458
tadrijiylikning mavjudligi bilan izohlaydi. Tadrijiylik, ya‘ni tabiat evolyusiyasi
bosqichlarini SHelling qutblilikda keskinlikning pasayishi mahsuli sifatida
tushuntiradi. U jonli organizmlar noorganik shakllardan vujudga keladi, hayot esa
modda sintezi va parchalanishining birligidir, deb hisoblagan.
SHelling o‗z naturfalsafasining ta‘riflangan muhim tamoyillari – tabiatning
dialektik birligi, rivojlanishi va umumiy ikki taraflamaligini insonning tabiatni
tushunishiga nisbatan tatbiq etadi. Fixtega ergashib
SHelling ham bilishning
rivojlanishini bilishning nazariy bosqichlaridan amaliy bosqichlar sari harakat
sifatida tahlil qiladi. Ongning shakllanish asosini SHelling insonning dunyoga
nisbatan harakatlari bilan bog‗laydi. O‗zlikni anglash tadrijiylik, ya‘ni mushohada
yuritishning quyi shakllari - sezish, idrok etishdan tasavvur qilish va refleksiyaga
o‗tish sifatida shakllanadi. Nima uchun aynan faoliyat, ong va bilishning
rivojlanish manbai hisoblanadi? – SHelling quyidagicha mulohaza yuritadi: amaliy
faoliyatda inson o‗zining ma‘naviy qobiliyatlarini moddiylashtiradi (ob‘ektga
aylantiradi), ular inson o‗zgartirgan tabiat predmetlarida yashashda davom etadi.
SHunday qilib, inson faoliyati natijasida tabiat sof tabiatga va inson tomonidan
o‗zgartirilgan tabiatga ajraladi. Insonning muhim xususiyatlari moddiylashgan ayni
shu o‗zgartirilgan tabiat inson ongi va o‗zligi rivojlanishiga ko‗maklashadi. Ammo
individlarning o‗zaro aloqai, ularning muloqoti insonga
bundan ham kuchliroq
ta‘sir ko‗rsatadi. Umuman olganda F.SHelling Gegel dialektikasining aksariyat
g‗oyalarini undan oldinroq ilgari suradi va ko‗p jihatdan undan o‗zib ketadi,
chunki Gegel tabiatda rivojlanishning mavjudligini rad etadi, SHelling esa,
aksincha, nafaqat inson ruhi, balki tabiat rivojlanishining umumiy tamoyillarini
ham ta‘riflab berdi, tabiatning tadrijiy rivojlanish jarayoni ong shakllanishi bilan
nihoyasiga etishini qayd etdi. SHelling g‗oyalari Gegel falsafasida o‗zining
mukammal ifodasini topdi.
Ma‘lumki,
G.Gegel
dialektika falsafasining eng kuchli tomoni hisoblanadi.
U dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida
dunyo mutlaq ruhning o‗z-o‗zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo‗ladi.
Mutlaq
ruh bir vaqtning o‗zida ham substansiya (borliq asosi), ham sub‘ekt, ya‘ni o‗z
rivojlanishi va bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy
tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g‗oyasiga muvofiq mutlaq
g‗oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o‗tadi: sof borliq (tezis), yo‗qlik
(antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo‗q bo‗lish sifatida, shakllanish
(sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g‗oyasi Gegel falsafasini to‗la qamrab
oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir
kichik hujayrasi ham uch qismga bo‗linadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh
falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos
keladigan sof aql sohasi
sifatida ta‘riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq;
- mohiyat;
- tushuncha.
Mantiqning birinchi qismida Gegel borliq tushunchasini tavsiflovchi
kategoriyalar: sifat, miqdor, me‟yorga ta‟rif beradi.
Sifatni Gegel «borliq bilan
ayniy bo‗lgan bevosita muayyanlik» deb ta‘riflaydi. Ayni shu sababli predmet o‗z
459
sifatini yo‗qotar ekan, o‗zining avvalgi mohiyatini ham yo‗qotadi
1
. Miqdor
sifatning inkoridir: «Miqdor sof borliq bo‗lib, unda muayyanlik borliq bilan ayniy
emas, balki yo‗qolgan yoki befarq tus oladi»
2
. Me‘yor – predmet borlig‗ining
chegarasi; miqdor o‗zgarishlarining shunday bir chegarasiki, bunda predmet
o‗zining aniq sifatini yo‗qotmaydi. Miqdor o‗zgarishlari me‘yori chegarasidan
o‗tar ekan, predmet yangi sifat holatiga o‗tadi.
Gegel dialektikasida mohiyat haqidagi ta‟limot – bu harakatlantiruvchi kuch
haqidagi ta‟limotdir.
Mohiyat ichki ziddiyat, qarama-qarshiliklarning ayniyligi
demakdir. Ayniyatni Gegel tafovutni o‗z ichiga oluvchi
nisbiy ayniyat sifatida
tushunadi. Gegel ayniyatning matematik tipdagi (A
A qabilidagi) formal-mantiqiy
talqinini tanqid tig‗i ostiga oladi. Ayniyat haqidagi ta‘limotda Gegel ayniyat,
tafovut, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar kabi tushunchalarga ta‘rif beradi. Gegel
mohiyatni u yoki bu darajada tavsiflovchi ayrim boshqa kategoriyalar, chunonchi:
asos, hodisa, mavjudlik, namoyon bo‗lish, munosabat, borliq, substansiyalilik,
kauzallik, o‗zaro aloqani ham ko‗rib chiqadi. Gegel mohiyat refleksiya sifatida
ham, ob‘ektivlik omili sifatida ham tavsiflanishi mumkinligini qayd etadi. Mohiyat
hodisadan
ayri holda mavjud narsa emas, hodisa esa mohiyatni yashiruvchi narsa
emas, u mohiyat bilan uzviydir. Mohiyat hodisada qanday namoyon bo‗lishini va
hodisa mohiyatni qanday ifodalashini ko‗rish lozim. Mohiyat ko‗rinish (ro‗yo) va
namoyon bo‗lishga ajratish mumkin bo‗lgan hodisaning tomoni hisoblanadi.
Ammo ro‗yo ham hodisani nafaqat niqoblaydi, balki uni namoyon etadi.
Tushuncha haqidagi ta‘limotda Gegel ob‘ektiv tushunchani farqlaydi (u
narsalarning o‗zida yashaydi, uning mavjudligi tufayli narsalar mohiyat kasb etadi,
narsani anglash uning tushunchasini anglash demakdir. Sub‘ektiv tushuncha
bizning borliqni bilish usulimiz sifatida ta‘riflanadi. Umuman olganda Gegel
mantig‗ida tushunchalar (kategoriyalar)ning rivojlanuvchi tizimi o‗z ifodasini
topadi. Uning fikricha, tushunchalar dialektikasi narsalar dialektikasini belgilaydi.
Har bir kategoriya muayyan mazmunga ega bo‗ladi va inkorni-inkor tamoyiliga
ko‗ra hal qilinadigan o‗z qarama-qarshiligining mavjudligini nazarda tutadi.
Natijada yanada umumiyroq tushunchalar tizimi vujudga keladi.
Bilish nazariyasida Gegel o‗zining tafakkur va borliqning ayniyligi haqidagi
g‗oyasini asoslashga harakat qiladi. U narsalar haqidagi fikr va narsalarning o‗zi
mos kelishini, ammo bu ayniyat tafovutni ham o‗z ichiga olishini qayd etadi. Bilish
rivojlanishining umumiy tamoyili – mavhumdan muayyanga yuksalishdir. Bilish
jarayonida Gegel uch asosiy bosqich: hissiy aniqlik, idrok va aqlni farqlaydi.
Hissiy aniqlik anglashning to‗g‗riligiga, ya‘ni bizning sezgilarimiz narsaning yaxlit
obrazini
qayd
etayotgani
va
unda
hech
narsani
e‘tibordan
chetda
qoldirmayotganiga ishonch uyg‗otadi. Idrok predmetni o‗z xossalariga ega bo‗lgan
narsa sifatida tushunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni,
mohiyatini topishga harakat qiladi. Borliq va tafakkurning ayniyligi g‗oyasi
Gegelni Aristotel mantig‗i amalda to‗qnash kelgan ziddiyatga qaytaradi: agar
borliq ichdan ziddiyatli bo‗lsa, o‗z-o‗ziga qarshi bormasdan fikrlash mumkin
emas. Gegel mazkur ziddiyatni istisno etilgan uchinchi formal-mantiqiy
1
Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Энциклопедия философских наук. Т. 1. – М.:Прогресс, 1974. – С.228
2
Гегель Г.В.Ф. Соч. Т. 1. – М.: 1999. – С.170.
460
qonunining yanglishligi haqidagi fikr yordamida echishga harakat qiladi. U
ziddiyatlarni fikrlash mumkin emas, deb o‗ylash xato ekanligini qayd etadi. Gegel
uchun ziddiyatlar – harakat manbai, fikr qarama-qarshiligi – fikrning harakat
manbaidir.
Gegel bilish ziddiyatlari va ob‟ektiv ziddiyatlarni farqlaydi.
SHu tariqa
u dialektik qarama-qarshilikni asossiz ravishda formal-mantiqiy qarama-qarshilik
bilan almashtiradi.
Gegel o‗z naturfalsafasida o‗zi yashagan davrning muayyan bo‗lgan ilmiy
tasavvurlarini bayon etadi. U tabiatni mutlaq ruhning o‗zgacha borlig‗i sifatida
tavsiflaydi va uning vazifasi o‗z falsafasining uchinchi qismi –
ruh falsafasida
amalga oshadigan sintezga zamin yaratishdan iborat ekanligini qayd etadi. Gegel
ta‘riflab bergan tabiatni o‗rganishning asosiy tamoyillari hozirgi kunda ham o‗z
ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. Bular: antireduksionizm, tabiatni o‗rganishga
nisbatan yaxlit yondashuv, tabiat asosiy sohalari: mexanika, fizika, organikaning
o‗ziga xos xususiyati kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: