Test orqali baholash.
Test- inglizcha so’zdan olingan bo’lib, tekshirish, tadqiqot degan ma’nolarni
beradi.
Pedagogik test vositasida baholashning yaxshi tomonlari:
1. Yaxshi tuzilgan pedagogik test talabaning bilim o’zlashtirish sifati va
darajasini aniq o’lchaydi va baholash natijasi nazorat o’tkazuvchi- baho qo’yuvchi
odamga bog’liq bo’lmaydi;
2. Pedagogik test fan dasturi bo’yicha o’quv materiali mazmunini to’liq
qamrab olish va ta'lim natijasini test usulida o’lchaganda hamma talabalarga
nisbatan bir xil, oldindan belgilangan shkalaga asosan aniq va to’g’ri baho
qo’yiladi;
3.Test yo’li bilan baholashda ta'limning texnik vositalarini ishlatish qulay,
bilimini nazorat qilishga imkon beradi.
4. Pedagogik test usulida baholashni kompyuter vositasida avtomatlashtirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |