Qo’qon davlat pedagogika instituti “Ta’lim muassasalari boshqaruvi” yo’nalishi bitiruvchisi 2 bosqich magistranti Yunusaliyeva Nargiza Ortiqboy qizining magistrlik dissertatsiya uchun taqdim etilgan “Professional boshqaruvchilar kompetensiyasining shakllanishi” dissertatsiyasi uchun
Taqriz
Har qanday mamlakatning ozodligi, tinchligi, xalq hayotining farovonligi uni boshqarayotgan rahbarning donishmandligi, xalqparvarligi, el-yurt obodligi yo’lida fidokorona mehnati evaziga ta’minlanadi. SHu bois, O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan dastlabki kundanoq mamlakatimizda oqilona boshqaruvga alohida e’tibor qaratildi.
Dissertatsiya ishining kirish qismida O’z R OAK talablariga mos ravishda mavzuning dolzarbligi asoslanib, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti aniq tavsiflangan, tadqiqotning fan va texnologiyalar taraqqiyotidagi ustuvor yo’nalishlarga mosligi ko’rsatilib, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan; olingan natijalarning ishonchliligiga asoslangan holda nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan; tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, aprobatsiyasi bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
Magistrantning mavzuni yoritishda ilmiy adabiyotlar, arxiv manbalardan tashqari eng yangi ma’lumotlarni yoritish vositasi sifatida foydalanganligi ishning mazmun sifatini oshirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari dissertatsiya ishining xalqaro va respublika miqyosidagi eng nufuzi baland jurnallarida maqola sifatida chop etilganligi yuqorida aytilgan gaplarga yaqqol misol bo’la oladi.
Birinchi bobda, professional boshqaruvchilar kompetentsiyasining tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi va shakllanishi boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari va bilimdonlik darajalari aks ettirilgan.
Ikkinchi bobda esa xodimning professional kompetentligini baholash texnologiyasi, ishining tuzilishi va prinsiplari hamda chet-el tajribalarini o’rganish masalalarini xal etishda kompetentlik tushunchasi, metodlarining prinsiplari atroflicha bayon qilingan.
Dissertatsiyaning xulosa va materiallaridan millatlararo munosabatlar yo’nalishidagi darslik va qo’llanmalar yaratishda, millatlararo munosabatlar muammosiga bag’ishlangan maxsus kurs, seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Yuqoridagi dalillarga asoslanib ayta olamanki, ushbu dissertatsiya O’zR OAKi talablariga javob beradi va uning muallifi Yunusaliyeva Nargiza Ortiqboy qizi magistrlik diplomini olishga loyiqdir.
Taqrizchi: I.A.Toshpo’latov i.f.f.d. FarPI
Menejment kafedrasi dotsenti
Do'stlaringiz bilan baham: |