Tayanch so'z va iboralar Gipergeniz, metagenez, gidratlanish, gidroliz, oksidlanish,
tiklanish kation almashinish, erish.
Nazorat savollari:
1. Gipergeniz va metagenez jarayoni xaqida tushuncha.
2. Gidratlanish, gidroliz jarayonlari qanday.
3. Oksidlanish nima.
9-mavzu. Fasiya haqida tushuncha va uning tasnifi
Reja:
1. Dengiz fasiyasi.
2. Kontinental fasiya.
3.Laguna.
Geologik adabiyotlarda “fasiya” suzi geologiya termini bilan bir vaktda paydo bulgan. Geologik adabiyotlarda umumiy qilingan fasiya tushunchasi yo'q. Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq turli ta'riflar mavjud. “Fasiya” tushunchasi dastlab 1610 yil Daniya olimi N.Steno ishlarida ko'rilgan. Fasiya so'zi lotincha facies (ko'rinish, qIyofa) so'zi dan kelib chiQQan.
Cho'kindi fasiyasi tushunchasi ko'pchilik olimlar tomonidan (N.B.Vassoevich, Yu.V.Jemchujnikov, D.V.Nalivkin, G.F.Krasheninikov, L.B.Ruxin, N.M.Straxov, N.V.Logvinenko, B.P.Jijchenko va boshkalar) ko'rib chiqilgan. Shu masala yuzasidan ular ikki guruxga bo'linadi. Bir gurux, olimlar fikricha fasiya ma'lum maydonda bir xil sharoitda hosil bo'lgan, qo'shni maydonda ham shu sharoitda hosil bo'lgan, cho'kindi jinslarning tarkibi jixatidan bir biridan Farqiga aytiladi.
Ikkinchi gurux olimlar fikricha fasiya deb cho'kindi hosil bo'lgan fizik-geografik sharoit tushuniladi.
Shunday kilib fasiya deb geologik vaqtning bir bo'lagida bir maydonda hosil bulgan, tarkibi fizik - geografik sharoiti bo'yicha, qo'shni maydonda shu stratigrafik oralikda hosil bo'lgan yotkiziqlarning farkiga aytiladi.
Hozirgi va kadimiy fasiyalar fizik - geografik hosil bo'lish sharoitiga ko'ra uch guruxga bo'linadi kontinental, dengiz, Laguna.
Kontinental fasiya
Xozirgi vaqtda quruqlik, ya'ni dengiz bilan qoplanmagan kontinent er shari umumiy maydonining 29,2 %ni, shu bilan bir vaktda deltalar, Laguna, shelf dengizlari 8 %ni tashkil kiladi. Kontinental fasiyasi boshka fasiyalardan (dengiz, Laguna) xosil bulish sharoitining bekarorligi bilan fark, kiladi. Ularning yig'ilishi bevosita quruqlikda, Daryo soyliklarida, kul tubida, muzliklar tarqalgan mintaqalarda bo'ladi. Havo, suv, muz kontinental yotkiziklarining yigilishida aktiv ishtirok etadi. Buni yotqiziqlarning turliligi va tez o'zgaruvchanligi izoxlaydi. Kontinental yotqiziqlarining yig'ilishi ko'pincha ona jins emirilish oblastining yaqinida ro'y beradi. Nurash maxsulotining ko'chishi kichik masofada bo'ladi, shuning uchun chaqiq kontinental yotqiziqlari orasida dag'al bulakli yomon saralangan turlari uchraydi. Kontinental fasiyasi ichida chaqiq, va gilli yotqiziqlar ustun, ba'zan karbonat, tuzli yotqiziqlar xamuchraydi.
Ko'pchilik kontinental cho'kindilari kislorodning erkin ta'sirida x,osil buladi. Shuning uchun x,am ular ichida k,izil rang kup uchraydi. Gilli yotkiziklar ichida jins x,osil kiluvchi mineral kaolinit fakqat kontinental qalin ut qatlamida uchraydi. Kontinental yotkiziklari kuyidagi fasiyalarga bulinadi: elyuvial, kolyuvial - delyuvial-prolyuvial, alyuvial, limnik, muzli va saxro fasiyalari.
Elyuvial fasiyaning asosiy xususiyatlaridan biri ularning ona jins emirilish joyida yotishidir. Elyuviyning tarkibi doimiy emas. Fizik kurash jaraenida u kup yoki kam uzgaruvchan tub jins bulaklaridan iborat. Elyuviyning mineralogik tarkibi kuIIDagicha: kvars, kaolinit, erkin giltuprok,, temir oksidi, marganes. Elyuviyda organik qoldiqlar va qat-qatlik yo'q,. Elyuviyning qalinligi nurash pusti kesmasining tarqalish to'laligi, tektonik rejim va satxga boG'liq;. Elyuvial fasiyaning qalinligi birdan bir necha o'n metrgacha o'zgaradi. Nurash pusti qazilmalarining borligi cho'kindi YiG'ilishning kontinental sharoitidaligini ko'rsatadi, ularni mufassal urganishesa> iqlim,tektonik sharoiti, satx, va asosiy geoximik jarayonlarni tiklashga yordam beradi. Qadimiy elyuviynurash po'sti ko'rinishida kembriygachayotqiziqlaridayok; uchragan. Kareliyada proterozoygacha bo'lgan metomorfik xozirgi kurash pusti ta'riflangan. Devon yotqiziqlarida (Shimoliy Ural, Sharkiy Sayan), mezozoyda (Ural, QozoG'iston, G'arbiy Sibir, Ukraina, Urta Osiyo), paleogen va miosenda (Ukraina, Janubiy Ural, QozoG'iston, Sibir) nurash po'sti keng rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |