Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Download 0,63 Mb.
bet36/38
Sana25.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#510258
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
5-sinf adabiyot test to\'plam Javobli

Arablarda bir so‘z bordir, yaxshi boq,
Odobsiz boladan yo‘g‘i yaxshiroq.
A) Sa’diy Sheroziy B) Ahmad Yugnakiy
C) Ahmad Yassaviy D) Mashrab

  • «Yoshlik devoni» va «Charog‘bon» asarlarining muallifi kim?
    A) Erkin Vohidov B) Maqsud Shayxzoda
    C) Oybek D) Abdulla Oripov

  • Quyidagi misralar muallifini toping.
    Niholin o‘stirar daraxt ko‘p zamon,
    Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.
    Davlating borida ishing sol yo‘lga,
    O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.
    A) Bobur B) Sa’diy Sheroziy
    C) Mashrab D) Maxtumquli

  • Maktablar uchun darslik sifatida yaratilgan «Birinchi muallim» va «Ikkinchi muallim» kitoblarining muallifi kim?
    A) H.H. Niyoziy B) Avloniy C) Behbudiy D) Furqat

  • «Mening yulduzim» va «Lirika» asarlarining muallifi kim?
    A) Asqad Muxtor B) Erkin Vohidov
    C) Oybek D) Abdulla Oripov

  • Fransuz Volter, nemis Gyotelar o‘z asarlarida qaysi Sharqlik mashhur ijodkorning she’rlariga murojaat qilgan?
    A) Sa’diy Sheroziy B) Navoiy C) Fuzuliy D) Bobur

  • «Charog‘bon» va «Muhabbat» asarlarining muallifi kim?
    A) O‘tkir Hoshimov B) Said Ahmad
    C) Erkin Vohidov D) Abdulla Qahhor

  • «Dunyoning ishlari» qissasi haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim?
    «...umuman, o‘zbek ayoli haqida va umuman, onalar to‘g‘risida».
    A) Abdulla Oripov B) O‘tkir Hoshimov
    C) Abdulla Oripov D) Said Ahmad

  • Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
    «Musulmonqulning odami edi u, shaytonga dars berardi. …Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar... O‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi-da…»
    A) «O‘tkan kunlar» B) «Mehrobdan chayon»
    C) «Bolaning ko‘ngli poshsho» D) «Dunyoning ishlari»

  • Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
    «Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi...»
    A) Oybekning «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi
    B) Abdulla Qahhorning «Dahshat» hikoyasi
    C) O‘tkir Hoshimovning «Oq marmar, qora marmar» hikoyasi
    D) Said Ahmadning «Qochoq» hikoyasi

  • Turkiston shahrining Iqon qishlog‘idagi Qoratog‘ etaklarida tug‘ilib o‘sgani, ya’ni tabiatning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo‘ladigan ijodkor kim?
    A) O‘tkir Hoshimov B) Mirtemir
    C) Usmon Nosir D) Chingiz Aytmatov

  • Quyidagi hikmatlar muallifini toping.
    «Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
    Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang».
    «Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
    Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq».
    A) Alisher Navoiy B) Nodira
    C) Uvaysiy D) Sa’diy Sheroziy

  • «Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi she’rlar muallifi kim?
    A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
    C) Rauf Parfi D) Usmon Nosir

  • Mirtemirning to‘rt jildda nashr etilgan kitobi qaysi?
    A) «Mukammal asarlar to‘plami» B) «Yodgorlik»
    C) «Qoraqalpoq daftari» D) «Asarlar»

  • Pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshik-kulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, «makkaisano»gacha topiladigan do‘kon tasviri qaysi asarda uchraydi?
    A) «Bolaning ko‘ngli poshsho» B) «Fonarchi ota»
    C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Dunyoning ishlari»

  • Qaysi shoir shudringni bo‘y yetgan qizlar ko‘ziga o‘xshatgan?
    A) Usmon Nosir B) Mirtemir C) Ibroyim Yusupov D) Oybek

  • «Past bo‘yli, burushiq yuzli, juda yuvosh, indamas kishi» Oybekning qaysi hikoyasi qahramoni?
    A) «Fanorchi ota» B) «Gulnor opa»
    C) «Singan umid» D) «Bolaning ko‘ngli podsho»

  • O‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari yalingansimon qaraydigan… qalbi shafqatga, mehrga, bir so‘z bilan aytganda, insoniy hislarga limmo-lim to‘la» bo‘lgan inson qaysi asar qahramoni?
    A) «Dunyoning ishlari» B) «Bolaning ko‘ngli poshsho»
    C) «Mening o‘g‘rigina bolam» D) «Fanorchi ota»

  • «Hozirgi yoshlar» va «Tirik sayyoralar» asarlarining muallifi kim?
    A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov
    C) Erkin Samandar D) O‘tkir Hoshimov

  • «Istanbul fojiasi» asarining muallifi va janrini toping.
    A) Erkin Vohidov, drama B) Abdulla Oripov, drama
    C) Erkin Vohidov, doston D) Fitrat, doston

  • Quyidagi parcha muallifi kim?
    «Biz, turkistonlilar, o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydug‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini; eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar».
    A) Hamza Hakimzoda B) Qodiriy
    C) Behbudiy D) Avloniy

  • Qaysi ijodkorning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1945-yilda vafot etadi; oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyodan o‘tadi?
    A) G‘afur G‘ulom B) Erkin Vohidov
    C) Abdulla Oripov D) Anvar Obidjon

  • Quyidagi misralar muallifi kim?
    Sening kiprigingga, «Men sening baxtingman»,
    Sochmoq bo‘lib zar. Deganday go‘yo,
    Hilol tegrasida, Imlab chorlamoqda
    O‘ynar yulduzlar. Yoqut Surayyo.

    A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
    C) Mirtemir D) Usmon Nosir

  • «Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi» fikrlari qaysi ijodkor haqida?
    A) Oybek B) Usmon Nosir
    C) Abdulla Oripov D) Hamid Olimjon

  • «Quyoshni ko‘ryapman» asarining muallifi va janrini toping.
    A) Oybek, qissa B) Nodar Dumbadze, qissa
    C) Oybek, roman D) Nodar Dumbadze, roman

  • Qaysi shoir «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi?
    A) Mashrab B) Sa’diy Sheroziy
    C) Muqimiy D) Abdulla Avloniy

  • Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida?

    Download 0,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish