Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham aniqlanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar.
Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi. Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegish lili giga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhugari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi.
3-савол
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda sub’ektlarning o’zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining o’zaro tasdig’i bajarilishi shart. Xaqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi — ulash qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.
O’zining xaqiqiyligining tasdiqlash uchun sub’ekt tizimga turli asoslarni ko’rsatishi mumkin. Sub’ekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda autentifikatsiya jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |