457
g‗oyasi Kantga hissiy va oqilona bilishning birligini ko‗rsatish imkonini beradi:
«sezgilar yordamida biz narsalarni bilamiz va faqat bilishgina bizga mushohada
yuritish imkonini beradi; narsalarni biz aql bilan
idrok etamiz va idrok etish
natijasida tushunchalar yuzaga keladi»
1
. Aql mulohazalarining dalil-isboti «faqat
shunga asoslanadiki, ular har qanday tajribaning intellektual shaklini tashkil etadi
va shu sababli ularning qo‗llanilishi doim tajribada ko‗rsatilishi mumkin»
2
.
Umuman olganda, tajribada tasdiqlanmagan har qanday tushuncha uydirmadan
boshqa narsa emas.
Kant taklif qilgan falsafiy kategoriyalar
tasnifi borliq va bilish
kategoriyalarinigina o‗z ichiga olmaydi. Kant falsafasining tarkibiy qismini «Sof
aqlning tanqidi» - «Amaliy aql tanqidi» va «Mulohaza yuritish qobiliyatining
tanqidi» asarlari ham tashkil etadi. Bu asarlarda mutafakkir insonning ma‘naviy
qobiliyatlarini axloq va estetika kategoriyalarida tavsiflaydi. SHunday qilib, Kant
shunday bir o‗ziga xos tizimni yaratadiki,
u Evropa falsafiy tafakkuriga, ayniqsa
nemis falsafasiga juda kuchli ta‘sir ko‗rsatdi.
Fixte.
Kant g‗oyalari nemis idealizmining taniqli namoyandalari – Fixte,
Gegel, SHelling asarlarida tanqidiy yondashuv bilan qayta ishlandi va
rivojlantirildi.
I.Fixte falsafaga axloqiy qonun oliy tamoyili sanalgan mustaqil
ontologik asos sifatidagi faoliyat kategoriyasini kiritdi.
SHu sababli Fixte bilishni
ham sub‘ekt, ya‘ni «Men» (uning terminologiyasida) faoliyatining mahsuli sifatida
tushunadi. Bilish ob‘ekti («Men emas»)ga kelsak, u inson «Meni»ning
mahsuli
sanalsa-da, lekin amalda mavjud bo‗lgan narsa emas. SHu o‗rinda, inson
dunyoning yaratuvchisi ekan-da, degan tabiiy bir savol tug‗iladi. Fixte o‗z nuqtai
nazarini shunday tushuntiradi: «Men emas», ya‘ni tabiat «narsa o‗zida», ya‘ni
ob‘ektiv
borliqdir, lekin bizning «narsa o‗zida» haqidagi bilimimiz o‗z
taassurotlarimizni anglab etishimizdan boshqa narsa bo‗lmay, ularning manbai
«narsa o‗zida» emas, balki aql-zakovatimiz harakati, ya‘ni «sof Men»dir. Fixte
mushohadaga asoslangan bilimning
rolini inkor etmagan holda, tabiatni bilishni
ham, insonning tabiat ustidan hukmronligi doirasini kengaytirishni ham
ta‘minlaydigan amaliyotni birinchi o‗ringa qo‗yadi. Faoliyat nazariy ish ko‗radigan
biluvchi «Men» bilan «Men emas» dunyosi o‗rtasidagi bog‗lovchi bo‗g‗in
hisoblanadi, shu sababli real borliqni faqat amaliy harakatlar yordamida bilish
mumkin. Amalda inson tabiat predmetlarini o‗z ehtiyojlariga muvofiq o‗zgartiradi
va shu bois o‗zgartirilgan tabiatda insonning o‗zi aniq aks etadi.
Fixtening xizmati
shundaki, u nazariy muomalaga, falsafiy kategoriyalar tizimiga amaliyot
tushunchasini kiritdi va shu tariqa bilish nazariyasini ham, antropologiya, ya‟ni
inson haqidagi ta‟limotni ham sezilarli darajada boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: