Shamol bilan turli tezlikda ko'chuvchi zarralarning o'lchamini aniqlash jadvali.
Shamol tezligi m/sek
|
Ko'chuvchi zarralarning diametri, mm
|
Shamol tezligi m/sek
|
Ko'chuvchi zarralar diametri, mm
|
0,5
|
0,04
|
7,0
|
0,57
|
1,0
|
0,08
|
8,0
|
0,65
|
2,0
|
0,16
|
9,0
|
0,73
|
3,0
|
0,25
|
10,0
|
0,81
|
4,0
|
0,33
|
11,0
|
0,89
|
5,0
|
0,41
|
12,0
|
0,97
|
6,0
|
0,44
|
13,0
|
1,05
|
Eng qisqa vaqt ichida ham shamolning tezligi katta oraliqda o'zgaradi (1 minutda 10 – 15 sek dan ), 50m/sekga ham etishi mumkin (kuchli bo'ronda).
Er ustida shamolning tezligi 0,5 – 10 m/sekga teng shamol yordamida ko'chuvchi zarralaning o'lchami 20 mm dan oshmaydi bu esa suv oqimi bilan ko'chuvchi zarralar o'lchamidan ancha past.
Shunga qaramay shamol orqali ko'chadigan materiallar xajmi ancha yuqori. Masalan oxirgi 2006 yil mobaynida Nil daryosi deltasidan shamol 2,5 metrli qatlamni ko'chirib kelgan. 1928 yil SNG janubda dovul 12 sm qalinlikdagi tuproqni ko'chirib olib ketgan. Qumli dovul vaqtida Atlantik okeanga Buxoro cho'lidan katta miqdordagi cho'kindi material keltirilgan. Cho'kindi materialning shamol ta'sirida ko'chish oralig'i, avvalo zarralrning o'lchami, shamol kuchining tezligi va yo'nalishi bilan aniqlanadi.
Pelitli zarralar er shari bo'ylab aylanib yursa, alevritli materiallar muallaq holatda ming kilometrgacha ko'chishi mumkin. Bundan tashqari qum muallaq xolatda yumalab ko'chadi. Agar shamolning yo'nalishi doimiy o'zgarib tursa cho'kindi material bu erda uzoq muddat turadi.
Bu xolat avvalo qumli Frantsiya uchun xos shamol to'xtashi eng yirik zarralarni cho'kishiga sabab bo'lsa maydalari esa yo'lini davom ettiradi. Shamol ta'sirida ko'chgan cho'kindi material quruqlik va okeanlarda cho'kadi. Oxirgi xolatda ular o'ta chuqur suvli cho'kindilarning asosiy komponenti xisoblanadi.
Ta'kidlash lozimki pelid va alevritli zarralar asosan muallaq holatda, qum esa surilib, yirikroq zarralar asosan yumalab ko'chadi.
Muz katta ko'chuvchi ishni bajaradi. Muzlar qit'a va dengiz turlariga bo'linadi. Xozirgi qit'a muzlari kenglik va orollarda (Grenlandiya, Viktoriya, yangi er va boshqa orollar ), Antraktidada hamda kontinentning boshqa yuqori qoldig'i rayonlarda (Tyan' – Shan, Pomir, Kordilera, Alp va er yuzini 120 m qalinlikda qoplash uchun etarlidir).
Er yuzida eng qadimgi muzlik bundan 2,3 mlon yil ilgari bo'lgan. Dengiz mulari xozirgi davrda katta suv satxini qoplagan – 26 mln km2 (A.S.Monin, Yu.A.Shishkov, 1979 yil).
Qit'a muzlari pastga qarab (Toshlojasiga) pasayish xususiyatiga ega. Ularning harakati bir qator omillarga (lojaning qiyaligi, muzning qalinligi va xokazo) bog'liq bo'lib 5 m/sutkagacha ayrim hollarda 30 – 40 m/sutkagacha etadi. Muz ko'chish natijasida o'zi bilan turli o'lchamdagi – pelit zarralardan yirik zarralargacha olib ketadi. Natijada muz erib Saralanmagan, silliqlanmagan bo'laklar qoladi. Ular erigan suvlar bilan ko'chadi yoki yig'ilib morenalarni xosil qiladi.
Muzning o'lchami, ko'chish tezligiga ko'ra, cho'kindi materialning ko'chish masofasi va xajmi turlichadir. Shunga ko'ra morenalarning uzunligi 10 va 100 kilometr, qalinligi esa bir necha metrdan 10 – 15 metrgachadir. Qit'a va orollardan dengizga surilkvchi muzliklar (aysberglar) o'zi bilan turli cho'kindi materiallarni ko'chirib dengiz va okean tubida ko'chadi. Natijada yirik jins bo'laklari okeanlarda yupqa zarrali cho'kindilar orasida uchrashi mumkin. Kuchli shamol va to'fonlarda muz sinadi va qirg'oqdan uzoqlashadi. Natijada muz erishi bilan qirg'oqdan uzoqroqda cho'kindining qayta yotqizilishi kuzatiladi. Dengiz muzlarining maydoni Shimoliy yarimsharda mavsumga binoan 150 mln km2 dan 8,4 mln.km2 gacha o'zgaradi, soxil muzlari esa erib ketadi. Og'irlik kuchi ta'siri cho'kindi materialining ko'chishida katta axamiyatga ega. Bu kuch cho'kindi materialining suv, shamol, muz bilan ko'chishida aloxida o'rin egallaydi. Og'irlik kuchi bo'lmaganda cho'kindi materiallar uzoq vaqt sayr qilib cho'kindiga aylanmagan bo'lar edi. Og'irlik kuchi tog'li rayonlarda ayniqsa er qimirlash davrida (tog'jinsining maydalanib ketishi) asosiy cho'kindi materialni ko'chiruvchi omildir.
Masalan 1989 yil Vernen er qimirlashi (olma – ota shaxri) 2000 – 1000 m balandlikdan 450 mln m3 miqdorda cho'kindi material ko'chgan. Bunday hollarni ko'plab uchratish mumkin. Og'irlik kuchi ta'sirini dengiz va okeanlar misolida ham ko'rish mumkin. Loyqa oqimning paydo bo'lishi u bilan bog'liq. Masalan er qimirlash vaqtida dengiz va okeanlardagi balchiqli cho'kindi loyqa suspenziya xosil qiladi. Uning zichligi suvga qaraganda yuqori.suv xavzasi tubining qiyaligi bo'lgan erda bunday suspenziya pastga qarab xarakatlanib o'zi bilan yangi cho'kindi materialni ko'chiradi. Bunday loyqa oqimning ko'chish tezligi bir necha o'n kilometrga etadi. Bunday oqim bilan ko'chgan materialning (asosan qum, alevrit, pelit) xajmi katta, ya'ni undan xosil bo'lgan cho'kindinig qalinliga 4 – 6 m ga etadi. Cho'kindini yig'ilishi dengiz va okuan tubining chuqurroq erida ro'y beradi. Og'irlik kuchi ta'sirida so'kindi materialining ko'chishi, o'pirilishi va to'kilma bilan bog'liq. O'simlik va jonivorlarning cho'kindi materiallarining ko'chishida axamiyat katta. Bunga misol o'simlik ildizlarida qolib ketgan mineral bo'laklarini o'simlik bilan birga uzoq masofaga ko'chirishdir. O'simlik yordamisiz bu mineral bo'laklari suv xavzalari tubiga tez cho'kkan bo'lar edi. Yuqorida eslatib o'tilgan kuchlarning turli geografik shartida cho'kindi materiallarni ko'chirishi turlicha. Nam iqlimi o'simlikka boy rayonlarda (tekislik va tog'larda) cho'kindi materiallar asosan suv oqimi bilan ko'chadi. Cho'l, quruq iqlimi viloyatlardi ko'chish shamol ta'sirida bo'ladi. Baland tog'li va polyar viloyatlarda materiallarning asosiy qismi oqim va to'lqin ta'sirida ko'chadi. Tektonik aktiv viloyatlarda cho'kindi materiallarining ko'chishi turbid oqimi bilan bog'liq.
Ko'chish jarayonida mustaxkam jins bo'laklari va minerallar (kvars dala shpati, xaltsedon va boshqalar) shliflanadi, silliqlanadi
Yirik bo'laklar asosan tez silliqlanadi, uzoqroq masofaga ko'chganda esa ularning o'lchami kamayadi. Mexanik bo'shroq bo'laklar (slaneslar, slyudalar) ko'chish jarayonida maydalanib pelitsimon (tuproqsimon) xolatga o'tib bazida butunlay emirilab (kallsit, dolomit, gips va boshqalar) ketadi.
Er usti sharoitida kimyoviy chidamsiz birikmalar (piroksenlar, asosiy plagiklazlar, organik moddalar va boshqalar) ko'chish jarayonida bo'linib ketadi yoki eriydi.
Turli fizik geografik sharoitli geogogik qadim zamonda cho'kindi materialning cho'kishida ayrim kuchlarning ro'li xozirgi dardan farq qilgan. Masalan er ustida o'simlik bo'lmagan kembriygacha bo'lgan davr cho'kindi material ta'sirida shamol ta'sirida ko'chgan.
To'rtlamchi davrning ayrim bosqichida, boshqa davrlardagidek muzning ko'chuvchi faoliyati ortgan. Xozirgi darda esa u ikkilamchi axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |