467
(ya‘ni moddiy ob‘ektning atributlar tizimini) tuzishning
vazifasi ayni vaqtda
tegishli
ontologik kategoriyalar tizimini
yaratishdan iborat.
Atributiv modelni tuzish tamoyillari.
Ob‘ektlarning qaysi xossalarini
atributiv deb hisoblash lozim? Atributlar mazmuni nimadan iborat (yoki ontologik
kategoriyalar mazmuni nimadan iborat)? Atributlar (kategoriyalar) bir-biri bilan
qanday bog‗langan? Atributiv modelni tuzish uchun echish zarur bo‗lgan
asosiy
muammolar ana shulardir. Bu muammolarni echishda amal qilish maqsadga
muvofiq sanalgan bosh tamoyillarni ko‗rib chiqamiz.
Birinchi
tamoyillar:
insonning
bilish
tarixiy
amaliyotini
umumlashtirish.
Insoniyat to‗plagan dunyoni bilish tajribasi – bu ontologik
umumlashtirishlarning
empirik bazisi
. Empirik bazisning mumkin qadar kengligi
– ularning ishonchlilik darajasini oshirishning zaruriy sharti. Bu bazis uch asosiy
qatlamga ega. Birinchi – sog‗lom aql,
xalq donishmandligi, til me‘yorlari va
hokazolarda ifodalangan hayot tajribasi. Ikkinchi – ilmiy bilish natijalari.
Uchinchi– ilmiy bilimlarning rivojlanish mantiqini o‗rganish.
Ontologiya, avvalo, fan to‗plagan borliq haqidagi ma‘lumotlar mazmunini
umumlashtiradi. Biroq yana bir holat ham muhimdir. Falsafiy tadqiqot bilish
jarayonlari hamma joyda «nimani»
bilish lozimligini belgilovchi aniq yoki noaniq
dastlabki shartlarga tayanishini ko‗rsatadi. Bu bilish
jarayoni boshlangunga qadar
sub‘ekt ob‘ektda o‗zi bilishni mo‗ljallagan xossalar mavjud ekanligini taxmin
qilishini anglatadi. Bunday xossalar – atributlikka «nomzodlar»dir.
Atributlar haqida dastlabki tasavvur odamlarda faylasuflar bu haqda nima
degani va yozganidan qat‘iy nazar mavjuddir. To‗g‗ri, ular ancha mavhum bo‗lishi
va aniq anglanmasligi mumkin. Faylasufning ishi –
bunday tasavvurlar bilish
tarixiy amaliyoti nuqtai nazaridan qay darajada o‗rinli ekanligini tahlil qilish,
ularni aniqlash va tizimga solish, ularning mazmuni va o‗zaro
aloqasini yoritib
berishdir. Bu atributiv modelni shakllantirishning muhim yo‗llaridan biridir.
SHunday qilib, ob‘ekt atributiv modelining mazmuni odamlar to‗plagan
atrof muhitni bilish tajribasini umumlashtiradi. Ammo bilish tajribasi muttasil
ravishda to‗planishda davom etadi va bu shunga olib keladiki, bizning atributlar va
ularning o‗zaro aloqalari haqidagi bilimlarimiz kengayadi, ontologik kategoriyalar
mazmuniga aniqlik kiritiladi va u chuqurlashtiriladi. Ilmiy bilishning rivojlanishi
bilan borliqning atributlar deb hisoblangan muayyan xossalari
va jihatlari amalda
umumiy, universal emasligi va, binobarin, atributiv
xususiyat kasb etmasligi
aniqlanadi. Boshqa tomondan esa, ilgari ma‘lum bo‗lmagan yangi atributlar
aniqlanadi. SHu sababli ob‘ektning dialektik modeli
hech qachon qotib qolmaydi
va tugallanmaydi. U doim o‗zgarishlar uchun ochiq bo‗ladi, aniqliklar kiritish va
to‗ldirishga yo‗l qo‗yadi. Rivojlanish bilishni vayron qilmaydi,
balki uni
takomillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: