Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha



Download 25,03 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi25,03 Kb.
#595211
  1   2   3
Bog'liq
32-вариант


32-вариант
1-савол
Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falarni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar bilan shugʻullangan.
Mahalla atamasi arabcha boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoroda bundan 1100-yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher Navoiy oʻzining „Hayrat ul-abror“ asarida mahallani „mahalla shahar ichidagi shaharcha“dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan mahallalardan tashkil topganini aytib oʻtadi. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Bu davrda mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h.k. Mahalla qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Uni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartib-qoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan.
Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham oʻzgarib turgan.
20-asrning boshlaridayoq Mahallalar daha boshliqlari — mingboshilar saylaydigan yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordamchilari Mahalladagi barcha jamoat ishlari va marosimlarni boshqargan. Shuningdek, fuqarolarning shahar yigʻinlari va shahar muassasalarida M. manfaatlarini himoya qilgan.
Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan.
Mahalla jamiyatning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U 20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.
Sovet hukumati mahallalarga oʻz umrini yashab boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u anʼanaviy milliy boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu yerda sanoatlashgan jamiyatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet hukumati mahallalar vazifasini cheklash, oʻziga boʻysundirishga intildi. Biroq mahallalar oʻzining yashovchanligini namoyon etib, anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saklab qoldi.
1932-yil 17-aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi „Mahalla qoʻmitalari toʻgʻrisida“ Nizom qabul qilindi. 1935—36 yillarda mahallalarda oqsoqol boshchiligida Mahalla qoʻmitalari tashkil etilib, aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan.
1961-yil avgustda Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan „Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovullaridagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida“gi Nizomda ham mahallaga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. Mahalla qoʻmitalari biron-bir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin bo'lmagan. Mahallaning huquq va vakolatlari cheklangan edi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, M.larga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. OʻzR Konstitutsiyasining 105-moddasiga va 1993-yil sentabrda qabul qilingan „Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. Mahallalar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida oʻz mol-mulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga egadir.
Hozirgi paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. 90-yillarda M. hokimiyatning rasman quyi yuridik organiga aylandi. M. vazifalari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri.
M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.
1998-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi „Prezidentining Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida“gi farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.
2003-yil Oʻzbekistonda „Obod mahalla yili“deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003-yil 7-fevralda qabul qilgan „Obod mahalla yili“ dasturiga binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi faoliyat koʻrsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega.
2-савол

Download 25,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish