Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
A) Toshkentdagi Milliy bog‘da o‘rnatilgan A. Navoiy haykali ustidagi gumbaz ostiga
B) Bokudagi A. Navoiy maqbarasi gumbaziga
C) Temuriylar tarixi davlat muzeyi gumbaziga
D) A. Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatri gumbaziga
«Iskandar va Spitamen» asarining muallifi kim?
A) Maqsud Shayxzoda B) Pirimqul Qodirov
C) Mirkarim Osim D) Maqsud Shayxzoda
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying. «…so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi».
A) topishmoq B) maqol
C) she’r D) maqol va topishmoq
Qaysi janrda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi?
A) masalda B) topishmoqda
C) maqolda D) ertakda
«U ko‘proq ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo‘lib, kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradi».
A) maqol B) topishmoq
C) ertak D) masal
«Badarg‘a» asarining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim B) Pirimqul Qodirov
C) Abdulla Qodiriy D) Maqsud Shayxzoda
«Alisher Navoiy va Darvishali» asarining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim B) Oybek
C) Maqsud Shayxzoda D) Pirimqul Qodirov
Quyidagi fikrlar qaysi janr haqida?
«Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi... Kimki uni ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar».
A) hadis B) matal C) hikmatli so‘z D) maqol
Quyidagi gap qaysi janr haqida borayotganligini toping?
«Ular avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo‘lsa, ayni paytda, ko‘ngilochar o‘yin ham hisoblanadi».
A) maqol B) topishmoq C) ertak D) masal
Adabiyotshunoslar tomonidan «hammabop ommaviy janr» deya ta’riflangan janr qaysi?
A) maqol B) topishmoq C) ertak D) masal
Quyidagi gap qaysi janr haqida ketmoqda?
«Ular o‘zining yaratilish davriga ko‘ra an’anaviy va zamonaviy bo‘lishi bilan bir-biridan farqlanadi».
A) masal B) ertak C) topishmoq D) maqol
Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi?
A) topishmoq B) she’r C) maqol D) g‘azal
Dantening «Ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?
A) Mirtemir B) Oybek
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov
Quyidagi matnda qaysi ijodkorning bolaligi tasvirlangan?
«To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edi. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. Dastlabki she’rlari o‘quvchiligida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo‘lishdi».
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov
C) Usmon Nosir D) Mirtemir
Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqidaligini toping.
«Otasi … ko‘pni ko‘rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki, … ning kelajagini bashorat qilib ketdi».
A) Hamid Olimjon B) Abdulla Qahhor
C) Erkin Vohidov D) Abdulla Oripov
«She’r dunyosi» va «Umr daryosi» saylanmalarining muallifi kim?
A) Mirtemir B) Abdulla Oripov
C) Erkin Vohidov D) Rauf Parfi
«Qo‘shiqlarim sizga» va «Yurak va aql» asarlarining muallifi kim?
A) Mirtemir B) Erkin Vohidov
C) Erkin Samandar D) O‘tkir Hoshimov
Qaysi ma’rifatparvar shoir gazetaning har bir sonini zahmat bilan, yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida qo‘lda bosib, o‘z uyida – hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etgan?
A) Behbudiy B) Avloniy C) Muqimiy D) Fitrat
Qaysi shoirning ilm o‘rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ko‘plab ertak va qo‘shiqlarning ta’siri kuchli bo‘lgan?
A) Sa’diy Sheroziy B) Hamid Olimjon
C) Abdulla Avloniy D) Muqimiy
Qaysi yozuvchi «Alla» hikoyasida alladay ezgu qo‘shiqni ilohiy kuchga ega bo‘lgan, ko‘ngilni eritadigan ohang sifatida tasvirlaydi?
A) Asqad Muxtor B) Oybek
C) Tog‘ay Murod D) O‘tkir Hoshimov
Qaysi ijodkor «Manas» qirg‘iz xalq eposi va «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostonini o‘zbekchaga o‘girgan?
A) Oybek B) Tog‘ay Murod
C) Asqad Muxtor D) Mirtemir
Oybekning qaysi asari quyidagi boshlanma bilan boshlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |