О ‘ zbekiston respublikasi oliy va о ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/46
Sana16.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#495831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
CHIZIQLI ALGEBRA VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH.Aliqulov

 



 
Kirish 
 
O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida jadal 
islohotlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, ilm-fanni innovatsion g’oyalar 
bilan rivojlantirish yo’lidan borilmoqda. 
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini egallash zarur va shart.
Bu esa chuqur matematik bilimga ega bo’lish, axborot texnologiyalarni 
qo’llay olishni taqozo etadi. Yoshlarga matematika faniga qiziqishni kuchaytirish 
yo’llaridan biri matematika fanidan oddiy va tushunarli tilda yozilgan darslik va 
o’quv qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ba’zida oliy texnika o’quv yurtlarida ta’lim 
olayotgan talabalar tomonidan “bizga “oliy matematika” fanini o’qitish nimaga 
kerak”-degan savol bo’ladi. Shuning uchun talabalarga oliy matematika fanida 
o’qitiladigan har bir modul(bosh mavzu)da bu mavzu nima uchun o’qitilishi 
kerakligi, ya’ni kelgusida o’rganiladigan mutaxassislik fanlarida uchraydigan 
masalalarni matematik modeli va uning yechimi aynan shu mavzuda 
o’rganiladigan bilimlarga keltirilishi sodda tushunarli qilib yetkazish maqsadga 
muvofiq. 
Boshqacha qilib aytganda, talabalarga berilayotgan nazariy bilimlarni 
amaliyotda qo’llanishiga ko’proq e’tibor berish zarur. 
Oliy o’quv yurtlarida “oliy matematika” fanini an’anaviy usulda o’qitishda 
dastlab tabiiy jarayonlar va amaliy masalalarni matematik modellarini, 
to’g’rirog’i ularning miqdoriy ko’rinishidagi abstrak masalalarni yechish usullari 
o’rgatiladi. Keyinroq esa mutaxassislik fanlarini o’qitishda bu matematik 
usullardan foydalaniladi. Shuning uchun ham hozirgi mavjud oliy matematikaga 
oid adabiyotlarda asosan, dastlab nazariy bilimlarga ko’proq e’tibor berilib, 
ba’zida kamdan kam hollardagina mavzu so’ngida bu bilimlarni amaliy 
masalalarga tadbiqi to’g’risida qisqa ma’lumot berilgan. 
Ushbu o’quv qo’llanmada, birinchi marta bosh mavzu boshida “bu mavzu 
nimaga kerak”,- degan savolga javob tariqasida amaliy masalalarni matematik 
modeli aynan shu mavzuda o’rganilayotgan tenglama yoki teoremalarga 
keltirilishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. So’ngra bu tenglamani yechish 
usullari berilgan. Amaliy masalalarni yechish uchun ko’rsatmalar, talabalar 
mustaqil yechib o’rganishlari uchun amaliy masalalar topshiriqlari berilgan va 
namunaviy variant yechimi to’liq yechib ko’rsatilgan. Mavzu so’ngida esa 
amaliy masalalarni EHM yordamida turli dasturlash muhitlaridan foydalanib 
yechish yo’llari ko’rsatilgan. Namunaviy variant misollarini Maple matematik 
paketida yechib ko’rsatilgan.
Ushbu o’quv qo’llanma oliy texnika o’quv yurtlarida o’qitiladigan “oliy 
matematika”ning chiziqli algebra bo’limini matematik modellar yordamida 
o’qitishga bag’ishlangan. Bu texnika yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar 
uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga kelgusida o’qitiladigan mutaxassislik 



fanlarini “sonli usullar va matematik modellar” yordamida o’rganish uchun ham 
foydali bo’ladi. 
Mazkur o’quv qo’llanma 5312000-“neft va gazni qayta ishlash sanoati 
obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish” ta’lim yo’nalishi 
talabalari uchun “Matematika.matematika usullar va modellar” fanidan 
tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan fan dasturi 
boyicha tayyorlangan. 
Ushbu o’quv qo’llanmani hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan 
foydalanib o’rganish uchun, mualliflar tomonidan c++ dasturlash tilida maxsus 
“oliy matematikaning chiziqli algebra va analitik geometriya bo’limlarini 
mustaqil o’qitish” elektron dasturi yaratildi. Bu dastur joriy o’quv qo’llanmadagi 
barcha mavzularni o’zida mujassamlashtirgan. Dasturdan talaba mustaqil 
ravishda 
berilgan 
mavzular 
boyicha 
nazariy 
ma’lumotlarni 
o’qishi, 
mavzulashtirilgan amaliy masalalarni yechib, olgan natijalarini dastur yordamida 
tekshirib ko’rishi va dastur so’ngidagi test orqali o’quv qo’llanmada 
o’zlashtirgan 
bilimlarini 
tekshirishlari 
mumkin. 
Daturni 
ibragimovsuxrob@mail.ru
elektron pochtasidan olish mumkin. 
O’quv qo’llanma oliy ta’limda o’qitishning kredit modul tizimida tashkil 
etilishida, xususan oliy matematikaga tegishli bo’lgan o’quv materiallarini 
masofaviy o’qitish platformalariga joylashtirish va undan foydalanishda hamda 
talabalar bilimini baholashda yordam beradi. 
O’quv qo’llanma bu shaklda tayyorlangan dastlabki adabiyotlardan biri 
bo’lib, kamchiliklardan holi bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun fikr va 
mulohazalaringizni kutamiz. 




Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish