«Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir» fikrlari qaysi ma’rifatparvar ijodkorga tegishli?
A) Behbudiy B) Avloniy
C) Islom Karimov D) O‘tkir Hoshimov
Quyidagi misralar muallifi kim?
Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog‘larim.
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab chog‘larim.
A) Usmon Nosir B) Mirtemir
C) Hamza D) Avloniy
Quyidagi parcha muallifi kim?
«…ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan alladan dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi».
A) Erkin Vohidov B) O‘tkir Hoshimov
C) Said Ahmad D) Asqad Muxtor
Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
«Damashq (shom)lik do‘stlar suhbatidan faqirga malohat yetib, Quddus sahrosiga yuz burdim va hayvonot bilan tutinib, ular bilan qo‘shilib yurdim. To vaqtikim farang xalqiga asir bo‘ldim va meni juhudlar bilan Taroblis qal’asining xandaqini qazmoq ishiga soldilar».
A) «Bo‘ston» B) «Turkiy guliston yoxud axloq»
C) «Gul va Navro‘z» D) «Guliston»
Qaysi shoirning birinchi she’ri «Tanburim ovozi» deb nomlanadi?
A) Erkin Vohidov B) Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir D) Mirtemir
Quyidagi qaysi asarlarda Qo‘qon xonligi davri va Musulmonqul hukmronligi haqida fikrlar mavjud?
A) «O‘tkan kunlar», «Bolaning ko‘ngli poshsho»
B) «Mehrobdan chayon», «O‘tkan kunlar»
C) «Qutlug‘ qon», «Dunyoning ishlari»
D) «Mehrobdan chayon», «Bolaning ko‘ngli poshsho»
Navoiyning bolalik davrlari tasvirlangan «Alisherning bolaligi» asarining muallifi va janrini toping.
A) Mirkarim Osim, qissa B) Mirkarim Osim, roman
C) Oybek, qissa D) Oybek, roman
Oybekning Navoiy hayoti tasvirlangan qissasi qanday nomlanadi?
A) «Alisherning bolaligi» B) «Zulmat ichra nur»
C) «Navoiy» D) «Bola Alisher»
Lermontovning «Maskarad» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping.
A) Mirtemir B) Usmon Nosir C) Oybek D) Fitrat
Quyidagi fikrlarni qaysi ijodkorning she’rlari haqida aytishimiz mumkin?
«…she’rlarida mavzular ko‘pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’rning o‘zida ham tabiat go‘zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg‘usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ko‘rish mumkin».
A) Mirtemir B) Usmon Nosir
C) G‘afur G‘ulom D) Abdulla Oripov
Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping.
A) Maqsud Shayxzoda B) Asqad Muxtor
C) Oybek D) Erkin Vohidov
«Tug‘ilish» asarining muallifi va janrini toping.
A) Mirtemir, roman B) Usmon Nosir, qissa
C) Asqad Muxtor, roman D) Said Ahmad, qissa
Mirtemirning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlanadi?
A) «Tanburim ovozi» B) «Shu’lalar qo‘ynida»
C) «Shudring» D) «Zafar»
«Bong», «Poytaxt», «O‘ch» asarlari muallifi kim?
A) Oybek B) Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir D) Mirtemir
«Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida ma’yus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu yerda ochiladi...»
A) Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasi
B) Abdulla Qahhorning «Dahshat» hikoyasi
C) O‘tkir Hoshimovning «Oq marmar, qora marmar» hikoyasi
D) Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasi
Qaysi shoirning vafotidan keyin to‘rt jildlik «Asarlar»i nashr etildi va mustaqillik yillari xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi?
A) Oybek B) Usmon Nosir C) Abdulla Oripov D) Mirtemir
Quyidagi misralar muallifi va janrini toping.
Ey, oy yuzing oldida quyosh sharmanda,
Shirin so‘zi-u yaxshi xulqungga men banda.
Hijronda necha noma bila so‘zlashaling,
Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
A) Ogahiy, mustazod B) Navoiy, qit’a
C) Erkin Vohidov, g‘azal D) Bobur, ruboiy
XX asrning 50–60-yillarida yaratilgan «Bulut» va «Shudring» nomli she’rlar muallifi kim?
A) Fitrat B) Mirtemir C) Abdulla Oripov D) Usmon Nosir
Bolaga ertakdan ham qiziq tuyulgan quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan?
«Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan».
A) «Bolaning ko‘ngli poshsho» B) «Shum bola»
C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Dunyoning ishlari»
Quyidagi parchada o‘z taqdiri haqida so‘zlayotgan kim?
«Damashq (shom)lik do‘stlar suhbatidan faqirga malohat yetib, Quddus sahrosiga yuz burdim va hayvonot bilan tutinib, ular bilan qo‘shilib yurdim. To vaqtikim farang xalqiga asir bo‘ldim va meni juhudlar bilan Taroblis qal’asining xandaqini qazmoq ishiga soldilar».
A) Avloniy B) Avaz O‘tar C) Muqimiy D) Sa’diy Sheroziy
«Oltin devor» asarining muallifi va janrini toping.
A) Erkin Vohidov, drama B) Said Ahmad, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) O‘tkir Hoshimov, doston
. Quyidagi she’rning muallifi va janrini toping.
Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yetishmadim, jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin
Yo‘l balchiq edi, kecha qorong‘u erdi.
A) Navoiy, g‘azal B) Bobur, ruboiy
C) Sa’diy Sheroziy, qit’a D) Umar Hayyom, ruboiy
«Ishq savdosi» saylanmasining muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf D) Usmon Nosir
Shoir va yozuvchilar orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan qaysi ijodkor taqdirlangan?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Qahhor
C) Abdulla Oripov D) Ozod Sharafiddinov
«Quyosh maskani» asarining muallifi va janrini toping.
A) Rauf Parfi, doston B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) Maqsud Shayxzoda, drama
Sergey Yesenin she’rlari va nemis shoiri Gyotening «Faust» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?
A) Oybek B) Erkin Vohidov
C) Tog‘ay Murod D) Mirtemir
Quyidagi parcha Oybekning qaysi asaridan olingan?
«Ko‘cha bugun jonlangan. Bo‘zchilar tanda yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo‘yaydilar, bir tomoni dag‘al, qilli, g‘o‘laday og‘ir asbobni ustidan yuritib ipni silliqlaydilar»
A) «Navoiy» B) «Fanorchi ota»
C) «Qutlug‘qon» D) «Bolaning ko‘ngli poshsho»
O‘z yurti bilan fahrlanib «Momo yurti, Bobo yurti, chambilbelim» satrlarini bitgan shoir kim?
A) Mirtemir B) Muhammad Yusuf
C) Mirmuhsin D) Abdulla Oripov
Quyidagi misralar kimning qalamiga mansub?
Kim bor anga ilm tolibi – ilm kerak,
O‘rgangani ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo‘q,
Men bormen, ilm tolibi – ilm kerak.
A) Bobur B) Navoiy C) Maxtumquli D) Sa’diy Sheroziy
Quyidagi misralari muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |