8-mavzu lok va bo’yoq materiallarning asosiy xossalari. Lok va bo’yoq materiallar (lbm)



Download 23,81 Kb.
bet1/6
Sana26.04.2022
Hajmi23,81 Kb.
#582586
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 maruza LOK VA BO’YOQ MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI.LOK VA BO’YOQ MATERIALLAR


8-MAVZU


LOK VA BO’YOQ MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI.LOK VA BO’YOQ MATERIALLAR (LBM).
Reja:

  1. 1.Umumiy ma’lumotlar.

  2. 2.Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari

  3. 3.Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari

1. Umumiy ma’lumotlar
Lok-bo‘yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida ularni bezash va atmosfera, agressiv muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi.
Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va tashqi tomondan lok-bo‘yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo‘yoq tarkiblari asosan tabiiy moylardan, pigmentlar va bo‘yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil topgan.
Tabiiy bog‘lovchilar zig‘ir, kanop, masqar va shu kabi o‘simliklar moyini qaynatib, maxsus ishlov berilib tayyorlangan va ularni qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan foydalanilgan.
Bo‘yoq tarkiblariga rang beruvchi pigmentlar tabiiy toshlar, giltuproq, tuzlar va minerallarga ishlov berib tayyorlangan va shu sababli ular obhavo, quyosh nuri ta’siriga chidamli bo‘lgan.
Bo‘yoqlar sifatini oshirish maqsadida tarkibiga turli organik yog‘lar, sut zardobi, o‘simliklar qaynatmalari, quritilgan hashoratlar talqoni va boshqalar aralashtirilgan. Arxitektura obidalari bezak qatlamining bir necha yuz yillar davomida sifatini yo‘qotmasligi sababi aynan lok-bo‘yoqlar tarkibining tabiiyligidadir.
Samarqand shahri yaqinidagi Afrosiyob antik shahri binolari qoldiqlari devorlariga chizilgan rasmlarning bir necha ming yillar davomida saqlangani yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlaydi.
Butun dunyoda lok-bo‘yoq materiallar turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatini yaxshilash sohasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, namlik va haroratning o‘zgarishi ta’siriga bardoshli, bino va inshootlarning fasadlarini bezashda ishlatiladigan bo‘yoq tarkiblarini yaratish asosiy muammolardan hisoblanadi. Bezak ishlarini olib borishda bo‘yoq tarkiblarining tannarxi 80% tashkil etadi. Fasad bo‘yoqlariga odatda havoni to‘la yoki qisman o‘tkazish, ob-havo sharoitiga va nurga chidamlilik talab qilinadi.
Yig‘ma va monolit temirbeton binolar fasadlarini bezashda oq va rangli sementlar va ohaktosh, granit, marmar, rangli shisha kukuni va shu kabi kukun to‘ldirgichlar asosida tayyorlangan bo‘yoq tarkiblarini ishlatish samaralidir. Bo‘yoq tarkiblarining asosga nisbatan yuqori darajada yopishishi (adgeziyasi) bezak qatlamining uzoq muddat xizmat qilishiga kafolat beradi.

Download 23,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish