Ustiga kitob ortilgan eshak
Na olim, na donodir, beshak. Misralari qaysi asardan olingan?
A) “Guliston” B) “Bo‘ston”
C) “Gulzor” D) “Mahbub ul-qulub
Quyidagi obrazlardan qaysi biri “qabila oqsoqoli”ga o‘xshatilgan?
A) Qosim (“Fanorchi ota”) B) Alisher (“Zulmat ichra nur”)
C) Yanguli (“Hellados”) D) Qamariddin (“Alvido, bolalik”)
“Iztirob” nomli asar muallifi kim?
A) Mirtemir B) A.Oripov
C) E.Vohidov D) O‘.Umarbekov
Ota imin gar istasang, o‘rgan ota ilmin... Ushbu misra muallifi kim?
A) Bobur B) Navoiy C) Sadiy Sheroziy D) Hofiz Sheroziy
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga...
Taniqli shoir Muhammad Yusufning ushbu misralari kimga(nima) qaratilgan?
A) onaga B) yorga C) vatanga D) hamdard insonga
Qaysi asar bolalik davri esdaliklari bilan boshlanadi?
A) “Nido”
B) “Qishlog’im”
C) “Oygul bilan baxtiyor”
D) “Zulmat ichra nur”
Birinchi she’riy to’plamini “Ko’klam” deb nomlagan ijodkor kim?
A) Hamid olimjon B) Mirtemir
C) Oybek D) Erkin Vohidov
“Jinoyat” asari muallifi va janrini toping?
A) Erkin Vohidov, drama
B) A. Avloniy, pyesa
C) Oybek, roman
D) Hamid olimjon, drama
Birinchi she’ri 1926-yili “Zarafshon” gazetasida chop etilgan ijodkor kim?
A) Hamid olimjon B) Mirtemir C) Oybek D) Maqsud shayxzoda
“Muqanna” asari janri muallifi va janrini toping?
A) Erkin Vohidov, drama
B) A. Avloniy, pyesa
C) Oybek, roman
D) Hamid olimjon, drama
Dastlabki “Yangi ariq” nomli qissasi 1925-yili yaratilgan, ammo vaqtida e’lon qilinmagan ijodkor kim?
A) Hamid olimjon B) Mirkarim osim
C) Oybek D) Erkin Vohidov
“Shams ul-urfon” maktabida kim o’qigan?
A) Mirkarim osim B) Hamid olimjon
C) Maqsud shayxzoda D) Oybek
“Musicha” asari muallifi va janrini toping?
A) Oybek, hikoya
B) Abdulla Qahhor, hikoya
C) O’tkir Hoshimov, hikoya
D) G’afur G’ulom, hikoya
“Baxtigul va Sog’indiq” asari muallifi va janrini toping?
A) Oybek, doston B) Mirtemir, poema
C) Mirkarim Osim, qissa D) Hamid Olimjon, she’riy to’plam
Qaysi atama respublikamizning turli hududlarida cho’pchak, varsaki, ushuk deya nomlanadi?
A) qissa B) topishmoq C) masal D) ertak
B.Borodinning ,,Yeldirim Boyazd’’ asarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Hamid Olimjon B) Mirkarim Osim C) M.Shayxzoda D) Oybek
“Ikki yil deganda otalarining oldiga olti kishi bo’lib kelibtilar” jumlasi qaysi asar qahramonlari haqida?
A) “Oygul bilan Bahtiyor”
B) “Uch og’ayni botirlar”
C) “Bulbul”
D) “Susambil”
Shoir G'ayratiy tomonidan o'quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to'garak uning bu havasini yanada alangalatib yubordi. Gap kim haqida?
A) Shuhrat B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Mirtemir
Hadisni davom ettiring. “Kimki, rizqim ulug’, umrim uzoq bo’lsin desa, …”
A) yetimni boshini silasin
B) zakot bersim
C) ilmni yuksaltirsin
D) qarindosh-urug’lariga mehr-oqibatli bo’lsin
Maqol, matallar va hikmatli so'zlar bilan so'zlashga qanday so'zlash deyiladi?
A) hakimona so'zlash, hakimlik
B) xalqona so'zlash, xalqparvarlik
C) Ezop tilida so'zlash, ezopona til
D) notiqlik, voizlik
Ezopning 500 ga yaqin masallarini jamlagan kitobi?
A) "Ezop masallari" B) "Yunon masallari"
C) "Ezop hikmatlari" D) "Ezopona masallar"
Paydo bo'lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o'rin tutgan janr qaysi?
A) masal B) maqol
C) topishmoq D) ertak
Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar nima deyiladi?
A) afsona B) ertak C) maqol D) masal
Qaysi shoir “Ustozning yosh shoirga degani” nomli she’r yozgan?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Anvar Obidjon D) Oybek
“Tandir haqida ertak” she’rining muallifini belgilang.
A) Erkin Bohidov B) Oybek
C) Anvar Obidjon D) Abdulla Oripov
"Shamol guvlayveradi,
Qushlar sayrayveradi.
Daryolar shovullayveradi.
Baliq esa, hech qachon gapirmaydi.
Men baliq emasman". Ushbu misralar muallifi kim?
A) Rauf Parfi B) Faxriyor
C) Anvar Obidjon D) Omon Matjon
Qaysi shoirning ikodiga nazar tashlasak, unda ona Vatan taqdiri bosh mavzu sifatida bo‘rtib ko‘rinishiga guvoh bo‘lamiz?
A) Abdulla Avloniy
B) Anvar Obidjon
C) Erkin Vohidov
D) Muhammad Yusuf
Do'stlaringiz bilan baham: |