III bob. Matematika ta’limi monitoring asosida ta’lim sifatini ta’minlash
metodikasi
3.1-§. Matematika ta’limi monitoring metodikasi
3.2-§. Xatolar ustida ishlash metodikasi
3.3-§. Matematika ta’limi sifatini ta’minlash yo’llari.
Xulosa
2
KIRISH
“Har nechuk ilmdan eshitsang bir so’z,
Uni tinmay o’rgan kecha-yu, kunduz”
Abulqosim Firdavsiy.
Kurs ishining dolzarbligi:Davlatimiz istiqboli,bozor iqtisodiyoti qonunlariga
asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali,
yuksak
ma’naviyatli,
rivojlangan
mamlakatlar
darajasida,
raqobatbardosh
mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy
bog’liq. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy
Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
“Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa
qarorlari shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro’yobga chiqarishning birinchi
bosqichida (1997-2001 yillar) – “o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim
jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy
etish”; ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da – “ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya
jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar
bilan ta’minlash”; uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da – “ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash,
o’quv-tarbiya jarayoni
yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatorida belgilangan.
Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash,
ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlaridagi talabalrni amalga oshirildi. Barcha
o’quv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayonida qo’llab va
o’quv yili yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar shu
standartlarga mosligini aniqlash bo’yicha maktab, tuman, shahar, respublika
3
darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda. Milliy dasturda ko’zda tutilgandek,
zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim
jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy,
innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammalashib, o’quv jarayoniga tatbiq
etib boriladi.
Fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan
to’la va mukammal bilimga qarab harakat qilishdan iborat cheksiz jarayon bilish
deb ataladi.Ya'ni bilish- bu avvalo fikrlash, olamni bevosita anglashidir. O’qituvchi
mutaxasisligi bo’yicha o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi
bo’lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi,
har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta'sir
ko’rsatishning ma’qulusul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi
kerak.
O’qituvchi ta’lim berish jarayonida qanday natijalarga erishiyapti, u o’z
maqsadiga yetdimi, shularni aniqlashi uchun u doimo har bir darsida o’quvchilarni
baholab borishi kerak. O’quvchilarni bilimini tekshirish va baholashdan
asosiy
ko’zlangan maqsad esa o’quvchilarni bilimining sifatini, rivojlantirish darajasini
ta’minlash va ularni rag’batlantirishdan iborat bo’lib, bilim olishga qiziqishni
takomillashtirishdir.Ta’limda bo’layotgan natijalarni baholash, ta’lim sifatida,
o’qituvchi va o’quvchilar uchun ham baho asosiy vosita, sabab bo’lib xizmat
qiladi. O’qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro’li bo’lsa, uning maktabda asosan
baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va ahamiyatli
bo’ladi.
A.Avloniy aytganlaridek: “Ilm insonlarning madori, hayoti, porloq kelajagi,
rahbari, najotiga aylangan”. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir.
Shuning uchun ham avvalambor ilmli, tarbiyali bo’lmoq har bir yosh insonning
burchi.
Ko’nglimizda eng oliy orzularni jamlab, o’qituvchilarimiz mehnat qilishadi har
bir o’sib kelayotgan avlod uchun.Ustozlarimiz o’rgatgan bilimlarni yanada
takomillashtirib, biz o’z shogirdlarimizga yetqazamiz, shu bosqich
4
amalga
oshirilib borilsa
yuksalish albatta bo’ladi, deb aytish mumkin. Prezidentimiz
I.Karimov ustoz va murabbiylarga qarata shunday deganlar:”Agar fanni ulkan bir
daraxt desak, tadqiqotlar uning
ildizini tashkil qiladi. Zero, ildiz qanchalik
baquvvat, chuqur ketgan bo’lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko’p hosil
beradi”. Demak, prezidentimizning bu gaplaridan ko’rinib turibdiki, fan bu ulkan
bir daraxt, biz qilgan tadqiqot ishlar natijasi esa bu daraxtning mevalaridir, kelajak
avlodimiz bu mevalardan bahramand bo’lmog’i kerak. Shunday ekan hozirgi, biz
yosh avlod“Talim to’g’risida”gi qonunimizning mazmunini har birimiz bilishimiz
shart va zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |