456
etishini ko‗rsatadi. Boshqacha aytganda, aql bizga, Xudo borligi yoki yo‗qligidan
qat‘iy nazar, Xudo amalda mavjud, deb taxmin qilishni buyuradi.
Ammo biz
Xudoning borligini aniq bila olmaymiz, chunki Xudo g‗oyasi tajribada o‗z
tasdig‗ini topmaydi. Xudo g‗oyasi nazariy aqlni emas, balki amaliy aqlni tartibga
solish vositasi (regulyatori) sifatidagina ma‘no kasb etadi: agar tabiatshunos bu
g‗oyaga nafaqat regulyativ darajada, balki intuitiv darajada ham amal qilsa (ya‘ni
Xudo borligiga dalil-isbotsiz ham ishonchi komil bo‗lsa), bu yalqov aql sanaladi va
u ilm bilan shug‗ullanmagani ma‘qulroqdir. Kant aql g‗oyalarini notanqidiy idrok
etishdan saqlanishga chaqirgani bejiz emas: uning fikricha, aql g‗oyalari
nafaqat
konstruktiv, balki destruktiv rol o‗ynashi ham mumkin. Aql tajribada sinalgan
bilim chegarasidan chetga chiqqan va faqat tajribada hech qachon ko‗rilmaydigan
sof tushunchalar bilan ish ko‗rgan har bir holda shunday bo‗ladi. Haqiqiyligi yoki
soxtaligini biron-bir tajribada aniqlash mumkin bo‗lmagan fikrlar ham mavjud.
YUqorida ko‗rsatilgan sabablarga ko‗ra fan hisoblanmaydigan metafizika (Kant
bo‗yicha - falsafa) tushunchalari ana shunday xususiyatga ega. Kant inson doim
tajribada ko‗rilgan bilim chegarasidan chetga chiqish va tabiiy fanlarning
imkoniyatlari cheklangan bilimlarini butun dunyoga nisbatan tatbiq etishga harakat
qilishini ta‘kidlaydi. Tajriba chegarasidan
chetga chiqish biz, masalan, dunyo
vaqtda va makonda cheklangan – dunyo vaqtda va makonda cheksizdir, dunyoda
hamma narsa maqsadga muvofiqdir – tabiatda maqsadga muvofiqlik mavjud emas,
Xudo bor – Xudo yo‗q kabi qarama-qarshi fikrlarning
ikkalasi ham haqqoniy
ekanligini isbotlashimiz mumkin bo‗lgan aqlning yanglishishlariga olib keladi.
Barcha kategoriyalarni Kant ongimizning bilish ob‘ektiga emas, balki
sub‘ektiga tegishli bo‗lgan aprior elementlari deb e‘lon qiladi. Aprior elementlar
deganda tug‗ma emas, balki individning rivojlanish jarayonida o‗zlashtirilgan
elementlar tushuniladi.
Kant mulohazalarining mantig‗ini tushunish uchun bola nutq qobiliyatining
rivojlanishini kuzatamiz. Bunda biz bola so‗zlarni ularning umumiy qabul qilingan
ma‘nosida emas, balki mazmunini o‗zi o‗zlashtirgan so‗zlar bilan o‗xshashlik
bo‗yicha qo‗llashini albatta payqaymiz. «Oyi, mening umurtqam qaerda?», deb
so‗raydi sizdan kichkintoy o‗g‗lingiz. – «Mana u», deb uning umurtqasini
ko‗rsatasiz. «Yo‗q, - deb u bosh chayqaydi, va mening umurtqam mana bu erda»,
deb qo‗li bilan o‗z qulog‗ini ko‗rsatadi. Bu misol bola tug‗ilgan
paytdan boshlab
tayyor nutq shakllarini o‗zlashtirishini tasdiqlaydi. Bolaning shaxsiy hayot tajribasi
yangi so‗zlarni o‗zlashtirish izidan quvib etolmagani bois, u mazkur so‗zlarga
o‗zining tor tajribasidan olingan ma‘lum ma‘noni yuklaydi. Avvaliga so‗z shakli,
so‗ngra uning tajribadan olinadigan ma‘nosi, avval so‗zlar, so‗ngra – tushuncha,
so‗zlar esa odamlar o‗tgan avlodlari madaniyatining yutuqlaridan olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: