No‘monxo‘jayev A. S. (guruh rahbari); Fattohov M



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/70
Sana27.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#708654
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
Fizika. 3-kitob. Ma\'ruzalar matni (A.No\'monxo\'jayev, M.Fattohov va b.)

ZM T A
Z m
M
A
ZM
H
A
Z m
M
A








 

W
A
98- rasmda solishtirma bog‘lanish energiyasining massa soniga
bog‘liqlik grafigi keltirilgan. Uni tahlil qilib quyidagi xulosalarga
kelish mumkin: 1) solishtirma bog‘lanish energiyasi har xil ele-
mentlarning yadrolari uchun har xil bo‘ladi; 2) eng katta solish-
tirma bog‘lanish energiyasi massa sonlari 28 dan 138 gacha bo‘lgan
yadrolarga to‘g‘ri keladi, ularda solishtirma bog‘lanish energiyasi
taxminan 8,7 MeV gacha boradi.
3) yengil yadrolarda solishtirma bog‘lanish energiyasi yadrodagi
nuklonlar sonining kamayishi bilan kamayadi, og‘ir yadrolarda
esa u yadroning massasi soni ortishi bilan kamayadi;
4) massa soni uncha katta bo‘lmagan yadrolarda xarakterli
maksimum va minimumlar kuzatiladi, maksimumlar asosan pro-
ton va neytronlar soni juft son bo‘lgan 
4
12
16
2
6
8
H e,
C,
O
yadrolarida
kuzatilsa, minimumlar esa proton va neytronlar soni toq bo‘lgan
2
6
10
1
3
5
H , L i,
B
yadrolarida kuzatiladi.
Nuklonlar o‘rtasida ta’sir etuvchi va yadroning turg‘unligini
ta’minlovchi kuchlarga 
yadro kuchlari
yadro kuchlari
yadro kuchlari
yadro kuchlari
yadro kuchlari deyiladi. Yadro kuchlari
gravitatsion va elektromagnit ta’sirlashuv kuchlaridan farqli
o‘laroq, o‘ziga xos kuchlar bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy tekshirishlardan
ma’lum bo‘lishicha, yadro kuchlari quyidagi xossalarga ega ekan:
a) yadro kuchlari qisqa masofada ta’sir etuvchi kuchlardir.
98- rasm.
98- rasm.
98- rasm.
98- rasm.
98- rasm.
ε
(MeB)
A
Ular nuklonlarning chiziqli o‘lchamlari
bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan
nuklonlar o‘rtasidagi eng qisqa masofalarda
namoyon bo‘ladi. Yadro kuchlari ta’sir
etadigan
r masofaga yadro
yadro
yadro
yadro
yadro kuchlarining
kuchlarining
kuchlarining
kuchlarining
kuchlarining
ta’sir radiusi
ta’sir radiusi
ta’sir radiusi
ta’sir radiusi
ta’sir radiusi (
- 15
2 10 m
r
 
) deyiladi;
b) yadro kuchlari nuklonlarning zar-
yadiga bog‘liq bo‘lmagan kuchlardir, ya’ni
ular proton — proton, proton — neytron,
neytron — neytronlar o‘rtasida bir xilda
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 8
ta’sir etadi. Bundan yadro kuchlarining elektromagnit tabiatga ega
emasligi kelib chiqadi;
d) yadro kuchlari to‘yinish xarakteriga ega, ya’ni har bir
nuklon yadroning barcha nuklonlari bilan emas, balki o‘ziga
yaqin turgan chegaralangan sondagi nuklonlar bilan ta’sirlashadi.
Bu esa yadro bog‘lanish energiyasining massa soniga chiziqli
bog‘lanishdan kelib chiqadi. Agar har bir 
A nuklon qolgan
barcha (
A–1)nuklonlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda edi,
yadroning bog‘lanish energiyasi nuklonlar juftliklari soniga
2
(
1)
2
2
A A
A
A









proporsional bo‘lardi. U holda 
Δ
W energiya A
ga chiziqli bog‘langan emas, balki kvadratik bog‘langan bo‘lar edi.
Lekin amalda unday emas;
e yadro kuchlari markaziy bo‘lmagan kuchlardir, ular
gravitatsion va kulon kuchlaridan farqli o‘laroq, nuklonlar ora-
sidagi masofasga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xossa ularning nuklonlar
spinlar yo‘nalishiga bog‘liqligida, ya’ni parallel yoki antiparallel
ekanligida namoyon bo‘ladi. Neytronlar oqimining 
paravodorod
paravodorod
paravodorod
paravodorod
paravodorod
(ikkala protonlarining spinlari antiparallel bo‘lgan vodorod
molekulasi) va 
ortovodorod
ortovodorod
ortovodorod
ortovodorod
ortovodorod (ikkala protonlarining spinlari paral-
lel bo‘lgan vodorod molekulasi)da turlicha sochilishlari tajriba yo‘li
bilan isbotlangan. Agar nuklonlarning spinlari yo‘nalishiga yadro
kuchlari bog‘liq bo‘lmaganda edi, bu ikkala molekulada neytronlar
oqimi bir xilda sochilgan bo‘lardi;
f) yadro kuchlari almashinish xarakteriga ega. Bu xossa
nuklonlar yoki yadroviy zarralar orasidagi yadro kuchlarida,
ularning bir-birlari bilan qandaydir oraliq zarralar bilan alma-
shuvlari natijalarida namoyon bo‘ladi.
Yadro kuchlarining shu vaqtgacha tugallangan nazariyasi
mavjud emasligi va ko‘p zarrali sistemaning kvant holati haddan
tashqari murakkabligi tufayli atom yadrosining turli xossalari yadro
modellari yordamida o‘rganiladi. Bu modellarning hech qaysi biri
yadroning barcha xossalarini to‘la yoritib bera olmaydi. Shuning
uchun bir necha yadro modellaridan foydalaniladi. Bu model-
larning har biri yadroning ba’zi bir xossalarinigina tushuntirib
beradi va boshqa xossalarni esa tushuntira olmaydi. Har bir modelda
ixtiyoriy kattaliklar mavjud bo‘lib, ularning son qiymatini tajriba
natijalari bilan taqqoslash asosidagina tanlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 4 9
Barcha mavjud bo‘lgan yadro modellari bilan tanishish qiyin,
shu tufayli biz faqatgina yadroning 
suyuqlik tomchi va qobiq
modellari bilangina qisqacha tanishib o‘tamiz.
Yadroning suyuqlik tomchi modeli 1939- yilda Ya.I. Frenkel
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uning fikrini N. Bor va boshqa
olimlar rivojlantirgan. Bu modelda musbat zaryadlangan suyuqlik
tomchisining yadroning quyidagi oltita xossalariga o‘xshashligi asos
qilib olingan:
1) suyuqlik tomchisidagi molekular kuchlarning ta’siri kabi
yadro kuchlari ta’sir radiusining kichikligi;
2) suyuqlik molekulalarining o‘zaro ta’sir kuchlari kabi yadro
kuchlarining to‘yinish xarakteriga ega ekanligi;
3) suyuqlik tomchisi tarkibidagi modda zichligi va yadroning
o‘rtacha zichligining doimiyligi, uning suyuqlik tomchisidagi
zarralar soni kabi yadrodagi nuklonlar soniga bog‘liq emasligi;
4) suyuqlik tomchisi va yadrodagi zarralarning ma’lum bir
harakatchanlikka egaligi;
5) yadrodagi nuklonlar orasidagi tortishish energiyasi bilan
suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish energiyasining o‘zaro
mosligi, yadrodagi protonlarning kulon kuchi hisobiga bir-biridan
itarilishlari tufayli yadroning bog‘lanish energiyasi kamayadi,
prtonlarning soni ortib borishi bilan bu effekt kuchayadi. Suyuqlik
tomchisi esa bu effektga tomchi molekulalarining soni ortishi bilan
uning turg‘unligining susayish effekti mos keladi;
6) suyuqlik sirtidagi molekulalar sirt taranglik hodisasi hisobiga
suyuqlik ichiga tomon tortiladilar. „Yadro sirtida turgan nuklonlar“
esa yadro kuchlari tufayli yadroning ichiga tomon tortiladilar.
Suyuqlik molekulasining suyuqlik ichiga tortilishini uning sirt
tarangligi xarakterlasa, nuklonlarning tortilishini esa yadro-
tomchining qandaydir sirt taranglik koeffitsiyenti xarakterlaydi.
Yadro suyuqlik erkin sirti energiyasiga o‘xshash sirt energiyasi
bilan ham xarakterlanishi mumkin.
Bu model asosida yadrodagi nuklonlarning bog‘lanish
energiyasi uchun yarim empirik formulani olish mumkin. Og‘ir
yadrolarning bo‘linish jarayoni nazariyasini shu model asosida
tuzish mumkin. Undan shuningdek, 
β
- yemirilish energiyasini
hisoblashda ham foydalanish mumkin. Turg‘un yadrodagi protonlar
soni bilan massa soni orasidagi bog‘lanish ham shu model yordamida
olingan va u quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 5 0
2
3
1, 98 0, 015
/
.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish