Qumli jinslar
Qumli jinslar cho'kindi tog'jinslari orasida eng keng tarqalgan. Qumli jinslar orasida bushoq (qum) va semonlangan (qumtosh) turlari mavjud. U va bu turlari zarralarining o'lchamiga ko'ra dag'al zarrali (2,0-1,0 mm), yirik zarrali (1,0-0,5 mm), o'rta zarrali (0,5-0,25 mm), mayda zarrali (0,25-0,1 mm), ingichka zarrali (0,1-0,05 mm) gacha bo'linadi.
Dastlab mineral bo'laklarining shakli turlicha izometrik, varaqSimon va hokazo bo'ladi. Ko'chish vaqtida (ko'chishining davomiyligiga ko'ra) ular turli darajada silliqlanadi (rasm 35) chaqiq bo'laklar shakli.
Jins hosil qiluvchi chaqiq minerallar orasida kvars ustun, keyin kaliyli dala shpati, slyuda, xaltsedon, glaukonit, gidroslyuda, kaolinit uchraydi. Aktsessor minerallardan eng xarakterlilari tsirkon, granat, turmalin, stavrolit, rutil, titanit, Disten va hokazolar. Rudali minerallarning miqdori 1-1,5 %. Ular magnetit, ilmenit, leykoksen, gematit, pirit, markazitdan iborat.Qumli jinslarning tuzilishi va tarkibida ikkilamchi (postdiagenetik) minerallarning ahamiyati katta. Bular mikroklin, ortoklaz, plagioklaz va boshqalar.
Q umli jinslarni semonlovchi qismi asosan gilli material va kaltsit, qisman dolomit, gips, angidrit, opal, temir oksididan iborat. Semonlovchi materialning tuzilmasi turlicha. Ular asosiy qismdagi zarralarning o'lchami va shakli bilan aniqlanadi. Keng tarqalgan tuzilma turlari yirik zarrali (zarralar o'lchami > 0,5 mm) o'rta zarrali (0,1-0,5 mm), mayda zarrali (0,05-Odmm) Yupqa zarrali yoki pelitomorf (<0,01 mm) va amorf.
Rasm 2: Qumli jinslar zarralarining o'lchamiga ko'ra tasnifi.
Qumli jinslarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning xilma-xilligidadir. Ammo bularda kichik solishtirma og'irlikli zarralar ya'ni "engil fraktsiya" (kvars, dala shpati, karbonat zarralari) ustun, og'ir minerallar (solishtirma ogirligi 2,8-2,9 g/sm ) esa kam (<1%) . XammaQumli jinslar monomineral (oligomiktli) va polimineral (polimiktli) turlarga bo'linadi. Monomineral yotqiziqlarning namoyondasi kvarsli qum yoki qumtosh bo'lib asosan kvars zarralaridan (95%) iborat va qisman dala shpati (<5%) xam uchraydi. Og'ir minerallar miqdori juda oz. Kvars zarralari ajoyib bir xil ulchamy va nursiz tekisligi bilan ajralib turadi. Kvarsli qum qatlamlari tashqi ko'rinishi bilan farqqiladi. Ular asosan oq rangli, ba'zida sariq, pushti ranglari ham uchraydi. Ko'pchilik kvarsli qumtosh qatlami uchun aniq ifodalangan ajoyib qat-qatlik xos.
Ko'pchilik kvarsli qumtoshlarning qatlam va taxlam qalinliklari o'zgaruvchan bo'lib ayrim hollarda o'n va yuz metrgacha etadi.
Chaqiq va semonlovchi qism nisbatiga hamda g'ovak erining to'lish usuliga ko'ra besh turdagi semon ajratiladi:1.bazal-chaqiq bo'lakchalar bir-biriga aloqador bo'lmay semonda "suzib" yurganday bo'ladi 2.g'ovakli-chaqiq zarralar bir-biri bilan aloqador bo'lib ularning orasi semon bilan to'lgan Z.tutash yuzali-semonlovchi material fakat chakiq zarralarning tutashgan erida bo'lib, ular orasidagi ayrim qismi bo'sh qoladi. 4.pardali-semon chaqiq zarralar atrofida yupqa parda hosil qiladi tutash yuzali semon turiga o'xshab bo'sh g'ovak qismi saqlanadi. 5.quyiqlashgan - tog'jinsida semon bir xil tarqalmagan, shuning uchun uning turli erida xar xil semon turi uchraydi, bo'sh g'ovak erlari ham bor. Bundan tashqari postsedimentasion bosqichda semonning boshqa turlari xam uchraydi. Masalan regenerasion regenerasion semonli kumtosh), korrozion, poykolitli.
Qumtoshlarning tuzilishi (tekstura) xam xar xil, ular uchun turli qiya Lama va gorizontal qat-qatlik xos.
Asosiy tashkil qiluvchi komponentlar kvars, dalashpati va jins bo'laklari nisbatiga ko'ra uchta asosiy qumli jinslar guruxiga ajratiladi. Ya'ni monomineral, oligomiktli va polimiktli
Qumtoshlarning tuzilishi (tekstura) xam xar xil. Ular uchun turli qiyalama va gorizontal qat-qatlik xos.
Asosiy tashkil qiluvchi komponentlar kvars, dala shpati va jins bo'laklari nisbatiga ko'ra uchta asosiy qumli jinslar guruxga ajratiladi, ya'ni monomineral, oligomiktli va polimiktli.
Do'stlaringiz bilan baham: |