MAQOL VA TOPISHMOQLAR
Hаr bir хаlqning fе’l-аtvоri, urf-оdаt vа аn’аnаlаri, оrzu-intilishlаri vа tаbiаtini аks ettiruvchi o‘zigа хоs ko‘zgudir deb nima aytiladi?
A) adabiyoti B) оg‘zаki ijоdi
C) she’riyati D) maqollari
Asrlаr dаvоmidа misqоllаb to‘plаngаn, nе-nе sinоvlаrdаn o‘tgаn, insоnlаrgа hаmishа mаdаd bo‘lib kеlgаn nоyob хаzinаdir deb nima aytiladi?
A) adabiyot B) xalq оg‘zаki ijоdi
C) topishmoq D) maqol
… mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, ular olam va odam bilan bog‘liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a’zolari va xislatlari, mehnat va o‘quv qurollari, cholg‘u asboblari, turar joy, uy-xo‘jalik asboblari, qurol-yarog‘lar haqida bo‘lishi mumkin. Ushbu jumlalarda nima haqida fikr yuritilmoqda?
A) topishmoqlar B) maqollar
C) afsonalar D) ertaklar
«Zarbulmasal»da qaysi qushlarning quda-andachilik mojarolari tasvirlangan?
A) Yapaloqqush va Ko‘rqush
B) Ko‘rqush va Kulonkir
C) Kordon va Boyo‘g‘li
D) Yapaloqqush va Boyo‘g‘li
«Zarbulmasal»da qancha maqol keltirilgan?
A) 300 ga yaqin B) 400 dan ortiq
C) 600 ga yaqin D) 500 dan ortiq
«Al», «ochun», «bitik» so‘zlarining ma’nosini toping.
A) barmoq, olam, so‘z B) qo‘l, dunyo, kitob
C) olam, qo‘l, kitob D) qo‘l, dunyo, barmoq
«Ona yurting omon bo‘lsa, rang-u ro‘ying somon bo‘lmas» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan?
A) ichki qofiya B) tashqi qofiya
C) ichki va tashqi qofiya D) och qofiya
Maqolga xos belgi-xususiyatlarni aniqlang.
1) fikr aniq bo‘ladi 2) xulosa tugal bo‘ladi; 3) ifoda lo‘nda bo‘ladi; 4) ibratli fikr hukm shaklida bo‘ladi; 5) she’riy shaklda bo‘ladi; 6) nasriy shaklda bo‘ladi.
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Maqol va topishmoqlarning o‘xshash tarafi nima?
A) Maqol ham topishmoq ham qofiyadosh bo‘lib kelishi mumkin.
B) Maqolda ham, topishmoqda ham xulosa tugal, mazmun aniq, ifoda lo‘nda bo‘ladi.
C) Maqol va topishmoqlarda sirlilik bor.
D) Har ikkalasida ham xulosa bor.
Topishmoq va maqol o‘rtasidagi farqni toping?
A) Topishmoqda ibratli fikr aytiladi, maqolda hukm ifodalanadi.
B) Maqolda hukm bo‘ladi, topishmoqda xulosa tugal bo‘ladi.
C) Maqol ibratli fikrni anglatsa, topishmoq yashiringan ma’noni topishga undaydi.
D) Maqol she’riy, topishmoq nasriy bo‘ladi.
Maqollarda ibratli fikrlar qanday shaklda bo‘ladi?
A) nasriy shaklda B) ibrat shaklida
C) hukm shaklida D) she’riy shaklda
Maqol so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’no anglatadi?
A) arabchadan, “otalar so’zi”
B) arabchadan, “so’z”
C) forschadan, “otalar so’zi”
D) forschadan, “so’z”
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa,…».
A) unmaganni undirar
B) tepadagini endirar
C) to‘lmaganni to‘ldirar
D) tegmaganni tegdirar
O‘z ma’nosida ishlatiladigan maqolni toping.
A) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan.
B) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
C) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi.
D) Olmaning tagiga olma tushadi.
Ko‘chma ma’noda ishlatiladigan maqollarni toping.
1) Olmaning tagiga olma tushadi.
2) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi.
3) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan.
4) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
Maqolni davom ettiring.
«Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz – … ».
A) ish B) hunar
C) boylik D) rohat
Maqolning tushirib qoldirilgan so‘zlarini toping. «… – dilning chirog‘i, … – ilm chorbog‘i».
A) bola, ona B) bilim, ustoz
C) ilm, ustoz D) Ilm, maktab
Barcha xalqlar o’gzaki ijodining eng sevimli, qiziqarli turi qaysi?
A) tez aytish B) maqol
C) latifa D) topishmoq
Topishmoqni ba’zan qanday nomlar bilan atashgan?
1) masal; 2) jumboq; 3) topmacha; 4) matal
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
Topishmoqlar mumtoz adabiyotda qanday nomlangan?
A) jumboq B) tarjeband
C) matal D) chiston
Topishmoqlar qaysi shaklda yaratiladi?
A) nasriy B) she’riy
C) nasriy va she’riy D) majoziy
Bir necha predmetli topishmoq berilgan qatorni toping.
A) Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi.
B) Qoziq ustida qor turmas.
C) Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi.
D) Bir qop un, ichida ustun.
“Chiston” so’zi qaysi tildan olingan?
A) arabcha B) forscha
C) yunoncha D) lotincha
«Chiston» qanday ma’nolarni anglatadi.
1) topishmoq; 2) jumboq; 3) masal; 4) savol-javob.
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 4
Topishmoq janri haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi.
2) O‘xshatishlar, taqqoslashlar savollar vositasida ifodalanadi.
3) «Topmacha», «jumboq», «masal» deb ham yuritiladi.
4) mumtoz adabiyotda chiston deb yuritiladi.
5) Tasavvurni va tafakkurni o‘stiradi.
6) she’riy shaklda yoziladi.
7) nasriy shaklda yoziladi.
8) ko‘ngilochar o‘yin.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 5
Chistondagi narsa-hodisalar ko‘chma ma’noda tasvirlanib, qanday shakllarda yoziladi.
1) qit’a; 2) fard; 3) to‘rtlik; 4) ruboiy; 5) g‘azal; 6) bayt; 7) tuyuq; 8) masnaviy.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 4, 5
Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra zamonaviy va an’anaviy topishmoq kabi turlarga bo‘linadi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) yaratilishiga ko‘ra
C) shakliga ko‘ra D) zamonaviyligiga ko‘ra
Maqolga xos bo‘lgan xususiyatlarni toping.
1) Insonni axloq-odobga o‘rgatadi. 2) Nutqni bezaydi. 3) Topqirlikka, hozirjavoblikka undaydi. 4) Tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida keladi.
5) Pand-nasihat sifatida keladi. 6) Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi. 7) Ibratli fikr aytiladi. 8) Yashirin ma’noni topishga undaydi.
9) Har doim qofiyadosh bo‘lib keladi.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) nasriy, she’riy
B) sodda, murakkab
C) bir yoki bir nechta predmetli
D) zamonaviy, an’anaviy
«Qoziq ustida qor turmas» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) bir predmetli topishmoq
B) bir nechta predmetli topishmoq
C) ko‘p predmetli topishmoq
D) sodda topishmoq
«Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yong‘oq» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) bir predmetli topishmoq
B) bir nechta predmetli topishmoq
C) murakkab topishmoq
D) to‘g‘ri javob yo‘q
“Shunday so'zki, so'zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta'sirchan qiladi... Kimki uni ko'p ishlatsa, o'shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar”. Bu o'rinda adabiyotshunoslar nimani nazarda tutishgan?
A) hadisni B) matalni
C) hikmatni D) maqolni
Unda “fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo'nda bo'lishi lozim. Va, albatta, ibratli fikr aytilishi talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo'lishi kerak”.
Gap qaysi janr haqida bormoqda?
A) maqol B) matal
C) masal D) hadis
“...unda xulosa yo'q. Hukm yo'q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so'zlar bir narsani bekitishga qaratilgan”. Gap qaysi janr haqida ketgan?
A) masal B) maqol
C) matal D) topishmoq
Yeridan ayrilgan yetti yil yig'lar,
Elidan ayrilgan ... yig'lar.
Maqoldagi nuqtalar o'rnidagi to'g'ri so'zni toping?
A) olguncha B) yetguncha
C) o'lguncha D) yetmish yil
“Unda o'sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe'l-atvori, ruhiyati, qo'yingki, butun borlig'i aks etadi. Shunga ko'ra, ular xilma-xil mavzularda bo'lishi mumkin”.
Gap nima haqida?
A) masal B) maqol
C) xalq og'zaki ijodi D) ertak
Qanday topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo’ladi?
A) zamonaviy B) an’anaviy
C) tarixiy D) oddiy
Qanday topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o’zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini topadi?
A) zamonaviy B) an’anaviy
C) yangi D) oddiy
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining yana qaysi na’munalarining ichida uchrab uning o’qishliligini, qiziqarliligini, ta’minlaydi?
A) ertak va askiyada B) qo’shiq va laparda
C) ertak va lofda D) ertak va dostonda
Bir kun tuz ichgan joyingga... salom qil, maqolidagi nuqtalar o'rniga to'g'ri so'zni qo'ying?
A) o'n kun B) qirq kun
C) qirq yil D) o'lguncha
Do'stlaringiz bilan baham: |