Cho’kindi materialining
yotqizilishi
Reja
1)Tog’ jinslarining nurashi
2)Tog’ jinslarini ko’chishi
3)Laminar va turbulent oqimlar
Nu
rash qobig'ida hosil bo‘lgan nurash mahsulotlarining ancha qismi
o‘z joyidan turli omillar yordamida ko‘chiriladi va saralanib yotqiziladi.
Nurash mahsulotlarining cho‘kindi to’planuvchi havzalarga ko‘chirilishi
va yotqizilishi jarayonlarida ularga vulqon materiallari va organizmlaming
hayotiy faoliyati mahsulotlari qo‘shiladi.
Nurash mahsulotlarini
ng cho‘kmaga o‘tishi nurash q
ob
ig‘idan
tashqariga ko‘chirilishdan boshlanadi va cho‘kish bilan nihoyasiga yetadi.
D
emak, ko‘chirilish va cho'kish ch
o
‘kindi hosil bo‘lish jarayonining
(sedimentogenezning) ikki ketma-ketlikdagi bosqichlaridir
Cho'kindi mahsulotlar turli omillar yordamida tashiladi. Bunday
omillarga suv va havo oqimlari hamda muz harakati kiradi
Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida
ko‘chiraladi. Bunday oqimlar quruqlik oqimlaridan (daryolar.
soylar) va havza oqimlaridan (sohilbo'yi, kontur, tranzit va turbid
oqimlari) iborat bo'ladi.
Quruqlikda suv oqimlari relyef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday
suv oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, tog'larda 5-8 m/sek
gacha boradi. Oqim tezligining o'zgarishi oqim kengligiga, chuqurligiga
va relef qiyaligiga bog'liq. O'zanning torayishi oqim tezligini oshiradi.
Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga mos keluvchi
ikki xil - laminar va turbulent oqimlar mavjud.
Laminar oqimlarda oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat
yo'nalishi) bir-biriga deyarli parallel va bir xil tezlikda bo'ladi. Bunda
oqim parallel qatlamlar to'plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar
nisbatan sekin, asosiy oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda
hisobga olinmaydigan darajada kichik bo'ladi.
Turbulent oqimlarda oqim chiziqlari buralib o'zgaruvchi uyurmalar
tizimini tashkil etadi. Bunda o'zgaruvchi uyurmalarning yo'nalishi va
tezligi o'rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha aytganda,
uyurmalarda suv massasi chapdan o'ngga, pastdan yuqoriga va aksincha,
harakatlanib, “o'ynab” oqadi.
Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi o'rtacha oqim tezligidan
Uncha katta farq qilmasa ham
butun oqimga kuchli ta ’sir etadi.
Turbulent oqimlarda yirik bo'lakli jinslar (g
’o’
laklar va graviy) dumalatib,
qum donalari saltatsiya (sakrab-sakrab), alevrit va gil zarralari
esa, muallaq holda ko'chiriladi. Turbulent oqimlar laminar oqimlarga
aylanib, tezligi susayganda yirik bo'lakli jinslar oqim o'zanida cho'kib
qoladi, qum donalari dumalash orqali, alevrit va gil zarralari oqimtufayli,
hali suspenziyada bo'lganligi sababli, muallaq holda ko'chiriladi. Laminar
oqim larda o'zan tubidagi notekisliklar cho'kindi m ateriallar bilan to'lib,
tekislanib boradi. Turbulent oqim larda esa, chuqurlatish eroziyasi tufayli
o'zan tubi notekisligicha qolaveradi
Shamol ta’sirida qum donalarining ko'chishi alevrit va gil zarralarining
ko'chishidan farq qiladi. Qum donalari yer yuzasiga yaqin tor havo
qatlamida harakatlanadi, alevrit va gil zarralari esa havoning baland
qatlamlarida ham muallaq holda uzoq masofalarga ko'chirib ketiladi
Quruq yumshoq qum qatlami ustida esayotgan shamol kritik tezlikka
yetganda uning yuzasidagi donalar tezlanish bilan dum alay boshlaydi va
bir necha santimetr yo‘l bosgandan so‘ng sakrab, havoda diametridan
ko‘p marta ortiq bo‘lgan masofaga uchadi. Uchgan bunday donalar yer
yuzasiga parabolik trayektoriya bilan qaytib tushadi va yana sakraydi.
Qum donalarining bunday sakrab harakat qilishi saltatsiya deyiladi.
Etiboringiz uchun
tashakkur !
Do'stlaringiz bilan baham: |