Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi


Nima uchun “Alpomish ” dostoni haqida mukammal tasavvur hosil



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

3. Nima uchun “Alpomish ” dostoni haqida mukammal tasavvur hosil
qilishda Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti muhim hisoblanadi?
4. 
Barchinning 
Boychiborga 
murojaatini 
yoki 
“Alpom ish”
dostonidan boshqa о ‘zingizga yoqqan parchani y o d oling.
Adabiyotlar:
1. Ходи Зариф. Фозил шоир - машхур достончи / Фозил шоир. -
Т.: Фан, 1973.- Б . 5-29.
2. Мирзаев Т. Достонлар / Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: 
Ук;итувчи, 1990. - Б. 227-268.
3. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный 
героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 23-58.
4. Алпомиш. Достон. - Т.: Шарк; НМАК, 1998.
198


MUHAMMADQUL JONMUROD o‘g‘li
PO‘LKAN
0 ‘zbek dostonchiligida xalq eposi namunalarini, raazkur san’at turini 
oliy darajada ijro etgan baxshilar juda ko‘p bo‘Jgan. 0 ‘nlab ulkan san’at- 
korlar asrlar davomida asl farzandlar tomonidan yaratib kelingan doston- 
lami mehr bilan aytib mahalliy aholi o'rtasida shuhrat topdilar. Ulami 
san’at muxlislari baxshi, shoir, nomlari bilan e’zozladilar. Alohida maho- 
ratli baxshilar ismi nomiga bulbul so‘zi qo‘shib talaffuz qilindi. Ammo 
baxshilar kuylagan dostonlarga bir oz diqqat bilan nazar tashlasak, ular- 
ning har birida o‘ziga xos yo‘nalish, so‘z tanlash, kuy ijro etish usuli bor- 
ligini sezamiz. Bu haqda ba’zi fikrlami qayd qilganmiz ham. Xususan, 
Fozil Yo'ldosh o ‘g ‘li dostonlarni qahramonli, Ergash Jumanbulbul mu- 
habbatli qilib aytishlarini eslaganmiz. Bu jihatdan Muhammadqul 
Jonmurod o ‘g ‘li Po‘lkan aytgan dostonlar ko‘proq o‘tmish haqida hikoya 
qilishi bilan ajralib turadi. Baxshi ijro etgan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, 
“Yunuspari”, “Misqol pari”, “Chambil qamali” kabi dostonlar aynan 
“Ravshan”, “Kuntug‘mish” dostonlaridan qadimiyroq turmush voqea- 
larini bayon qilishi bilan farqlanadi. Aynan ana shunday dostonlarni 
kuylash Po‘lkanga alohida zavq bag‘ishlagan ekan.
Muhammadqul Jonmurod o ‘g ‘li Po'lkan 1874-yilda Samarqand vilo- 
yati Xatirchi tumanidagi Qatag'on qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga 
keladi. Po‘lkan Fozil shoirga o‘xshab yoshligidanoq yetim qoladi. U ham 
10 yoshidan dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Ko‘p o ‘tmay cho'ponlik 
qila boshlaydi. Shuning uchun podani ma’lum o ‘tloqqa qo‘yganidan so‘ng, 
uni nazorat qilishdan boshqa ishi bo‘lmaydi. Natijada, do'mbira chertib 
vaqt o'tkazishni odat qiladi. 0 ‘zicha terma va dostonlardan parcha aytish- 
ni o ’rganadi. Ammo undagi tabiiy iqtidor tez orada mashhur baxshi-
199


laming e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Katta ustozlik tajribasiga ega Jassoq 
baxshi unga baxshilik sirlarini o ‘rgatadi. Muhimi, Jassoq baxshi Polkan- 
ning o ‘ziga xos doston aytish usuliga to'siq bo‘lmay mustaqil ijro qobi- 
liyatini rivojlantirdi. Natijada, ikki yil o ‘tar-o‘tmay Po'lkan ustoz bax­
shilar sinovidan muvaffaqiyatli o ‘tib, shoir nomiga munosib topiladi. Bu 
muvaffaqiyat Poikanga o ‘z raashqlariga mas’uliyat bilan yondashish 
kerakligini ta’kidlagandek bo‘ldi. Jassoq baxshining 4 yil u bilan mashq 
qilishi oqibatida baxshilik tajribasiga ega bo‘ldi. 25 yoshida sinovdan 
o ‘tib taxminan 1899-1900-yillar atrofida nomdor baxshi sifatida tilga 
tushdi. Ammo u paytda Muhammadqul baxshi deb atalgan Polkan o'ziga 
o‘ta talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil baxshilar faoliyat olib 
borish huquqiga va imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Jassoq baxshidan ajral- 
madi. Ustozining hamma dostonlari repertuarini to‘liq o ‘zlashtirishga ha- 
rakat qildi, eshitgan va o ‘rganganIariga muttasil yangiliklar kiritib bordi. 
Lekin hayot unga o‘ta murakkab sinov lavhalarini tayyorlab qo‘ygan edi. 
Gap shundaki, 1914-yilda Muhammadqul Jonmurod o ‘g‘li 40 yoshda 
ekanida chor Rossiyasi podshohi farmoniga binoan Turkiston o ‘lkasidan 
birinchi jahon urushida qora ishlami bajarish uchun mardikorlikka olin­
gan mahalliy aholi qatorida ona yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ldi: 
qishlog‘idagi Bo‘riboy ismli bir badavlat odam mardikorlikdan ozod 
bo‘lish mablag'ini tolaydi va uning o ‘miga Muhammadqul mardikor­
likka olinadi va Rossiyaga jo ‘natiIadi. Bu safar natijasida baxshining 
“Mardikor” dostoni vujudga keladi. Unda oq podshoh zulmiga, o ‘zbek 
xalqiga hech qanday aloqasi yo‘q urush tashvishlariga bo'lgan norozilik 
o‘zining badiiy ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa “polk” so‘zidan 
olingan bo‘lib, mardikor bo‘lib yurgan zamonlardan xotira sifatida front 
orqasidagi polkda xizmat qilgani uchun unga taxallus bo‘lib qoldi.
Po‘lkan o ‘tgan asming 20-yillaridan o ‘zbek folklorshunos olimlari 
e’tiboriga tushdi. Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, keyin­
chalik undan yozib olingan asarlami Oxunjon Sobirov, Muhammadnodir 
Saidov, Malik Murodov o ‘rgandilar. Baxshi “Go‘ro‘g ‘lining tug'ilishi”, 
“Yunus pari”, “Gulnor pari”, “Avazxon” dostonlarini alohida mahorat 
bilan ijro etgan. Shuningdek, “Yodgor”, “Shayboniyxon”, “Qironxon”, 
“Kuntug'mish” dostonlarini ham o ‘ziga xos usulda aytganligi ma’lum. 
0 ‘zbek folklorshunosligi fani rivojiga munosib qissa qo‘shgan olimlar 
V.M. Jirmunskiy va H.T. Zarifov 1947-yilda nashr qilingan “0 ‘zbek qah­
ramonlik eposi” kitobida Po‘lkan ijrosidagi “Qironxon” dostoni 20000
200


misra she’rdan iborat ekanini alohida ta’kidlaganlar94. Taniqli olim 
Mansur Afzalov “Po‘lkan shoir” kitobida: “Po‘lkan shoir chet el bosqin- 
chilarining ayyorlik, qo‘rqoqlik sifatlarini ustalik bilan ko‘rsatib, dush- 
manlar obrazini yorqin chizib beradi. “Rayhon arab qo'rquvdi”, “0 ‘lgan- 
dan qo‘rqqan yomon”, “Tishi toshday urishib” va boshqalar...”95 - deydi.
Har bir baxshi o‘z xalqini, yosh avlodini komil inson sifatida tarbiya- 
lanishi uchun munosib hissa qo'shadigan asl insondir. Po'lkan o ‘zining 
ustozidan Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga xos usullami mukammal o ‘z- 
lashtirgani uchun butun ijodi davomida yoshlami ajdodlarimiz qadriyat- 
lariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan qa- 
radi. Ayniqsa, “Go‘ro‘g ‘lining tug‘ilishi” u yoddan bilgan 70 ta doston 
orasida о ‘ zining voqealami aniq ifodalashi, tilining soddaligi, qadimgi 
odatlami ulug‘lab tasvirlashiga ko‘ra juda ibratlidir. Xususan, baxshi ya- 
shagan hududda Go‘ro‘g‘lidek qahramonning dunyoga kelishi va tarixini 
bilishga qiziquvchilar juda ko‘p edi. Dostonda esa Go‘ro‘g ‘lining Ravshan 
sinchi oilasida tug‘ilishi, uning yoshligi, ulg'ayishi haqida hikoya qilinadi. 
Xalq himoyachisi va xaloskori - Go‘ro‘g ‘lini, G‘irot qahramonligini elga 
tanitish esa o ‘zbekning ota-bobolari nechog‘lik mard, jasur ekanliklarini 
ko‘rsatish vositasi edi. Vatanni mustaqil asrash baxshi dostonlarining 
bosh g ‘oyasi bo‘ldi. Jumladan, “Chambil qamali” dostonidan quyidagi 
parcha fikrimiz dalilidir:
Yovgarchilik bo‘ldi endi yoronlar,
G‘ayrat qiling, Chambil elning xotini...
Qovoqlarni uyinglar,
Qiz-xotinni jiyinglar,
Po'pakni yig‘ib tashlab,
Sochni boshga tuginglar.
Xotinlikni qo‘yinglar,
Sarboz anjom kiyinglar,
G‘ayrat qiling, ayollar96.
Doston maanuniga ko‘ra, Go‘ro‘g‘li Voyanganga ketganidan foydalanib 
dushman Chambilga hujum boshlaydi. Chambil mudofaasiga Yunus pari
94 Жирмунский B.M., Зарифов X.T. Узбекский народный героический эпос. - Москва: 
ОГИЗ, 
1947.
- Б. 47.
95 Афзалов М. Пулкан шоир. - Т.: Фан, 1955. - Б. 7.
96 Уша жойда. - Б. 6.
201


ayollami safarbar qilib, Go‘ro ‘g ‘lining yo‘qligini bildirmaydi. Go‘ro‘g ‘li 
dushman haqida xabar topib kelguniga qadar Chambilni himoya qiladi.
Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li kuylagan dostonlar faqat mazmunan 
emas, badiiy jihatdan ham mukammal edi. Baxshi hayratomuz mubo- 
lag'alar, chiroyli sifatlashlar, o ‘xshatishlami qo‘llashda tengi yo‘q san’at- 
kor edi. Jumladan, xalq maqollari uning she’riy misralariga shunday 
singib ketar ediki, shoir mahoratiga qoyil qolmaslik mumkin bo‘lmasdi:
Ot boshiga kun tug‘sa,
Suvliq bilan suv ichar.
Er boshiga kun tug‘sa,
Etik bilan suv kechar97.
Muhammadqul Jonmurod o ‘g ‘li Po'lkandan yozib olingan va nashr 
qilingan terma va dostonlar soni yuzdan ortiq. Po‘lkan ustoz va taniqli 
baxshilar qatoridan munosib о ‘tin egallashga loyiq san’atkordir. U 1941 
yilda vafot etgan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish