Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Bayram marosimlari
0 ‘zbek xalqining bayram marosimlari ham ko‘p. Ularda 0 ‘zbekistonda 
yashovchi butun aholi ishtirok etadi. Xususan, umumxalq bayramlarining 
eng azizi Mustaqillik bayramidir. 1991-yil 31-avgust kuni 0 ‘zbekiston 
mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1-sentabr Mustaqillik kuni deb belgilandi. 
1991-yil 1-sentabrdan boshlab har yili butun 0 ‘zbekiston mustaqil yurt 
sifatida o ‘zining ozodlikka erishganini nishonlab kelmoqda. Mamlakat- 
ning poytaxti Toshkentda, Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda, hamma 
viloyatlar markazlarida, tumanlar markazlarida katta tantanalar uyushtirildi. 
Toshkentda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov butun 
o ‘zbek xalqiga, 0 ‘zbekistonda yashovchi hamma millat vakillariga qarata 
nutq so‘zlaydi. Yurtimizdagi boshqa hududlarda ham mahalliy rahbarlar 
0 ‘zbekiston mustaqilligi sharafiga nutq so'zlaydilar. Katta bayram kon- 
serti uyushtiriladi. Bu konsertlarda xalq qo‘shiqlari, rasm-msumlari, dos- 
tonlardan parchalar, askiyalar, xalq raqslari, amaliy san’at namunalari 
namoyish etiladi. Kuzgi ekinlar sayillari o ‘tkaziladi. 0 ‘zbekiston Milliy 
bog‘idagi tantanalar televidenie orqali butun dunyoga ma’lum qilinadi.
227


0 ‘zbek xalqining eng qadimgi bayramlaridan bin Navro‘z hisob­
lanadi. Navro‘z - yangi kun ma’nosini ifodalaydi. Abu Rayhon Beruniy 
o ‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro‘z 
bayrami Jamshidning taxtga o'tirgan kunidan boshlab nishonlangani 
haqida ma’lumot beradi. Bahorgi kun va tunning teng kelish kunini 3-4 
ming yil oldin kashf qilish, 21-martni yangi yil bayrami sifatida tantanali 
nishonlashning o ‘zi yurtmizda ilm taraqqiyoti qanchalar rivojlangani ha­
qida ma’lumot beradi. Quyoshning hamal burjiga kirishini aniq belgilash 
astronomiya fani kashfiyoti hisoblanadi. Firdavsiyning “Shohnoma”, 
Umar Xayyomning “Navro‘znoma”, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki 
Ajam” asarlarida bayramni o‘tkazish tarixi, odatlari haqida tafsilotlar bor. 
Masalan, Umar Xayyom Navro‘z kuni bosh kohin podshoh oldiga may 
to la oltin jom, uzuk, dirham, dinor, arpa niholi, qilich, o ‘q-yoy, dovot va 
qalamdan iborat sovg‘a olib kelishini va tabriklar izhor qilishini yozadi112.
Navro‘z kuni, shu kun atrofida odamlar ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, 
ko‘k varaqi - somsa, sumalak va boshqa turli taomlar tayyorlaganlar. 
Toshkentda halim pishirish odati bo‘lgan. Navro'zda maxsus xalq 
qo‘shiqlarini aytish odati bo‘lgan. Ulardan jarchilar qo‘shig‘i, Navro‘z 
keldi, yoz keldi, Navro‘z olanlari mashhur bo‘lgan. Xususan, “Navro‘z 
olqishi”da shunday deyilgan:
Eski yil ketdi,
Yangi yil keldi.
Doshqozonlar tizilsin,
Sumalaklar suzilsin.
Bug‘doylar pishib chosh bo‘lsin,
Yeganimiz osh bo‘lsin.
Sumalak pishirishda esa boshqacha qo‘shiq aytilgan:
Bahoming sen elchisi 
Yaxshilikning belgisi,
Navro‘zning sen singlisi,
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakka yig‘ilar,
Katta-kichik, hamma ham,
112 Умар Хайём. Наврузнома. Таржимон Урфон Отажон. - Т.: Мехнат, 1990.
228


Pishib chiqsa, totisang,
Ko‘ngillar quvnar biram.
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakjon, sumalak.
Muhammad Rizo Ogahiy o‘zining lirik ijodida Navro‘z bayrami 
haqida diqqatga loyiq ma’lumotlar beradi. Xususan, shoir Navro‘z kuni 
taqdir og‘ir sinovdan o'tkazayotgan odamlami ziyorat qilish savobli eka­
nini ta’kidlagan. Navoiy va Ogahiy an’anasi keyinchalik Muqimiy, Furqat, 
Cho‘lpon, Oybek, H.Olimjon ijodida davom ettirildi. Sobiq sho‘ro tuzu- 
mida Navro‘z bayramiga qayta-qayta hujumlar uyushtirilgan. Harakat- 
ning eng og‘ir payti 1986-yilga to‘g‘ri keldi. Bu yili Navro‘z bayrami 
nishonlanmagan. O'zbekistonning mustaqilUkka erishuvi Navro‘zga bo‘l- 
gan munosabatda aniq ko'rinadi. 1990-yilda Prezident Islom Karimov 
tashabbusi bilan Navro'z umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. 
Shundan buyon Navro'z bayrami o ‘zbek xalqining orziqib kutadigan 
shodiyonasiga aylandi.
Umumxalq bayramlari qatoridan munosib o‘rin olganlari sifatida 
Ramazon hayiti va Qurbon hayiti bayramlarini ham ko‘rsatish mumkin. 
Yurtimiz mustaqil bo‘lganidan beri islom dini bilan bog‘liq bu ikki 
bayram alohida nishonlana boshladi. Har yili ramazon oyida islom diniga 
e’tiqod qiluvchilar 30 kun davomida ro‘za tutishadi. Og‘iz ochar payti 
bo‘lganidan so‘ng 30 kun yosh bolalar ramazon aytishadi. Qadim zamon- 
larda ramazon aytish o ‘spirin yigitlar zimmasida bo‘lgan. Qishloq yo sha- 
har ko‘chasining o ‘rtasida yakkaxon qo'shiqchi atrofida 5-6 ta do‘stlari 
bilan ramazon aytgan. Davraning ikki chekkasida xurjun - xalta bilan ikki 
yigit eshik oldiga borib davraga qaytgan. Xonadon egalari ramazonchi- 
larga hadya - ehsonlar chiqarib berishgan. Marg‘ilon shahridagi qariya- 
larning eslashicha, bu marosimlar o ‘z vaqtida juda fayzli va orziqib 
kutilgan daqiqalardan iborat bo‘lgan ekan:
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o ‘g ‘il bersin beshigingizga.
Ramazon yo ramazon, may ramazon,
Muhammad ummatiga may ramazon.
Makkada bir yog‘och bor, boshi qora,
Xudoyim o ‘g ‘il bersin, qoshi qora.
229


Ramazon yo ramazon, may ramazon,
Muhammad ummatiga may ramazon.
Odatda, ramazon oyi ramazon hayiti bilan yakunlangan. Ammo yil 
davomida ramazon aytuvchilar ham boigan. Toshkent viloyati Angren 
tumanida yashagan marhum Oltivoy ota yil - o ‘n ikki oy otda qishloqma- 
qishloq ramazon aytgan. Har xil yaxshi niyat qilgan odamlar unga 
sovg‘a-salomlar berganlar. Ota ehsonchiga bitta non berib, duo qilib 
ketavergan, ramazonni aytavergan.
Xullas, islom dinimiz bilan bog‘liq umumxalq bayrami yiliga ikki 
marta: Ramazon va Qurbon hayiti sifatida nishonlangan. Bu davrda qurbi 
yetgan odamlar iqtisodiy qiynalgan yurtdoshlariga zakot, fitr ehsonlarini 
berishgan.
Shunday qilib, o ‘zbek xalqi qadim zamonlardan o ‘z hay oti davomida 
tarli marosimlar o ‘tkazgan va bu marosimlarda Yaratgan Tangridan 
yaxshi orzu-istaklaming ro‘yobga chiqishini so‘ragan. Marosimlar xalq 
hayotining tarkibiy qismi sifatida milliy urf-odatlar sifatida qadrlangan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish