468
Turli atributlarni taqqoslash jarayonida ularning murakkablik darajasi har xil
ekanligini ko‗rish mumkin. Ayrim atributlar boyroq,
ayrimlari - soddaroq
mazmunga ega. Lo‗nda qilib aytganda, ularning mazmuniga kiruvchi belgilar,
jihatlar va holatlar sonida tafovut mavjud. Bunday ayrim atributlar o‗zlari boshqa
atributlar mazmunining jihatlari sifatida amal qiladi.
Masalan, «mohiyat» va «qonun» atributlari teng – universal birlikka ega,
ammo qonun mohiyatning jihatlaridan biri hisoblanadi – so‗nggi zikr etilgan
atributning mazmuniga qonundan tashqari boshqa jihatlar ham kiradi.
Hamonki ayrim atributlar boshqa atributlar
tarkibiga kirar ekan, ularning
o‗rtasida muayyan ierarxiyaviy subordinatsiya mavjud. Ierarxiyaning yuqori
darajalaridan eng murakkab, mazmun jihatidan boy atributlar o‗rin oladi. Ularni
tahlil qilish ularda mavjud bo‗lgan
ayrim jihatlarni, ya‘ni ierarxiyaning «quyi
turuvchi» darajalariga mansub bo‗lgan soddaroq atributlarni farqlash imkonini
beradi. O‗z navbatida, bu soddaroq atributlar ham tahlil qilinishi mumkin va h.k.
Ammo murakkab atributlarning mazmuni tahlil vositasida alohida
elementlarga ajratilganidan so‗ng, ularni sintez qilish zaruriyati tug‗iladi. U
aniqlangan atributlar o‗rtasidagi yangi aloqalarni va bu aloqalar ta‘sirida hosil
bo‗luvchi boshqa atributlarni topish imkonini beradi. Bunday tahlil va sintez
natijasida o‗z-o‗zini muvofiqlashtirgan atributlar
tizimining yaxlit manzarasi
yaratiladi.
Biroq ob‘ekt va uning atributlarini tahlil va sintez qilishni qiyinlashtiruvchi
jiddiy to‗siq mavjud bo‗lib, u shundan iboratki, tahlil ham, sintez ham turlicha
o‗tkazilishi, bunda ularning to‗liqlik va chuqurlik darajasi har xil belgilanishi,
atributlar mazmunidagi jihatlarning turli yig‗indilari
fikran ajratilishi va
biriktirilishi mumkin.
Agar biz tahlil ayrim jihatlarini tasodifiy tarzda va tartibsiz tanlashdan,
sintez esa – ularni xuddi shunday tasodifiy va tizimsiz biriktirishdan iborat
bo‗lishini istamasak, bu amallarni «tavakkaliga» emas, balki olinuvchi
natijalarning tizimli tartibga solinganligini belgilovchi muayyan tamoyilga binoan
bajarishimiz lozim.
Predmet
erkin emas, balki dialektik tahlil qilinishi, ya‘ni u ikki qarama-
qarshilikka ajratilishi, bunda ular bilan bir qatorda «uchinchi» narsa mavjud
bo‗lmasligi kerak.
Har xilgina emas, balki qarama-qarshi tomonlar va jihatlarni
topish uning butun mazmunini mumkin qadar to‗la qamrab olish imkonini beradi.
Qarama-qarshiliklarni aniqlash va ularning dialektik jihatdan ziddiyatli
o‗zaro nisbatini o‗rganish – dialektik fikrlashning bosh tamoyillaridan biri.
Dialektik fikrlash san‘ati avvalo dialektik ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qila
bilishda namoyon bo‗ladi.
Dialektik va mantiqiy ziddiyatlarni farqlash lozim.
Dialektik ziddiyat – bu
ob‟ektiv borliqda mavjud bo„lgan qarama-qarshiliklarning birligi
.
Mantiqiy ziddiyat
bizning mulohazalarimizda biz ayni bir vaqtda va ayni bir
jihatdan olgan ayni bir predmet haqida ikki qarama-qarshi fikrni bildirganimizda
vujudga keladi
. Ziddiyat qonuni deb ataladigan mantiqiy qonun bunday
mulohazalar birgalikda haqiqiy bo‗lishi mumkin emasligini ko‗rsatadi. SHu
469
sababli mantiqiy ziddiyatning mavjudligi fikrlashda xatoga yo‗l qo‗yilganidan
dalolat beradi.
Ob‘ektda dialektik ziddiyatni ko‗rganda (qarama-qarshiliklar birligi), u
haqda bir-biriga zid bo‗lgan fikrlarni bildirishga to‗g‗ri keladi. Masalan,
yorug‗likning tarqalishi – bu ham uzluksiz (elektromagnit
maydonning
tebranishlari), ham uzlukli (diskret zarralar – fotonlar oqimi) jarayon.
Bir qarashda bunday mulohazalarni birlashtirish mantiqqa zid va yanglish
bo‗lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Dialektik ziddiyatni aks
ettiruvchi mulohazalar ob‘ektni turli jihatlardan tavsiflaydi. SHu sababli
ziddiyatning mantiqiy qonuni buzilmaydi va bu mulohazalarning ikkalasi ham
haqqoniy bo‗lishi mumkin.
SHunday qilib, narsalarning dialektik ziddiyatliligini
tan olish fikrlashning mantiqiy ziddiyatliligini anglatmaydi.
Ob‘ektda qarama-qarshiliklarning birligini qayd etuvchi mulohazalar sirtdan
mantiqan ziddiyatli ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin. Ammo dialektika qarama-
qarshiliklarni qayd etishnigina emas, balki ular ayni bir ob‘ektda qanday
birikkanini mantiqan ziddiyatsiz tarzda tushuntirib berishni ham talab qiladi. Agar
bunga muvaffaq bo‗linsa, mantiqiy ziddiyat yo‗qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: