib bog'langan bo‘ladi. Shu tariqa ishtirokchilar
qishloqdagi barcha ko‘chalarni aylanib qo‘shiq aytishadi1".
Kuzgi marosimlarda shamol chaqirish odati bor. Agar yoz faslida
yetilgan bug‘doyni yerga egib qo‘ymasin uchun shamol to‘xtatilgan
bo‘lsa, kuzda donli ekinlami shopirish uchun shamol chaqirilgan:
Haydar, ota-onang o'libdir,
Moli senga qolibdir.
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo‘yvor.
Bu to‘rtlikdagi Haydar hazrati Alining nomlaridan biri deb belgilangan.
Qish faslida Yas-yunus marosimlari o‘tkazilgan. Unda mahalladagi
yigitlar yoki ulfatlar yig‘ilishib, qimizxo‘rlik, bo‘zaxo‘rlik uyushtirgan-
lar. Marosimda bo‘za ichish, davrada o ‘tirish, davradan turib ketish, jo ‘ra
boshi (marosim biyi) buyrug'ini so‘zsiz
bajarish qoidalariga rioya
qilingan. Marosimda qimizni yoki bo‘zani kosagul kosaga quyib to‘rt
misrali qo‘shiq aytgan:
111 Саримсокон Б. Маросим фольклори / Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи,
1990. - Б. 123.
226
Alyor bo‘lsin-ay,
Xo‘jam yor bo‘lsin-ay.
Xo‘jam bergan bu davlatga
Dushman zor boisin-ay.
Qo‘shiqqa kosa olgan ishtirokchi javob qaytargan:
Oyga o'xshaydir yuzing,
Cho'lponga o‘xshaydir ko‘zing.
Shuncha ham yaxshi bo‘lurmi,
Xalq ichida yulduzing.
0 ‘zbek xalqi hayoti bilan yaqindan tanishgan odam mavsumiy
marosiihlaming juda ko‘p ko‘rinishlariga ega ekaniga guvoh bo‘ladi.
Mavsumiy marosimlar xalq hayotining tarkibiy qismini tashkil qilgan.
Asrlar davomida o ‘zbeklarda ko‘ngil ochish, tabiatga umid bilan qarash,
yaxshilikka intilish niyatining badiiy ifodasi bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: