§. Joriy baholash metodikasi
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash
tekshirish deyiladi.
Tekshirish- nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlaydi va pedagogik
tomondan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi va
bilimlardagi kamchilik, nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.Tekshirishning
maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki o’quv mehnati hajmini
ham aniqlashdan iboratdir.
Bilim- borliqdagi narsalar haqida inson ongida tushuncha hosil bo’lishi.
Ko’nikma- oldinga qo’yilgan maqsad va xatti-harakatlardan kelib chiqqan
holda muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud
bilimlar yig’indisidir.
Malaka-kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib doimiy harakat
turiga aylanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |