461
dunyo o‗rtasidagi vositachi. U fikrlash omili,
fikrni ifodalash, uni boshqalarga
etkazish vositasi hisoblanadi. So‗z boyligimiz qancha katta bo‗lsa, bizning dunyoni
anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‗ladi. Ob‘ektiv borliqni
aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining
muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi.
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi.
Tilda tushuncha so‗z bilan ifodalanadi.
Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‗zlari ma‘lum darajada umumiy,
mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy
emas, balki o‗ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi.
Bunday tushunchalar
juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli
hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‗li: «bu atirgul» («bu» so‗zi
bilan aniq belgilangan); «atirgul» («bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul»
so‗zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so‗ng
bu iboraga «gul» so‗zini qo‗shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran
uzoqlashamiz, chunki e‘tibor barcha gullarda mavjud bo‗lgan umumiy jihatga
qaratiladi. «O‗simlik» so‗zi butun o‗simliklar dunyosini o‗z ichiga oladi va yanada
kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish)
yo‗lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‗lda «tirik» tushunchasi yanada
umumiyroq bo‗ladi, chunki o‗simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot
dunyosini ham o‗z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning
yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. –
asos, umumiy baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o„zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada
umumlashtiradi.
Dunyo o‗z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-
barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‗z boyligimiz o‗zimiz
yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni
ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi
tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi
so‗zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‗lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq
bo‗ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‗lsa, fikrlash
qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‗ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi
hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya‘ni unda fikrlangan
narsalar va hodisalar
miqdori har xil bo‗ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida
odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab
etiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi
tabiiy til
so‗z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning
rivojlanishi alohida maqomga ega bo‗lgan va bilish jarayonida maxsus
funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar
kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‟rif, mulohaza) –
borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik
mazmunini o„zida aks ettiradigan o„ta keng tushuncha
. SHunday qilib, tabiiy til
462
tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi.
Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
Umuman olganda, kategoriya quyidagi xususiyatlarni o‗ziga qamrab oladi:
a) «kategoriya» olamdagi munosabat, aloqalarni ifodalovchi umumiy
mazmun va xususiyatga ega tushuncha;
b) kategoriyalar moddiy olamdagi hayotni tavsiflagani holda, bir butunlikda,
o„zaro aloqadorlikda bo„ladi, bir-birini taqozo etadi, belgilaydi yoki yuzaga
keltiradi;
v) kategoriya ob‟ektiv mazmunga ega. Har bir kategoriya voqelik tufayli
ro„yobga chiqadi, voqelikda namoyon bo„ladi, voqelik mavjudligining o„ziga xos
xususiyatlari, tomonlari, belgilarini ifodalovchi tushunchalar sifatida inson
tafakkurida aks etadi;
g) kategoriya umumiy tushunchalar sifatida insonning tabiiy-ijtimoiy
hodisalar mohiyatini bilishga qaratilgan bilish jarayoni tarixining natijalari va
voqelikni chuqurroq bila borishi-ning ilmiy vositalaridir;
d) kategoriyalar falsafaning o„zi singari, barcha fanlar uchun ilmiy tadqiqot
va amaliy faoliyatda metodologik ahamiyatga ega bo„lgan ilmiy tushuncha
hisoblanadi;
e) kategoriya nazariyada, ilmiy bilish jarayonidagina emas, balki
amaliyotda ham o„ziga xos rol o„ynaydi va ahamiyatini saqlab qoladi.
Ularning
o‗zaro aloqa hamda namoyon bo‗lish xususiyatlarini bilish hayotda, fan va
amaliyotda muhim natijalarga olib keladi.
Hozirgi zamon falsafasida ham kategoriyalar, ularning mazmun-mohiyati,
namoyon bo‗lish shakllari kabi masalalar katta ahamiyatga ega. Ko‗plab falsafiy
oqimlar (ekzistensializm, freydizm,
neopozitivizm, irratsionalizm va h.k.) va
falsafiy maktablarda (F.Nitsshe, A. SHopengauer) barkamol inson (supermen)
obrazini yaratishga intilish (F. Nitsshe), o‗zlik dunyosi va men dunyosi, ya‘ni iroda
va tasavvurdagi dunyolar haqida fikr yuritish (A. SHopengauer) xarakterlidir.
Hozirgi kunda inson va uning faoliyati, jamiyat, tabiat bilan aloqador tushunchalar
tizimini ishlab chiqish bilan ilmu fan rivojida katta ahamiyat kasb etadigan umumiy
tushunchalarning ahamiyatini ko‗rsatishga doir ishlar ustida ko‗plab tadqiqotlar
olib borilmokda
Odatda
fan kategoriyalari, ayrim ilmiy kategoriyalar va falsafa
kategoriyalair farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: