Iqtisodiyot nazariyasi fanidan oraliq nazorat.
Вариант №94
Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солишнинг мақсади.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. Ya'ni iqtisodiyotning eng muhimi masalasi bo’lgan cheklangan resurslardan unumli foydalanib cheklanmagan ehtiyojlarni qondirishning eng samarali yo'llarini topish hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishning yana bir muhim jihati bu - doimiy iqtisodiy o'sish, ishsizlik, inflatsiya kabi iqtisodiy kategoriyalarni muvozanatda saqlash. Lekin davlatning iqtisodiyotga aralashuvi haddan tashqari ortib ketishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 1-marta ingliz iqtisodchisi Adam Smit tomonidan “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” kitobida aytib o’tilgan. Unda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi doim salbiy yakun topishi, iqtisodiyot o’zini o’zi bozor qonunlaridan, talab va taklif muvozanati (ko‘rinmas qo’l) orqali tartibga solishi ta'kidlangan. Lekin bu g'oyalar 1929-1933-yillardagi Amerikada yuz bergan iqtisodiy inqiroz paytida o’z dolzarbligini yo'qotdi. Ishlab chiqarishning sinishi va ishsizlikning keskin oshishi sababli bu nazariyaga e'tirozlar kuchaydi.
Keyinchalik Jon Meynard Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini topdi. Keyns o‘zining kitobida davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalardan bozor iqtisodiyoti amalda ustun boʻlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandliki ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish (maqbullashtirish)ni rag‘batlantirish tan olindi.
Davlat iqtisodiyotini tartibga solishning monetaristik nazariyasi - bu davlatning iqtisodiy boshqaruvining iqtisodiy nazariyasi va amaliy konsepsiyasi bo'lib, unga ko'ra muomaladagi pul miqdori va pul bilan tovar o'rtasidagi munosabatlarga hal qiluvchi rol beriladi. Iqtisodiyotga ta'sir qilishning asosiy usuli emissiyalarni tartibga solish, milliy valyuta kursini, kredit bo’yicha foizlar, soliq stavkasi, bojxona tariflari.
Ushbu nazariyaning shakllanishida Milton Fridman eng katta rolni o'ynagan. Fridman tomonidan taklif etilgan pul tahlillari va iqtisodiy siyosat juda yuqori baholanadi. Bu nazariyaning asosini qayta moliyalash foizi orqali jamiyatdagi inflatsiya, tovarlar hajmi va ishsizlik kabi kategoriyalarni tartibga solish tashkil etadi.
Жаҳон хўжалигининг ташкил топиши, босқичлари ва асосий белгилари.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim oʻziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xoʻjalik mintaqalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning oʻsib borishi hisoblanadi. Jahon xoʻjaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Ye.F.Borisov jahon xoʻjaligi shakllanishining toʻrtta bosqichini ajratib koʻrsatadi: Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab oʻsha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari oʻrtasida paydo boʻlgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar oʻrtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga toʻgʻri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning koʻproq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xoʻjaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qoʻyishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo boʻldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga toʻgʻri kelib, bu davrda jahon xoʻjaligi tizimi shakllandi. Toʻrtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, yaʼni koʻplab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod boʻlishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy oʻzgarishlarning yangi tendensiyalari paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat: - iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; - ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; - jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; - jahon xoʻjaligi aloqalari majmuining rivojlanishi. «Jahon xoʻjaligi», «butunjahon xoʻjaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir xil maʼnoni anglatib, baʼzi manbalarda ularning keng va tor maʼnolari farqlanadi. Keng maʼnosi ga koʻra, jahon xoʻjaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yigʻindisidir. Tor maʼnosiga koʻra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan oʻzaro aloqada boʻlgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no oʻrtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda. Demak, jahon xoʻjaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli mamlakatlar xoʻjaliklari umumiy tizimidir. Jahon xoʻjaligi subyektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: - oʻz ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; - transmilliy korporasiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xoʻjalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.
Халқаро савдо тўғрисидаги турли хил назариялар.
Xalqaro savdo dunyo bo’yicha mamlakatlarda turli xil tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari ayirboshlanishi natijasida yuzaga keladigan xalqaro munosabatlar tizimi hisoblanadi. Xalqaro savdo bo’yicha turli xil nazariyalar mavjud.
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qoʻyadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi toʻgʻrisidagi oʻz qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga koʻra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol oʻynashini koʻrsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki koʻrinishdagi ustunlikka: 1) tabiiy, yaʼni iqlim sharoitining qulayligi, baʼzi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, yaʼni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini taʼkidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot oʻz sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada boʻladi. Shunga koʻra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning baʼzilarini ustunlikka ega boʻlgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning oʻzi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi. A.Smit nazariyasi boʻyicha har bir mamlakat oʻzida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, yaʼni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan koʻp sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo oʻzaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham oʻzaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga oʻtish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Mazkur nazariyaga koʻra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qoʻshimcha ustunlikka ega boʻlishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish boʻyicha mutlaq ustunlikka ega boʻlishi, yaʼni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past boʻlishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat oʻzida qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar oʻzaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko‘rinishida olinadi; 3) mamlakatlar oʻrtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari eʼtiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi. Masalan, O'zbekiston va Qozog’iston mamlakatlarida paxta va bug'doy ishlab chiqariladi. O'zbekistonga paxta yetishtirish 100 so'mga, bug’doy yetishtirish 120 so'mga tushadi. Qozog’istonda esa paxta yetishtirish 90 so'mga, bug'doy yetishtirish 80 so'mga tushadi. Agar ikki davlatlar o'zaro savdoni yo'lga qo'ysa, bunda ikkala davlat uchun ham foyda bo’ladi. Ya'ni Qozog’istonda ikkala tarmoqda ham tannarx arzon, lekin bug’doy nisbiy ustunlikka ega. Shu sababdan Qozog’iston bor e’tiborini va resurslarini bug’doy yetishtirish uchun sarflaydi va iste’moldan ortiqchasini O'zbekistonga eksport qiladi va 40 so'mdan foyda oladi. O’zbekiston esa barcha resursni paxta yetishtirishga qaratadi va iste’moldan ortiqchasini Qozog’istonga eksport qiladi. Paxta yetishtirish evaziga katta daromad olmasa ham, arzon bug'doyni import qilish evaziga real daromadlarini oshiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelʼson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo‘nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi toʻgʻrisidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelʼson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Maʼlumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada taʼminlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan boʻlsa, bu mamlakatda shunday omil sigʻimi katta boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi. 1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontʼevning maqolasi eʼlon qilinib, unda oʻsha davrda kapital ortiqchaligiga ega boʻlgan mamlakat hisoblanuvchi AQSh eksporti va importida mehnat va kapital toʻliq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tekshirishga urinib ko‘rilgan. Bunda AQSh kapital sigʻimi yuqori boʻlgan tovarlarni eksport qilib, mehnat sigʻimi yuqori boʻlgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari boʻlib chiqib, Leontʼev paradoksi degan nom oldi. Maʼlum boʻldiki, AQShdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga taʼsir koʻrsatmaydi. AQSh koʻproq mehnat sigʻimi yuqori, kapital sigʻimi esa past boʻlgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Leontʼev Amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bogʻliqligini taʼkidlab, bu yerdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini koʻrsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo boʻlishiga olib keldi. Ishchi kuchi malakasi modeliga koʻra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki toʻrtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega boʻlgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining nisbatan koʻpligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining koʻpligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |