Neft va gaz konlari geologiyasi



Download 2,65 Mb.
bet1/31
Sana10.06.2022
Hajmi2,65 Mb.
#653143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЛЕКЦИЯЛАР


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI



"NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI" KAFEDRASI

NEFTGAZLI KOMPLEKSLAR:


LITOLOGIYA VA TABIIY SAQLagichlar"
Fanidan


  1. ma'ruzalar matni


5311700 - "foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi"
(neft va gaz konlari) ta'lim yo'nalishi uchun


Toshkent – 2022


1-mavzu. Kirish.Litologiya haqida tushuncha


Reja:

  1. Kirish.

  2. Litologiya haqida tushuncha.

Litologiya – geologik izlanishlar davrining birdan birmuhim fanlaridan hisoblanadi. U geologik tadqiqotning turli jabhalarida keng qo'llaniladi. Neft-gaz geologiyasida bu - tabiiy saqlagichlar litologiyasi, neft-gaz kon litologiyasi, litologik-fasial tahlil va boshqalar.


XX asr boshida litologiya umumiy petrografiyadan ajralib chiqqan. Uning tarkibida umumiy litologiya, cho'kindi tog'jinsi petrografiyasi. Cho'kindi tog'jinsini o'rganish usullari ajratiladi.
Hozirgi vaqtda litologik yo'nalish uch bosqichdan iborat:
- Bosqichli yoki bosqichli litologik yo'nalish – cho'kindi tog'jinsining tarixini, ya'ni cho'kindi materialning hosil bo'lishidan uning ko'chishi, yotqizilishi va cho'kindi tog'jinsiga aylanishigacha hamda gipergenez va metomorfizm jarayonida tog'jinsining yo'qolib ketishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
- Sedimetasion yoki hosil bo'lish yo'nalishi – cho'kindi yotqizilishi vaziyati, mexanizmi, omillarini o'z ichiga oladi.
- Qadimiy litologik yo'nalishi er tarixida cho'kindi jins hosil bo'lishi davriyligini hamda evolyusiyani o'rganadi.
Litologiya – tog'jinsi hakidagi fan bo'lib (litos-tosh, Logos-o'rganish) XІX asrdan boshlab fanga kirib keldi. Ayrim olimlar "litologiya" terminiga qarshi chiqib, bu cho'kindi tog'jinsining petrografiyasi deb tan oldilar. Boshqalar esa (akad.A.N.Zavaris-kiy) litologiya tor ma'nodagi petrografiya bo'lmay, qadimiy geologik davrda tog'jinsining fizik-geografik hosil bo'lish sharoitini ko'rsatuvchi geologik fan deb qarashadi.
Hozirgi vaqtdacho'kindi tog'jinsini o'rganish ikki yo'nalishdan iborat. Bulardan bir guruh olimlar fikricha cho'kindi tog'jinsi geoximik – boshqalar fikricha geologik mahsulotdir. Birinchi holatda petrografiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lsa, ikkinchisida esa asosiy o'rinni cho'kindi tog'jinsini geologik o'rganish o'taydi. Cho'kindi tog'jinsini o'rganish uch bosqichdan iborat.
Litologiya birinchi navbatda cho'kindi tog'jinsini tarkibini o'rganadi. Ikkinchi bosqichda cho'kindi tog'jinsining fasiyasi, ya'ni qadimgi cho'kindi turlarining hosil bo'lishini o'rganadi. Oxirida fasiyalar kompleksi ya'ni cho'kindi jinslar formasiyasini o'rganadi. Cho'kindi tog'jinslarining birinchi tadqiqotchilaridan biri ulug'rus olimi M.V.Lomonosovdir. U birinchilardan bo'lib, bir qator tog'jinslarining, jumladan neft, ko'mirlarning hosil bo'lishini lmiy asoslab berdi.
Keyinchalik N.A.Golovkinskiy (1867y.) I.Valterning (1894 y) fasial tahlil sohasidagi D.S.Nyuriberrining (1872 y.) cho'kidni hosil bo'lishidagi davriylik haqidagi ishi paydo bo'ldi. XІX asr oxirida litologiya muammolari bo'yicha N.A.Andrusov, A.P.Karpinskiy, frantsuz olimi Kaye samarali ish olib borilshdi.
Cho'kinda tog'jinsi haqidagi fanning rivojlanishida V.I.Vernadskiyning (1863-1945) ishlari katta ahamiyatga ega.U ko'pchilik jinslarning hosil bo'lishida organik dunyoning ahamiyati kattaligini isbotladi. I.M.Gubkin (1871-1939) cho'ukindi tog'jinslarining neft va gaz saqlagichligini ko'rsatib, fasial tahlil orqali er ostining nefgazliyligini bashoratlash mumkinligini isbotlab berdi.
1922 yili Moskva va Qozon universitetlarida cho'kindi tog'jinsi kuosi o'qitila boshlanda. Shu yili D.V.Nalivkin "fasiya haqidagi fan" kursini Leningrad tog'institutida o'qiy boshladi.
Yigirmanchi yillarda chet elda Angliya olimi g.Milner samarali ish olib bordi. AQShda 1925 yil u.X.Tvenxofel "cho'kindining hosil bo'lishi haqida tushuncha" nomli monografiyasini nashr qildi.
1932 yilda M.S.Shvesov oliy o'quv yurtlari uchun "cho'kindi tog'jinsi petrografiyasi" darsligini yozdi.
Litologiya fanining rivojlanishida L.V.Pustavalovning ahamiyati katta. U 1940 yilda ikki tomli "cho'kindi tog'jinsining petrografiyasi monografiyasini nashrdan chiqardi. Litologiya fanining rivojlanishida N.M.Straxovning (1898-1978) ta'siri katta. Uning "litogenez asoslari" monografiyasi Lenin mukofotiga sazovor bo'lgan. Chet el tadqiqotchilari orasida cho'ukindi tog'jinslari haqidagi fanning rivojlanishida hissa qo'shgan olimlardan golland tadqiqotchisi K.Edelman, amerikalik litolog V.Krumbeyn, L.Sloss, F.Pettidjon qalamiga mansub bo'lgan cho'kindi petrografiyasi haqidagi darsliklarni eslash mumkin.
Litologiya fanini rivojlantirishda yu.A.Jemchujnikov, L.B.Ruxin, G.I.Teodorovich, N.B.Vassoevich, S.G.Sarkisyan, M.V.Klenova, G.I.Bushinskiy, Yu.P.Kazanskiy, A.G.Kossovskaya, G.F.Krashenininkov, A.P.Lisisin, N.V.Logvinenko, V.I.Popov, A.B.Ronov, P.P.Timofeev, V.N.Xolodov va boshqalarning xizmatlari katta.
Litologiya fani geologik davr fanlaridan stratigrafiya, paleontologiya, kristallografiya, ekologiya, tuproqshunoslik fanlari, fizik kolloid ximiya, neft haqidagi va boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq.

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish