VIRTUAL REALLIKNING IJTIMOIY JIHATLARI
Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish bizga rivojlangan jamiyatlarda tobora katta ro‘l o‘ynayotgan yani tajribanin cheksiz imkoniyatlarini qo‘lga kiritish imkonini beradi degan umid bor. Virtual borliq tizimlari bu tajribadan va insonning yangi o‘ziga xosligidan foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi. Inson faqat o‘z tasavvuri bilan cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi.
Kundalik tajribada biz butunlay yangi obyektlarga kamdan – kam duch kelamiz. Ammo inson o‘zi o‘zlashtirgan mikrodunyo chegarasini kengaytirib borar ekan, “har qanday hol” uchun zaruriy bo‘lgan ontologik tasavvurlarni falsafiy nuqtayi nazardan maxsus o‘rganish vazifasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Turli ontologik konsepsiyalar – bu dunyoni idrok etishning turli usullaridir. Faylasuflar ularni yaratar ekan, insoniyatga u “birdan” ilgari ko‘rilmagan narsaga duch kelgan va “buning nimaligi”ni tushunishning eng maqbul usulini tanlashga to‘g‘ri keladigan taqdirda kerak bo‘ladigan universal modellarni oldindan tayyorlash lozim. Inson qo‘lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an’anaviy verbal usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtiradiki, odamlarda sun’iy olamga kirish ilyyuziyasini vujudga keltirmoqda. Ular bu sun’iy borliqni amalda mavjud yoki mavjud emasligini hisobga olmagan holda qabul qilmoqda.
Bugungi kunga qadar virtuallik M.M.Bahtin1, N.A. Nosov2, A.E. Jichkina3, V.V. Bichkov4, N. Nesterov, G.A. Kardashov va boshqa ko’plab olimlar tadqiqotlarida o’rganilgan. Shu bilan birga virtuallikning kategorial yoki kategoriallikka yaqin ma’noda ishlatilishi, J.Deleuze5, Т. Xomskiy va R. Bervik6, F.Fukuyama7 G. Xakeng va K. Xaken8 va boshqa ko’plab mualliflar ishlarida ko’rinadi. Yurtimiz olimlari N.A. Shermuhammedova9, I. Saifnazarov10, Z.Soipov11 va bir qator olimlar ham dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi, unda virtuallikning namoyon bo’lishiga oid fikrlarini ilmiy nashrlarida keltirib o’tganlar.
Umuman olganda virtual borliq mazmunan qandaydir yo‘qlik sifatidagi borliqni nazarda tutgandek tuyuladi. Aslida esa har qanday borliq 3 darajada: sifat, miqdor va o‘lchovdan iborat. Sifat, eng avvalo, borliq bilan bir xil muayyanlikdir. Binobarin, o‘z sifatini yo‘qotgan narsaning mohiyati ham o‘zgaradi. Miqdor esa aksincha, borliqqa nisbatan tashqi, una uzviy bog‘liq bo‘lmagan muayyanlikdir. Borliqning uchinchi darajasi – o‘lchov dastlabki ikki darajaning birligi – miqdoriy sifat ya’ni me’yordir. Barcha narsalar o‘z o‘lchoviga, ya’ni miqdoriy aniqligiga ega bo‘lib, katta yoki kichik bo‘lish u uchun ahamiyatsizdir. Ayni vaqtda bu ahamiyatsizlik o‘z chegarasiga ega. Mazkur chegara buzilgan, ya’ni narsalar yanada kattalashgan yoki kichraygan taqdirda, ularning mohiyati o‘zgaradi12.
Borliq shu bilan bir virtual borliq mohiyatini tushunib yetishda eng yangi qarashning o‘zagini insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq, virtual borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan – texnika taraqqiyotining sur’atlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
Virtual reallik bevosita subyekt ongining faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Bu holat insonning qandaydir boshqa reallik bilan aloqaga kirishishidan kelib chiqadi. Virtual reallik o‘z mavjudligi uchun “tashuvchilar” ya’ni insonlarning mavjud bo‘lishini talab qiladi. Virtual reallik o‘zida qanday mohiyatlarni mujassamlashtirmasin, u baribir o‘z “tashuvchilari” xarakteri bilan chegaralanadi (bu xususiyat “qayta yaratilish” deb ta’riflanadi). “Qayta yaratilish” realligi mavjud ekan, demak virtual reallik ham mavjuddir.
Inson o‘zi o‘zlashtirgan mikrodunyo chegarasini kengaytirib borar ekan, “har qanday hol” uchun zaruriy bo‘lgan ontologik tasavvurlarni falsafiy nuqtayi nazardan maxsus o‘rganish vazifasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Turli ontologik konsepsiyalar – bu dunyoni idrok etishning turli usullaridir. Faylasuflar ularni yaratar ekan, insoniyatga u ilgari ko‘rilmagan narsaga duch kelgan va buning nimaligini tushunishning eng maqbul usulini tanlashga to‘g‘ri keladigan taqdirda kerak bo‘ladigan universal modellarni oldindan tayyorlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |