Qisqa annotatsiya



Download 21,86 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi21,86 Kb.
#320940
Bog'liq
Til


Til va uning taraqqiyoti
Ma’matqulova To’lg’anoy A’zamjon qizi

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
Qisqa annotatsiya: ushbu maqolada til haqidagi umumiy fikrlar bayon etiladi. Tilning millat uchun qanchalar muhimligi, til paydo bo’lishi va uning taraqqiylashuv jarayonlari haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: til, milliy tafakkur, aloqa vositasi, so’z, tilshunoslik, tabiiy til, sun’iy til, kummunikatsiya, qaror, farmon.
Til – inson bilan uni o’rab turgan obektiv olam orasidagi oraliq olamdir. Tabiat – jamiyat – til uchligining eng muhim, eng zaruriy nuqtasi tildir. U muomala, so’zlashuv va aloqa vositasi bo’lish bilan birga millat qiyofasini belgilovchi bebaho ne’mat hamdir. Til qaysi xalqqa oidligidan qat’iy nazar shu xalq ma’naviyatining ustuni va asosi hisoblanadi.

Qadim o’zbek tilining qiyossiz zanginligi va ranginligini iddaosiz ko’rsata bilgan, uning adabiylik o’zanlaridagi harakatini intizomga keltirgan, benazir so’z sultoni Alisher Navoiyning “So’z ayladi insonni judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo’q ondin” degan hikmatida til ehtiyoji va mavjudligining boshqa hech bir narsa bilan solishtirib bo’lmaydigan zalvori va zaruriyati mutlaqo bir betakror tarzda o’z ifodasini topgan.

Shuning uchun ham necha ming yillardirkim, odam bolasi bu til degan sinoatning mag’zini chaqish uchun ming bitta ko’chaga bosh suqib chiqmoqda, izlanmoqda, o’rganmoqda. Lekin haligacha bu tilsim to’laligicha insonlarga o’z sirlarini bayon qilgan emas. Eng qadimgi davrlardan boshlab, dunyoning turli nuqtalarida til va unga daxldor bo’lgan hodisalarni turli darajada o’rganib kelinmoqda, lekin qayerlardadir bu tilsimlarni inson aqli ilg’agan, qayerlardadir ilg’amay qolgan. Masalan, qadimgi misrliklarning til haqidagi tasavvurlarini tadqiq etgan olim N. S. Petrovskiyning qayd etishicha, eramizdan oldingi ikkinchi ming yilliklarning o’rtalarida misrliklar tushunchasiga ko’ra “gapirmoq” ma’nosidagi nutq fe’li faqat ularning tilida mavjud bo’lgan, o’zga mamlakatlardagi boshqa til egalari esa “gapirmaganlar”, balki “g’o’ldiraganlar”. Qadimgi misrliklarning anglashlaricha, bu ularning og’zidagi tilning noto’g’ri joylashganligi bilan bog’liq bo’lgan. Misrliklar nutqni bevosita til (organ) yuzaga keltiradi deb hisoblaganlar va boshqa bir tilni o’rganish uchun shunchaki og’izdagi tilning holatini o’zgartirish, ya’ni aksincha holatga keltirish kerakligiga ishonganlar. Ko’rinib turganidek bu g’arib va g’aroyib tasavvurotdan boshqa narsa emas.

Ammo ta’kidlash lozimki, tilshunoslik tarixida tilni turli turli tomonlardan o’rganish maqsadi bilan shakllangan va anchayin jiddiy yutuqlarni qo’lga kiritgan psixologizm, sotsiologizm, naturalizm kabi bir qancha oqimlar mavjudki, bu oqimlar vakillari nrnihoya jo’p jihatli va ko’p qirrali bo’lgan tilning muayyan bir jihati va qirrasiga xos bo’lgan xususiyatlarni inkishof qilishga harakat qilib kelishyapti.

Aksar tilshunoslardax xususan o’zbek tilshunosligida ham ancha vaqt e’tiborda bo’lgan struktur yoki sistem-struktur tilshunoslik tilni immanent hodisa sifatida, ya’ni o’z ichki qonuniyatlari asosida egasidan ayro holda rivojlanadigan hodisa tarzida o’rgandi. Bu, tabiiyki, tilday murakkab va serqirra hodisaning mohiyatiga kirishga imkon bermadi. Shuning uchun ham struktural tilshunoslik o’z o’rnini antroposentrik tilshunoslikka bo’shatib berdi.

So’nggi o’n yilliklarda dunyo tilshunosligida kuzatilayotgani kabi o’zbek tilshunosligida ham tilga antroposentrik yondashuvning ustuvorlashib borayotganligi benihoya quvonarli holdir. Ushbu yo’nalishda til o’z egasidan ayro holda emas balki, egasi bilan birga, egasining surati va siyrati musallamlangan holda tadqiq etiladi. Bu esa tilning mohiyatini har tomonlama to’g’ri va xolis baholashga imkoniyat yaratib bermoqda.

Barchamizga ma’lumki, har qanday tabiiy til milliy-mental mohiyatga ega. Agar shunday mohiyatdan mosuvo bo’lsa, unda u tabiiy til emas, balki sun’iy (masalan, esperanto tili) tildir. Har qanday tabiiy til faqatgina kommunikativ (aloqa) vazifanigina bajarmay, balki milliy mentallik, etnomadaniy, etnosotsiologik, kognitiv, kreativ kabi xilma-xil vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarning harakati insonning milliy-ruhiy va aqliy-shuuriy sajiyasini tirik tutib turadi. Shuning uchun ham til millat mavjudligining, millat esa til mavjudligining zimnu zamiridir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon o’zbek tilining chuqur rivojlanishiga va xalq orasida yanada kengroq yoyilishiga turtki bo’ldi. Farmon tarkibiga kirgan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi” haqidagi modda juda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu departamentning vazifasi o’zbek tilini aholi qatlamiga keng yoyilishini ta’minlash va ko’zda tutilgan ma’lum bir ishlarni o’z ma’romiga yetkazib bajarishdan iborat edi. Aholi vakillari orasida ommalashib borayotgan jargonlar va varvarizmlarning oldini olish, aholini sof milliy til bo’lmish o’zbek tilida to’liq va ravon so’zlash ko’nikmalarini shakllantirish departamentning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan.

Hozirgi millat va xalq muammosiga aylangan ushbu muammo bilan nafaqat departament, balki biz ziyolilar ham kurash olib borishimiz kerak deb o’ylayman. Yoshlarimiz ongida o’z tiliga hurmat va sadoqat hislarini uyg’otish va ularni ushbu hislar bilan tarbiya qilish biz va, albatta, ota- onalarning bo’ynidagi katta mas’uliyatli burchlardan biridir. Ularning kundalik nutqidagi ba’zi bir o’zbek tiliga oid bo’lmagan so’zlarni(net, karochchi, tak chto, da, imenno, kakraz, otdushi) olib tashlash yoki cheklash, o’z ona tilini sevishi uchun ko’nikma hosil qilish va shu kabi qator vazoifalar buguyngi kunning dolzarb vazifalaridandir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 20-yanvarda “Mamlakatda Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora tadbirlari to’g’risida” gi 34-son qaroriga asosan respublikamizdagi barcha vazirlik, qo’mita hokimliklarida ma’naviy, ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha maslahatchi lavozimlari joriy etildi va ularga bir qancha vazifalar yuklandi.

Til va tafakkur tushunchalarini ham bir biridan ayro holarda tasavvur etib bo’lmaydi. Zero tafakkur bor ekan, til bordir. Lekin bularni barcha uchun birdek tegishli hodisa deb bo’lmaydi. To’g’ri, til hammada bor u hamma uchun xos va deyarli hech qanday farqli jihati yo’q (barcha tillar til foydalanuvchilarining axborotni yetkazishi uchun xizmat qiladi), lekin tafakkurga nisbatan bunday izoh keltirishimiz to’g’ri bo’lmadi. Chunki tafakkur har qanday til egalari uchun umimiy emas. shunday bo’lganda “milliy tafakkur” tushunchasi o’z mohiyatini tamoman yo’qotgan bo’lar edi. Dunyo tilshunosligida “Sepir- Uorf gipotezasi” nomini olgan nazariyaning ikkinchi muallifi B. L. Uorf “hind-yevropa tillarida gapiradigan barcha zamonaviy olimlar” va “ barcha olimlar” tushunchalari aynan teng emasligini ta’kidlab, quyidagicha izoh beradi: “zamonaiy xitoy yoki turk olimlarining yevropa olimlari kabi olamni tavsiflashi ularning butun g’arb tizimini to’lasiga o’zlariga olganligini anglatadi, ammo bu tizimni ularning o’zlari mutlaqo mustaqil tarzda, o’z kuzatuv postlaridan turib yaratganligini bildirmaydi”. Olimning “Agar Nyuton ingliz tilida emas, balki, masalan, hopi (hindu tillaridan biri) tilida gapirganda edi, uning koinot haqidagi konsepsiyasi butunlay boshqacha bo’lardi” kabi xulosalaridan shu narsa ma’lum bo’ladiki, turli xil tillarda so’zlashuvchilarning tafakkur etishi ham turlicha bo’ladi.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, til inson o’zligining ma’lum bir qismidir. Tilda xalqimizning asrlar silsilasidan, mustabidlik to’fonlaridan sabr-matonat bilan bosib o’tgan hayot yo’li, madaniyati, tarixi, saviyasi, aql-zakovati aks etadi, unga hurmat bilan muomala qilishimiz, o’zligimizni anglashimizga yordam beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 10-11-sonlar. 2019

  2. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 4-son. 2020

  3. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 6-son. 2020

  4. Til va adabiyot ta’limi jurnali. 8-son. 2020

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish