Нигинахон шермухамедова


Ikkinchi tamoyillar: dialektik tahlil va sintez



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ikkinchi tamoyillar: dialektik tahlil va sintez
. Dunyoda materiyaning 
«eng sodda», mutlaqo elementar shakllari yo‗qligi tufayli, har qanday ob‘ekt 
murakkab tuzilma, «rang-baranglikning birligi» hisoblanadi. Unda turli tomonlar, 
jihatlar, nisbatlar, xossalar va hokazolarning cheksiz to‗plami uyg‗unlashadi. 
Bilish jarayonida ularni ajratish va alohida-alohida o‗rganishga to‗g‗ri keladi. 
Bunday tahlildan ob‘ekt ham, uning atributlari ham o‗tkazilishi lozim.


468 
Turli atributlarni taqqoslash jarayonida ularning murakkablik darajasi har xil 
ekanligini ko‗rish mumkin. Ayrim atributlar boyroq, ayrimlari - soddaroq 
mazmunga ega. Lo‗nda qilib aytganda, ularning mazmuniga kiruvchi belgilar, 
jihatlar va holatlar sonida tafovut mavjud. Bunday ayrim atributlar o‗zlari boshqa 
atributlar mazmunining jihatlari sifatida amal qiladi.
Masalan, «mohiyat» va «qonun» atributlari teng – universal birlikka ega, 
ammo qonun mohiyatning jihatlaridan biri hisoblanadi – so‗nggi zikr etilgan 
atributning mazmuniga qonundan tashqari boshqa jihatlar ham kiradi.
Hamonki ayrim atributlar boshqa atributlar tarkibiga kirar ekan, ularning 
o‗rtasida muayyan ierarxiyaviy subordinatsiya mavjud. Ierarxiyaning yuqori 
darajalaridan eng murakkab, mazmun jihatidan boy atributlar o‗rin oladi. Ularni 
tahlil qilish ularda mavjud bo‗lgan ayrim jihatlarni, ya‘ni ierarxiyaning «quyi 
turuvchi» darajalariga mansub bo‗lgan soddaroq atributlarni farqlash imkonini 
beradi. O‗z navbatida, bu soddaroq atributlar ham tahlil qilinishi mumkin va h.k.
Ammo murakkab atributlarning mazmuni tahlil vositasida alohida 
elementlarga ajratilganidan so‗ng, ularni sintez qilish zaruriyati tug‗iladi. U 
aniqlangan atributlar o‗rtasidagi yangi aloqalarni va bu aloqalar ta‘sirida hosil 
bo‗luvchi boshqa atributlarni topish imkonini beradi. Bunday tahlil va sintez 
natijasida o‗z-o‗zini muvofiqlashtirgan atributlar tizimining yaxlit manzarasi 
yaratiladi.
Biroq ob‘ekt va uning atributlarini tahlil va sintez qilishni qiyinlashtiruvchi 
jiddiy to‗siq mavjud bo‗lib, u shundan iboratki, tahlil ham, sintez ham turlicha 
o‗tkazilishi, bunda ularning to‗liqlik va chuqurlik darajasi har xil belgilanishi, 
atributlar mazmunidagi jihatlarning turli yig‗indilari fikran ajratilishi va 
biriktirilishi mumkin.
Agar biz tahlil ayrim jihatlarini tasodifiy tarzda va tartibsiz tanlashdan, 
sintez esa – ularni xuddi shunday tasodifiy va tizimsiz biriktirishdan iborat 
bo‗lishini istamasak, bu amallarni «tavakkaliga» emas, balki olinuvchi 
natijalarning tizimli tartibga solinganligini belgilovchi muayyan tamoyilga binoan 
bajarishimiz lozim.
Predmet erkin emas, balki dialektik tahlil qilinishi, ya‘ni u ikki qarama-
qarshilikka ajratilishi, bunda ular bilan bir qatorda «uchinchi» narsa mavjud 
bo‗lmasligi kerak. Har xilgina emas, balki qarama-qarshi tomonlar va jihatlarni 
topish uning butun mazmunini mumkin qadar to‗la qamrab olish imkonini beradi.
Qarama-qarshiliklarni aniqlash va ularning dialektik jihatdan ziddiyatli 
o‗zaro nisbatini o‗rganish – dialektik fikrlashning bosh tamoyillaridan biri. 
Dialektik fikrlash san‘ati avvalo dialektik ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qila 
bilishda namoyon bo‗ladi.
Dialektik va mantiqiy ziddiyatlarni farqlash lozim. 
Dialektik ziddiyat – bu 
ob‟ektiv borliqda mavjud bo„lgan qarama-qarshiliklarning birligi
.
Mantiqiy ziddiyat
bizning mulohazalarimizda biz ayni bir vaqtda va ayni bir 
jihatdan olgan ayni bir predmet haqida ikki qarama-qarshi fikrni bildirganimizda 
vujudga keladi
. Ziddiyat qonuni deb ataladigan mantiqiy qonun bunday 
mulohazalar birgalikda haqiqiy bo‗lishi mumkin emasligini ko‗rsatadi. SHu 


469 
sababli mantiqiy ziddiyatning mavjudligi fikrlashda xatoga yo‗l qo‗yilganidan 
dalolat beradi. 
Ob‘ektda dialektik ziddiyatni ko‗rganda (qarama-qarshiliklar birligi), u 
haqda bir-biriga zid bo‗lgan fikrlarni bildirishga to‗g‗ri keladi. Masalan, 
yorug‗likning tarqalishi – bu ham uzluksiz (elektromagnit maydonning 
tebranishlari), ham uzlukli (diskret zarralar – fotonlar oqimi) jarayon.
Bir qarashda bunday mulohazalarni birlashtirish mantiqqa zid va yanglish 
bo‗lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Dialektik ziddiyatni aks 
ettiruvchi mulohazalar ob‘ektni turli jihatlardan tavsiflaydi. SHu sababli 
ziddiyatning mantiqiy qonuni buzilmaydi va bu mulohazalarning ikkalasi ham 
haqqoniy bo‗lishi mumkin. SHunday qilib, narsalarning dialektik ziddiyatliligini 
tan olish fikrlashning mantiqiy ziddiyatliligini anglatmaydi.
Ob‘ektda qarama-qarshiliklarning birligini qayd etuvchi mulohazalar sirtdan 
mantiqan ziddiyatli ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin. Ammo dialektika qarama-
qarshiliklarni qayd etishnigina emas, balki ular ayni bir ob‘ektda qanday 
birikkanini mantiqan ziddiyatsiz tarzda tushuntirib berishni ham talab qiladi. Agar 
bunga muvaffaq bo‗linsa, mantiqiy ziddiyat yo‗qoladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish