Mavzu: Sotsiologiyada gender muammosi Reja



Download 223,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.03.2022
Hajmi223,27 Kb.
#515451
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 mavzu buyicha ma`ruza



8
- Mavzu: Sotsiologiyada gender muammosi
Reja
1.Genderning ijtimoiy tavsifi 
2.Gender ‘sixologiyasi vujudga kelish tarixi 
3.Gender lingvistika muammolari 
4.Muloqot jarayonida genderning yuzaga chiqishi 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati 
va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot abadiyligiga asos bo‘lib keladi. 
Shu bois, ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat 
hisoblanadi. 
Ayniqsa, yurtimizda aziz ayollarning sog‘lom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga 
yetkazishdagi o‘rni va xizmatini munosib qadrlash, ularga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xotin-qizlarning ijtimoiy-
iqtisodiy sohalardagi o‘rni tobora ortib bormoqda. 
O‘tgan qisqa davr mobaynida xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, 
ularning jamiyat va davlat hayotida faol bo‘lishlarini rag‘batlantirish borasida ko‘‘lab amaliy 
ishlar qilindi. 
Ayniqsa, ‘rezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur 
yo‘nalishdagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi. 
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida 
jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi. 
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Senati yigirmanchi yal’i majlisida so‘zlagan nutqi xotin-qizlar 
masalasiga davlat siyosati darajasida qaratilayotgan e’tiborning yana bir yaqqol ifodasi bo‘ldi. 
Bu boradagi islohotlarga hamohang tarzda Senatda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari 
qo‘mitasining tashkil etilgani esa mazkur yo‘nalishda ‘arlamentning roli kuchayib borayotganidan 
dalolatdir. 
Qayd etish lozimki, yurtimizda xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat 
berilayotgani bir qator muhim omillar bilan bog‘liq. Xususan, mamlakatimiz aholisining qariyb 
yarmini xotin-qizlar tashkil etadi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy faol aholi tarkibida ayollar ulushi 
46 foizdan oshadi. Jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish kabi sohalarda 
mehnat qilayotgan xodimlarning har 10 nafaridan 7 nafari ayoldir. 
Biroq Oliy Majlis ‘alatalarida, xalq de’utatlari mahalliy Kengashlarida, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarida rahbarlik va vakillik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan xotin-
qizlarimiz kamchilikni tashkil etayotgani ham sir emas. 


Xalqaro hamjamiyatda keng foydalaniladigan “gender tenglik” tushunchasi – erkaklar hamda 
ayollar davlat va jamiyat hayotning barcha sohalari, 
jumladan
, boshqaruv, qarorlar qabul qilish va 
xavfsizlik sektorida tenglik asosida ishtirok eta olishini nazarda tutadi. 
To‘g‘ri, mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar tengligi mustahkam huquqiy asosga ega. 
Konstitutsiyamizda ularning teng huquqli ekanliklari kafolatlangan. Mehnat qonunchiligida ham 
gender tengligi belgilangan. 
Biroq shunga qaramasdan mehnat bozorida munosib o‘rin egallash uchun xotin-qizlarning 
imkoniyatlari amalda ayrim sohalarda chegaralangan. 
Savol tug‘iladi: qonunlarimizda xotin-qizlar va erkaklar tengligi mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa, 
shuning o‘zi yetarli emasmi? Shu o‘rinda jahon tajribasiga nazar solsak, nufuzli Jahon iqtisodiy 
forumi har yili jamiyatdagi gender tafovut haqida hisobot tayyorlaydi. Ushbu hisobot ayollar va 
erkaklarning siyosiy hayotdagi o‘rni, iqtisodiyotda, ta’lim olishda va tibbiy xizmatlardan 
foydalanishidagi mavjud tafovutlarni hisobga oladi. 
E’tibor bering, shu kunga qadar gender tafovut ko‘rsatkichlari keltirilgan 150 ga yaqin mamlakat 
ro‘yxatiga O‘zbekiston biror marta ham kiritilmagan. 
Birgina shu faktning o‘zi ham yuqoridagi savolimizga javoban bu boradagi ishlarimiz yetarli emas, 
deyishimizga asos bo‘ladi. 
Shu jihatdan 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar 
hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sobitqadam 
bo‘lish, aniq natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqish hamda qonunda belgilangan 
tamoyillar asosida muhim natijalarga erishishga zamin yaratdi. 
32 ta moddadan iborat ushbu qonunda “gender”, “gender statistikasi”, “gender-huquqiy 
eks’ertiza”, “jinsiy kamsitish” tushunchalari va turlari; mazkur yo‘nalishda vakolatli organlarning 
vazifalari va funksiyalari; davlat boshqaruvida ishtirok etishda, ishga qabul qilish yoki yollashda, 
kreditlar olishda va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha 
normalar; gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda javobgarlik 
masalalari aks ettirilgan. 
Qonunda erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlashning asosiy 
‘rinsi’lari belgilangan. 
Qonunda alohida modda bilan jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydigan holatlar ham batafsil 
ochib berilgan. 
E’tiborli jihati, qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy 
eks’ertizasini o‘tkazishga oid alohida norma belgilangan. Bu esa, bugungi kunda qonun hujjatlari 
va ularning loyihalari korru’siyaga qarshi eks’ertizadan o‘tkazib kelinayotgani kabi gender tenglik 
nuqtai nazaridan ham huquqiy eks’ertizadan o‘tkazilishiga asos bo‘ladi. 
Qonunning yana bir muhim jihati, unda gender statistikasini shakllantirish mexanizmi ochib 
berilgan. Davlat statistika organlari mazkur statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ularni doimiy 
yangilab 
borish 
uchun 
vakolatli 
organ 
etib 
belgilangan. 
Qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi 
Vazirlar Mahkamasi va Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasining, shuningdek, davlat 


organlarining vakolatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari ishtiroki belgilangan. 
Qonunda xotin-qizlar va erkaklarni ishga qabul qilishga oid normalar belgilangan bo‘lib, ularga 
ko‘ra davlat xizmatidagi bo‘sh lavozimlarni, shu jumladan, rahbar lavozimlarini egallash uchun 
tanlov e’lon qilinadi. Buning uchun davlat organlarida 
maxsus komissiyasi tuzilib
, nomzodlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni 
ta’minlash bo‘yicha ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgani ham qonunning 
muhim jihatlaridan biridir. 
Qonun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha 
shakllariga barham berish bo‘yicha konvensiyasi talablariga mos keladi. 
Milliy qonunchiligimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni 
kafolatlashga qaratilgan yaxlit qonunning mavjud emasligi uzoq yillardan beri xalqaro 
hamjamiyat, xususan, BMT tegishli tuzilmalarining keskin muhokamalariga, ta’bir joiz bo‘lsa, 
e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgan. 
Shu bois ham qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
qoida va tamoyillariga sodiqligini yana bir karra namoyon etib, dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va 
nufuzi yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qonun erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda 
imkoniyatlarni ta’minlashni tartibga solishda muhim qadam bo‘ldi. 

Download 223,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish