Нигинахон шермухамедова


XX asrda kategoriyalarga munosabat



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

XX asrda kategoriyalarga munosabat
. XX asrda biz yashayotgan sayyora 
qiyofasi butunlay o‗zgardi. Insonning tiyiqsiz ishlab chiqarish faoliyati insoniyatni 
dunyo miqyosidagi ekologik tanglikka giriftor etdi. YUtuqlar va ziddiyatlardan 
iborat og‗ir va mashaqqatli globallashuv jarayoni yuz berdi. Fanda, xususan 
astrofizikani, Olamning kelib chiqishini o‗rganish borasida erishilgan ajoyib 
yutuqlar, ehtimollik nazariyasini matematik asoslash, sistemalar umumiy 
nazariyasi, turli tipdagi sistemalarning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning 
rivojlanishi va hokazolar dialektikaning kategoriyalar apparatini sezilarli darajada 
boyitdi va ularga aniqlik kiritdi. Dialektika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarga 
sinergetika ham jiddiy tuzatishlar kiritmoqda. (Uning kategoriyalarini biz tegishli 
bo‗limlarda ko‗rib chiqamiz.) So‗nggi o‗n yilliklarda falsafiy tadqiqotlar doirasiga 
butunlay yangi soha – virtualistika kirib kelmoqda. Uning falsafiy maqomini va 
kategoriyalar tizimini belgilash shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqda. 
Hozirgi vaqtda falsafada ilmiy va noilmiy bilishning nisbati, bilish sub‘ektining 
roli, falsafiy kategoriyalarning bilish jarayoni va odamlar amaliy faoliyatidagi 
rolini tushunishga nisbatan yondashuvlarda tub o‗zgarishlar yuz bermoqda. Bu 
falsafa o‗tmishning falsafiy tafakkuri erishgan yutuqlardan voz kechyapti, degan 
ma‘noni anglatmaydi. O‗tmish mutafakkirlarining dunyoqarashi qanday 
qonunlarga muvofiq o‗zgargan bo‗lsa, hozirgi zamon falsafasi ham shu qonunlarga 
muvofiq o‗zgarmoqda va rivojlanmoqda: fan va amaliyot muqarrar tarzda bizning 
dunyo haqidagi tasavvurlarimizga o‗z tuzatishlarini kiritmoqda.
Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima?
 
Bu savolga 
javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‗z fikrlarimizni boshqa odamlarga 
qanday etkazishimizni ko‗rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va 
mushohadalar ko‗rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali 
tushunchalar bo‗lib, predmetlar o‗z umumiy va muhim belgilarida ular orqali 
fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma‘nosini anglaymiz, 
ularning o‗zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish 
o‗zakdosh so‗zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli 
munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‗lgan tushunchalar apparati bilan 
belgilanadi. Biz o‗z fikrlarimizni so‗zlar yordamida ifodalaymiz. So‗z – fikr va 


461 
dunyo o‗rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga 
etkazish vositasi hisoblanadi. So‗z boyligimiz qancha katta bo‗lsa, bizning dunyoni 
anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‗ladi. Ob‘ektiv borliqni 
aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining 
muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi.
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi 
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi.
Tilda tushuncha so‗z bilan ifodalanadi. 
Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‗zlari ma‘lum darajada umumiy, 
mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy 
emas, balki o‗ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar 
juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli 
hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‗li: «bu atirgul» («bu» so‗zi 
bilan aniq belgilangan); «atirgul» («bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» 
so‗zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so‗ng 
bu iboraga «gul» so‗zini qo‗shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran 
uzoqlashamiz, chunki e‘tibor barcha gullarda mavjud bo‗lgan umumiy jihatga 
qaratiladi. «O‗simlik» so‗zi butun o‗simliklar dunyosini o‗z ichiga oladi va yanada 
kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) 
yo‗lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‗lda «tirik» tushunchasi yanada 
umumiyroq bo‗ladi, chunki o‗simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot 
dunyosini ham o‗z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning 
yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – 
asos, umumiy baho) deb ataladi. 
Fikr bizning dunyo bilan o„zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada 
umumlashtiradi.
Dunyo o‗z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-
barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‗z boyligimiz o‗zimiz 
yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni 
ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi 
tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi 
so‗zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‗lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq 
bo‗ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‗lsa, fikrlash 
qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‗ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi 
hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya‘ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar 
miqdori har xil bo‗ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida 
odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab 
etiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til 
so‗z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning 
rivojlanishi alohida maqomga ega bo‗lgan va bilish jarayonida maxsus 
funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar 
kategoriyalar deb nomlandi. 
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‟rif, mulohaza) – 
borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik 
mazmunini o„zida aks ettiradigan o„ta keng tushuncha
. SHunday qilib, tabiiy til 


462 
tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. 
Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Umuman olganda, kategoriya quyidagi xususiyatlarni o‗ziga qamrab oladi: 
a) «kategoriya» olamdagi munosabat, aloqalarni ifodalovchi umumiy 
mazmun va xususiyatga ega tushuncha; 
b) kategoriyalar moddiy olamdagi hayotni tavsiflagani holda, bir butunlikda, 
o„zaro aloqadorlikda bo„ladi, bir-birini taqozo etadi, belgilaydi yoki yuzaga 
keltiradi; 
v) kategoriya ob‟ektiv mazmunga ega. Har bir kategoriya voqelik tufayli 
ro„yobga chiqadi, voqelikda namoyon bo„ladi, voqelik mavjudligining o„ziga xos 
xususiyatlari, tomonlari, belgilarini ifodalovchi tushunchalar sifatida inson 
tafakkurida aks etadi; 
g) kategoriya umumiy tushunchalar sifatida insonning tabiiy-ijtimoiy 
hodisalar mohiyatini bilishga qaratilgan bilish jarayoni tarixining natijalari va 
voqelikni chuqurroq bila borishi-ning ilmiy vositalaridir; 
d) kategoriyalar falsafaning o„zi singari, barcha fanlar uchun ilmiy tadqiqot 
va amaliy faoliyatda metodologik ahamiyatga ega bo„lgan ilmiy tushuncha 
hisoblanadi; 
e) kategoriya nazariyada, ilmiy bilish jarayonidagina emas, balki 
amaliyotda ham o„ziga xos rol o„ynaydi va ahamiyatini saqlab qoladi.
Ularning 
o‗zaro aloqa hamda namoyon bo‗lish xususiyatlarini bilish hayotda, fan va 
amaliyotda muhim natijalarga olib keladi. 
Hozirgi zamon falsafasida ham kategoriyalar, ularning mazmun-mohiyati, 
namoyon bo‗lish shakllari kabi masalalar katta ahamiyatga ega. Ko‗plab falsafiy 
oqimlar (ekzistensializm, freydizm, neopozitivizm, irratsionalizm va h.k.) va 
falsafiy maktablarda (F.Nitsshe, A. SHopengauer) barkamol inson (supermen) 
obrazini yaratishga intilish (F. Nitsshe), o‗zlik dunyosi va men dunyosi, ya‘ni iroda 
va tasavvurdagi dunyolar haqida fikr yuritish (A. SHopengauer) xarakterlidir. 
Hozirgi kunda inson va uning faoliyati, jamiyat, tabiat bilan aloqador tushunchalar 
tizimini ishlab chiqish bilan ilmu fan rivojida katta ahamiyat kasb etadigan umumiy 
tushunchalarning ahamiyatini ko‗rsatishga doir ishlar ustida ko‗plab tadqiqotlar 
olib borilmokda 
Odatda 
fan kategoriyalari, ayrim ilmiy kategoriyalar va falsafa 
kategoriyalair farqlanadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish