Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,
Yaxshiga yaxshilik yaxshi – buni bil.
A) Bobur B) Sa’diy Sheroziy
C) Ahmad Yugnakiy D) Alisher Navoiy
«Ko‘ngil nidosi» saylanmasining muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf D) Usmon Nosir
Arman xalq eposi «Sosunli Dovud» dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping.
A) O‘tkir Hoshimov B) Abdulla Oripov
C) Oybek D) Hamid Olimjon
Quyidagi hikmatlar muallifi kim?
«Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak».
«Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul».
A) Ahmad Yassaviy B) Sa’diy Sheroziy
C) Lutfiy D) Alisher Navoiy
«Maktab gulistoni» kitobining muallifi kim?
A) Furqat B) Avloniy C) Behbudiy D) H.H. Niyoziy
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida kimning tashabbusi bilan «Mziuri» «Quyoshjon» bolalar bog‘i barpo etilgan?
A) Nodar Dumbadze B) Ibroyim Yusupov
C) Rasul Hamzatov D) Antuan de Sent-Ekzyuperi
O‘zbek adabiyotida sayohatnoma janrining shakllanishi va takomilga erishuvida qaysi shoirimizning xizmati katta?
A) Bobur B) Navoiy C) Muqimiy D) Furqat
«Hatto bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar» misralari muallifi kim?
A) Ozod Sharafiddinov B) Abdulla Avloniy
C) O‘tkir Hoshimov D) Usmon Nosir
«Tuyg‘ular» to‘plami muallifi kim?
A) Usmon Nosir B) Mirtemir C) Oybek D) Zulfiya
Birinchi teatrni tashkil qilgan ijodkor kim?
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy B) Abdulla Avloniy
C) Hamza Hakimzoda Niyoziy D) Ismoilbek Gasprinskiy
Quyidagi parcha muallifi kim?
«Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib, bahor nafasiga to‘lgan osmonda qabriston yo‘lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi: «Rabbano-o, rabbano-o-o...» «Alla-yo alla...».
A) Abdulla Oripov B) Asqad Muxtor
C) Oybek D) O‘tkir Hoshimov
«Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy to‘plam muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir D) Mirtemir
Musofirlikning, hatto asirlikning azoblarini ko‘rgan ijodkorni toping.
A) Mashrab B) Muqimiy C) Sa’diy Sheroziy D) Gulxaniy
«Inson sadoqati» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, hikoya B) Asqad Muxtor, roman
C) Said Ahmad, qissa D) O‘tkir Hoshimov, drama
«To‘ylar muborak» dramasining muallifi kim?
A) O‘tkir Hoshimov B) Said Ahmad
C) Asqad Muxtor D) Oybek
Quyidagi hikmat muallifi kim?
Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
A) Sa’diy Sheroziy B) Abdulla Avloniy
C) Erkin Vohidov D) Ahmad Yugnakiy
«Urushning so‘nggi qurboni» asarining muallifi va janrini toping.
A) Abdulla Qahhor, hikoya B) O‘tkir Hoshimov, hikoya
C) Oybek, hikoya D) Asqad Muxtor, qissa
«Tushda kechgan umrlar» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, hikoya B) O‘tkir Hoshimov, roman
C) Said Ahmad, hikoya D) Asqad Muxtor, qissa
«Qoraqalpoq daftari» to‘plami muallifi kim?
A) Asqad Muxtor B) Mirtemir
C) Usmon Nosir D) Maqsud Shayxzoda
«Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralari muallifi kim?
A) Muqimiy B) Sa’diy Sheroziy C) Navoiy D) Bobur
«Ruhlar isyoni» asarining muallifi va janrini toping.
A) Maqsud Shayxzoda, drama B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston D) Rauf Parfi, doston
«Palatkada yozilgan doston» asarining muallifi va janrini toping.
A) Asqad Muxtor, doston B) Abdulla Oripov, drama
C) Tog‘ay Murod, drama D) Erkin Vohidov, doston
Quyidagi hikmat muallifi kim?
«Nedinkim hunar aning zotida ulug‘ davlatdur va har yergakim borsa, sohibi qadr bo‘lur va majlisning yuqorisida o‘lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee’tibor bo‘lur».
A) Alisher Navoiy B) Ahmad Yugnakiy
C) Sa’diy Sheroziy D) Yusuf Xos Hojib
Quyidagi misralar muallifi va janrini toping.
Davron meni o‘tkardi sar-u somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,
Nelarki boshima kelmadi davrondin.
A) Navoiy, ruboiy B) Bobur, tuyuq
C) Navoiy, tuyuq D) Bobur, ruboiy
«...tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur» satrlarining muallifi kim?
A) Avloniy B) Fitrat
C) Behbudiy D) Sa’diy Sheroziy
Quyidagi misralar muallifi kim?
Asrdosh birodar, qo‘lni ber,
Kel, Yerga qilaylik qasamyod:
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
Quyidagi misralar muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |