Fan kategoriyalari
tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so„zlar
bilan ifodalanadi
. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan
o‗zlashtiriladi, ba‘zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan
ataladi. Ilgari ma‘lum bo‗lmagan hodisani ifodalash uchun sun‘iy tarzda yaratilgan
so‗zlar –
neologizmlar
ham ancha ko‗p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‗laroq, fan
tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya‘ni erkin
talqinga yo‗l qo‗ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‗ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‗rganar ekan, albatta o‗z
kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial»,
«integral» kabi kategoriyalar bilan bog‗liq. Biologiyada «tur», «irsiyat»,
463
«o‗zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning
kategoriyalari
ma‘lum darajada umumiy bo‗lsa-da, borliqning ayrim
sohalaridagina qo‗llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‗lgan aloqalar va
munosabatlarni aks ettiradi
Ayrim ilmiy kategoriyalar
ilmiy bilimning alohida sohalarida qo„llaniladi,
bilishning muayyan va maxsus sohalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish
natijasi sifatida amal qiladi. Mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda
qo„llanilishi mumkin bo„lmagan kategoriyalardir
Masalan, mexanikada «kuch»,
«og‗irlik», «tezlanish», biologiyada – «tur», «irsiyat», «mutatsiya», «organizm»
shunday kategoriyalar hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar
fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi.
Falsafiy
kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o„ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni
shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til
tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Tushunchalar sifatida
kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‗ta keng tushunchalar
sifatida ular universal qo‗llanish va butun olamni tavsiflashga da‘vogar bo‗lishi
mumkin. SHu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish
vositasi bo‗lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi
hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani
bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. SHuningdek falsafiy
kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‗zlashtirish usuli sifatida ham
instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan
metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‗ini tushunish
me‘yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning
ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda
kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan
tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar
yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish
predmetining o‗ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi
kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning
shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, fan, falsafa va umuman ma‘naviy
madaniyatning rivojlanishiga qarab o‗zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi
ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari
mavjud bo‗lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‗liq
ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning
tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar
bilan ish ko‗rish mahoratini o‗zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini,
umuman fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri
hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar
–
borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari,
aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo„llaniladigan o„ta keng
tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda to„rtta
muhim guruhni farqlash mumkin.
464
1. Borliq kategoriyalari falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim
guruhi bo‗lib, ular har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‗llaniladigan
umumiy kategoriyalardir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika
kategoriyalari yoki ontologik kategoriyalar deb nomlash odat tusini olgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |