Neft va gaz konlari geologiyasi



Download 2,65 Mb.
bet24/31
Sana10.06.2022
Hajmi2,65 Mb.
#653143
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
ЛЕКЦИЯЛАР

Tayanch so'z va iboralar: Diagenez, cho'kindining zichlanishi. cho'kindining parchalanishi, kristallanish.
Nazorat savollari:
1. Cho'kindi tog'jinsining xosil bo'lishi – diagenez nima.
2. Cho'kindining zichlanishi xodisalarini keltiring.
3. Cho'kindining parchalanishi, kristallanishi va qayta kristallanishi qanday jarayon.


7-mavzu. Litogenezga ta'sir qiluvchi omillar


Reja:
1. Chukindi tog'jinsini ikkilamchi o'zgarishi.
2. Katagenez bosqichi.
3.Tog'jinsining zichlanishi. Suvni siqib chiqarishi. Tog'jinsidagi asosiy qismini erishi. Yangi mineralning xosil bo'lishi.
4. Kayta kristallanishi

Diagenez bosqichining oxirida zarralarining qayta guruhlarga ajralishi, suvning siqib chikarilishi va boshqa jarayonlar ta'sirida gilli cho'kindining zichligi 1,6-1,8 g/sm , qumli 1,7-1,9 g/sm ga ortadi. Bunday xodisa boshka tog'jinslarida ham ruy beradi.


Cho'kindining suvsizlanishi va o'ziga namni tortib olishi.
Suv xavzalarida xosil bulgan cho'kindida yuqorida ta'kidlanganidek katta miqdorda suv bo'ladi (75-85%). Tog'jinsining zichlanishi natijasida suv siqib chiqariladi va yukori qatlamlarga tarkaladi. Diagenez bosqichi oxirida cho'kindidan katta mikdorda suv siqib chiqariladi, masalan gil va qumlarda 50%gacha etadi. Quruqlikda hosil bo'lgan cho'kindi (masalan eol qumlari, suztuprok) ostidagi yotqiziqlardan yoki atmosferadan o'ziga namni tortib oladi.
Cho'kindining jonivorlar ta'sirida kayta ishlanishi kuruqlik va dengiz sharoitida ruy beradi.
Organik moddalarga boy bo'lgan suv xavzalarida yupka dispersli cho'kindilar (pelitli, karbonatli, fosfatli va boshqalar) boshqalardan jadalloq qayta ishlanadi. Cho'kindining qayta ishlashida asosiy o'rinni bakteriya va loy eyuvchi (turli chuvolchanglar) jonivorlar egallaydi.
Bu jarayon birinchi o'n santimetr o'alinlikda maksimal rivojlangan bo'lib, undan chuqurroqda tez sunadi. Cho'kindining qayta ishlanishida o'simliklarning tirik ildizi kam ta'sir qiladi.
Chidamsiz minerallardan chidamli minerallarning xosil bo'lishi ushbu fizik–kimyoviy sharoitda diagenez jarayoni uchun xosdir. L.V.Pustovalovning takidlashicha cho'kindi xosil bo'lish zonasida ortikcha ekzogen energiyali sharoitda energiya zaxirasiga ega bo'lgan chidamsiz minerallar hosil bo'ladi.
Cho'kindining yotqizilishida ular bu energiyani atrof muxitga berib, o'zlari chidamlirok turni xosil kiladi. Bunga misol gidrolitning
(FeS*H20) pirit yoki markazitga (FeS2) , organitni kaltsitga, opalni-xaltsedonga utishi va xokazo.
Cho'kindini tashkil qiluvchi asosiy kismlarning erishi va parchalanishi – diagenez bosqichi uchun xos jarayon. U muxitning fiik–kimyoviy xususiyatiga sabab bo'ladi. Ushbu xossa bir tomondan cho'kindi komponentlarining barqarorligi, ikkinchi tomondan esa uning kimyoviy aktivligi bilan anikdanadi. Ushbu jarayonda muxitni rn va Eh , suvda erigan tuz va gazlarni tarkibi, ularning kontsentrasiyasi, atmosfera tarkibi (geologik davr ichida tamoman o'zgargan), bosim, xarorat, organizmlarning xayoti va boshkalar katta axamiyatga ega. Misol tariqasida kaltsitni quramiz. Xozirgi gumid zonasining Daryo qumli cho'kindilarida kaltsit qoldiqli faunalar saklanmaydi. Bunga sabab, muxit (dare suvlari) nordon reaktsiyaga ega (rn<7).
Bunday xolat sovuk; suvli xavzalaridagi (rN>8) dengiz yotkiziklarida xam kuzatiladi. Bu er da kaltsitli qoldiklar ortiqcha ko'mir kislotasi xisobiga eriydi. Ko'mir kislotasi kam bulgan ishkor muxitli (rN>8) ilik, suvli dengiz xavzalarida cho'kindidagi kaltsiy karbonatini saqlanishi uchuneng kulay sharoitdir. Boshqa misol – arid iqlimli mintakalarda (chul, yarimchul) organik moddalar butunlay qismlarga parchalanadi va cho'kindidan uzoqlashadi. Gumidli sharoitda quruqlikda ayniqsa suv xavzalarida organik modda batamom o'zgarsa ham cho'kindida saqlanadi.
Yangi minerallarning xosil bo'lishi - cho'kindidagi keng tarqalgan rayonlardan biridir. Yangi minerallar cho'kindidagi chidamsiz minerallar bilan (anik, fizik – kimyoviy muxit), undagi organik qismlarning xamda undagi suyuk; va gazsimon fazalar bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida xosil bo'ladi.
Diagenetik mineral xosil bo'lishini ayrim misollarda ko'ramiz. Masalan temir oksidining organik moddalar bilan (suvli muxitda) reaktsiyasi natijasida siderit xosil bo'ladi. Ya'ni 2Fe2-nH20+C 4FeO+C02+nH20
FeO+C02 FeC03 —*
Masalan temir gidrooksidi bilan serovodorod (organik moddalardagi oksil birikmalarining parchalanishi natijasida xosil bo'lgan) o'rtasidagi reaktsiya temir sulfidi (pirit, markazit) xosil kiladi. Oxaktoshli Balchiq bilan cho'kindini sindirgan dengiz suvidagi magniy ionining kimyoviy reaktsiyaga kirishishi natijasida diagenetik dolomitning xosil bo'lishi ma'lum.
Chaqiq organogen va solitli karbonat maxsulotlarida diagenetik minerallar semon xizmatini bajaradi.
Cho'kindidagi asosiy qismning kristallanishi va kayta kristalanishi. Bu jarayon xemogen va kolloid maxsultlar uchun xos.
Konkresiyalarning xosil bo'lishida (kremniyli, fosfatli va boptshalar) asosiy material kolloid bo'lib, moddaning kristallanishi bilan kechadi. Kristallanishnatijasida cho'kindidagi asosiy kismlar yiriklashadi, solishtirma satxi kichiklashadi.
Kristalik mahsulotlar (kaltsiy, dolomit, sulfatlar, galloidlar va boshqalar) diagenz bosqichida qayta kristallanishi mumkin. Bu esa navbatida ayrim kristallarning betartib joylashishi, kristalik tukimada kamchiliklarning borligiga olib keladi. Shunday qilib Yupqa zarrali, bir xil (tashqi qo'shimchalardan xoli) cho'kindilar jadal kayta kristallanadi.
Diagenez bosqichida, muxitning tarkibi fizik – kimyoviy xossasiga qo'ra, cho'kindida yuqorida ko'rsatilgan jarayonlarning xammasi yoki bir qismi ishtirok etishi mumkin. Masalan zol terrigen jinslarning hosil bo'lishida cho'kindining jonivorlar bilan qayta ishlanishi , suvsizlanishi, asosiy qismning erish jarayoni sodir bo'lmaydi. Monomineral kvarsli qumning xosil bo'lishida esa chidamsiz minerallardan chidamli minerallarning hosil bo'lishi, chidamsiz birikmalarning erish jarayoni umuman bo'lmasligi yoki qisman bo'lishi mumkin.
Barqaror birikmalarning yuqligida esa erish va yangi mineralning xosil bo'lish jarayoni bo'lmaydi yoki bu jarayon juda kuchsiz bo'ladi. Diagenetik jarayonning o'lik, kechishi gilli va dengiz, gumid zonasidagi chuchuk suvli suv xavzalardagi oxaktoshli balchiqlar uchun xos.
Cho'kindidagi xususiyatlardan, atrof muxitdan tashqari diagenez jarayoniga ayrim tashqi omillar xam ta'sir qiladi. Bular bosim, xarorat, ularning ta'sir qilish muddati, cho'kindining yig'ilish tezligi va xokazolar. Ushbu omillar diagenetik jarayonning borishini tezlashtirishi, sekinlatishi xattoki to'xtatib qo'yishi xam mumkin.
Diagenez bosqichi cho'kindining cho'kindi tog'jinsiga aylanishi bilan tamom bo'ladi.
Ta'kidlash lozimki har doim tashqi belgilariga ko'ra cho'kindini cho'kindi tog'jinsidan ajratib bo'lmaydi. Masalan xozirgi qum cho'kindi, qazilma qum jins bilan tashqi belgilariga ko'ra bir xil bo'lishi mumkin. Shuning uchun cho'kindida tirik organizm faoliyatining to'xtashi va fizik –kimyoviy muvozanatga erishish bilan diagenez jarayoni tamom bo'ldi deb xisoblanmaydi.
Diagenez bosqichining davomiyligi katta oraliqda o'zgaradi Cho'kindidagi muvozanatga etish tezligiga ko'ra o'n va yuz ming yil davom etishi mumkin.
Cho'kindi diagenez zonasining qalinligi cho'kindi komponenti muvozanatining boshlanish tengligiga bog'liq. Bir xil tarkibli cho'kindining (masalan toza kvarsli qum) qalinligi biror metrga teng.
Aksincha ko'p komponentli cho'kindida diagenez zonasining qalinligi 100 m va unda ortiqqa etishi mumkin. Bunda cho'kindi tog'jinsiga aylanmay, yangi sedimentogenez davriga duchor bo'ladi.
Diagenez jarayoni tektonik xarakat natijasida cho'kindining er ustiga chiqib kolishi bilan to'xtashi xam mumkin. Bunda cho'kindi tog'jinsiga aylanmay lotologenezning yangi tsikl duchor bo'ladi. Shunday qilib litologenez jarayonining oxirgi maxsuloti cho'kindi tog'jinsidir.
Ular turli kelib chiqishdagi bir yoki bir necha qismdan iborat. Jinsning tashqi ko'rinishi, tuzilishi sharoiti hamda tarkibi, tuzilmasi, xosil bo'lishi va asosiy qismining miqdoriy nisbati bilan aniqlanadi.
Diagenetik jarayonlarda xosil bo'lgan tog'jinsi abadiy bo'lmay o'zgaruvchandir.
Ular sekin asta yangi belgi va xususiyatlarga ega bo'ladi. Cho'kindi toG' jinsidagi litogenez jarayonidan keyingi o'zgarishlar ikkilamchi yoki diagenezdan keyingi postdiagenetik o'zgarishlar deb ataladi. Bular termobarik va geoximik omillar natijasida xosil bo'lib, uning yunalishi esa ko'pincha tektonik xarakatning shakli va jadalligiga boG'liq
Cho'kindi tog'jinsining pastga cho'kishi natijasida ularning xayoti yoki katagenez, metagenez bosqichi bilan (chuqur o'zgarish) oxirgisi esa metamorfizm bilan almashiladi. Metagenez bosqichining tugashi bilan cho'kindi tog'jinsi o'zining borligini tugatadi. Tektonik xarakat natijasida er ostining ko'tarilishi yuz bersa tog'jinsi er ustiga yoki unga yaqn zonaga chiqib kolishi mumkin. Bunday sharoitda cho'kindi tog'jinsi gipergenz bosqichiga o'tib yani o'zgarishlarga uchrashi xatto emirilishi xam mumkin. Shunday qilib cho'kindi tog'jinsining ikkilamchi o'zgarishi katagenez, metagenez va gipergenez bosqichida ro'y beradi. Shu bilan birgalikda tog'jinsi oxirgi ikki bosqichda metamorfik tog'jinsiga aylanishi yoki butunlay emirilishi mumkin.

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish