Neft va gaz konlari geologiyasi


Cho'kindi materialning xosil bo'lishi



Download 2,65 Mb.
bet19/31
Sana10.06.2022
Hajmi2,65 Mb.
#653143
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
ЛЕКЦИЯЛАР

Cho'kindi materialning xosil bo'lishi
Cho'kindi material fizik – geofizik sharoitda hosil bo'ladi uning hosil bo'lishi er va manbai litosfera, gidrosfera, atmosfera, planetaning chuqur qismi va kosmik fazodir. Vaqt o'tishi bilan cho'kindi materialning hosil bo'lish manbai doimiy bo'lib qolmaydi. Ma'lumki erning geologik tarixining dastlabki davrida cho'kindi hosil bo'lishida asosiy manba vulqon maxsulotlari xisoblangan. Xozirgi davrda esa cho'kindi materiallarining asosiy manbai litosfera xisoblanadi.
Litosfera cho'kindi materialining xosil bo'lish er bo'lib, jinsning mexanik nurashi, kimyoviy parchalanishi ya'ni nurash jarayonida hosil bo'ladi. Tog'jinsi hamda mineralning emirilishi quruqlikda va suv havzalarida ro'y beradi. Tog'jinsi va mineralning dengiz, okean xavzalarida, suv osti kimyoviy emirilishi galmeroliz deb ataladi. Bu emirilish quruqlikdagidan ko'ra sust bo'ladi.
Mexanik emirilish litosferaning eng yuqori qismini egallaydi.
U turli omillar natijasida ro'y beradi – shamol, yog'ingarchilik, Daryo suvlari, vaqtinchalik kuchli yog'ingarchilik, dengizdagi to'lqin, muzlik, og'irlik kuchi, o'simlik ildizlarining qo'porilishi, xaroratning beqarorligi va hakozo. Mexanik nurash natijasida hosil bo'lgan turli shakl va o'lchamdagi bo'laklar hamda kolloid qismlar tayyor cho'kindi materialni tashkil qiladi.
Kimyoviy nurash – cho'kindi materialning xosil bo'lishida asosiy o'rinni egallaydi. Ushbu jarayonda asosiy o'rinni suv egallaydi(bular vaqtinchalik kuchli yog'ingarchiliklar, Daryo, ko'l er osti suvlari ) uning parchalanish darajasi oksidlanish darajasi – oksidlanish – qaytalanish potentsial erkin kislorod, korbonat – angidrid gazi hamda gumin, vulkonogen kislotalar egallaydi. Ma'lumki suv – mineral, organik birikmalarni kuchli erituvchidir. Uning eritish qobiliyati parchalanish darajasi bilan aniqlanadi.Ma'lumki, suv N+ hamda on- ionlariga parchalanadi. Disterlangan suvda har birining konsentrasiyasi 1* 10-7 g/ion l ga teng. Tabiy sharoitda buning boshqacha nisbati kuzatiladi. Agar N+ ioni on - iondan ustun tursa nordon reaktsiya, teskari holatda – ishqorli reaktsiyadir. Muhit reaktsiyasi vodorod ionining soni bilan aniqlanib rn bilan belgilanadi.
Masalan, suvda vodorod ioni 1* 10-7 g/ion l bo'lsa rn=7,1*10-9 g/ion l bo'lsa rn=9. agar rn 7 bo'lsa suv reaktsiyasi nordon, rn=7 ga teng bo'lganda suv reaktsiyasi neytral, rn 7 bo'lsa ishqoriydir. Er usti uchun harakterli termo barik sharoitida kalisit ishqoriy muhitda chidamli nordon muhitda esa tez eriydi. Temir gidroksidi (Fe (OH)3)rn 4,5 da eriydi katta ko'rsatkichda cho'kindiga cho'kadi.
Kimyoviy nurashda erkin kislorod asosiy ahamiyatiga ega. U atmosferaning asosiy qismini tashkil qilib, uning ulushi 20, 941 % ni tashkil qiladi, suvda esa 34 – 36 % dir bundan tashqari u erigan holda suvda ishtirok etadi. Uning miqdori harorat bosim va suvning sho'rligiga ko'ra 4 – 10 ml/ l gacha o'zgarib erigan gaz hajmining 34 – 36% ni tashkil qiladi. Erkin kislorodning mineral va organik birikmalarga ta'siri uning oksidlanishi bilan belgilanadi. Masalan kisloridsiz xolatda oltingugurt suvchil sharoitda moddaning oksidlanish yoki qaytalanish darjasi uning oksidlanish – qaytalanish potentsianali bo'lib (Eһ) potentsiometr yordamida aniqlanadi va mili voltda o'lchanadi. Tiklanish sharoitida Eһ, manfiy oksidlanish sharoitida esa Eһ musbatdir.
Geologik amaliyotda oksidlanish sharoitida tog'jinsining rangi qo'ng'ir qizil qovoq rang bo'lib temir oksidi birikmasi borligidan dalolat beradi. Kulrang, qora, ko'kimtir kulrang esa tog'jinsida ikki valentli temir borligidan dalolat beradi. Tog'jinsida mayda ko'mirsimon organik moddaning borligi tiklanish sharoitining belgisidir.
Erkin korbonat angidrid kislotasi kimyoviy nurashda asosiy o'rinni egallaydi. Atmosferadi so4 ning miqdori 0,033%. Tabiy suvda erigan gazda karbonat kislotaning miqdori ortib atmosferadi 9,3, dengiz suvida esa 58,9% ga etadi. Karbonat kislotaning karbonat jinslari bilan o'zaro ta'sirida birikmalar eriydi. Kaltsit, dolomit va boshqa erimagan qismi esa tayyor cho'kindi materialdir. Karbonat angidrit gazining magmatik va metomorfik tog'jinslari bilan o'zaro ta'sirida ammomosilikatni parchalaydi. Natijada kremnezem, ammoniy oksidi, temir oksidi, gilli minerallar xosil bo'ladi. Bular cho'kindi materiallardir.
Gumin kislotasi – organik moddalarning chirishidan xosil bo'ladi. Ularda chirish jarayoni kuchli. Nam botqoqlik noxiyalarda, nam iqlimli o'rtacha iqlimda bularning ahamiyati katta. Er usti suvlarida (Daryo, ko'l, botqoqlik) boshqa mineral birikmalari bilan reaktsiyaga kirishib, ularning erigan xolatga keltiradi. Bunday suvlar cho'kindi materialning manbai bo'ladi.
Vulqon jarayoni kuchli bo'lgan noxiyalarda er ostidan chiqqan xlor, ftor, serali angidrid suvli par bilan reaktsiyaga kirishib mineral kislotalarni xosil qiladi.bular o'z navbatida tog'jinsi va minerallarni ajratadi. Litosferaning yuqori qismi organik xayotning kuchli rivojlangan eridir. Er usti o'simliklari, xayqonot qoldiqlari dengiz, qo'ltiq va quruqlik cho'kindilarining asosiy qismini tashkil qiladi. Quruqlikda nurash jarayoni nisbatan tez kechadi.
L.B.Ruxin dalilariga ko'ra er ustida nurashning boshlanishi granitda 40 – 350, mramorda 20 – 135 yilda, butunlay nurash jarayoni esa granitda 340 – 1500, mramorda 740 – 1200 yildan keyin bo'ladi.
Atmosfera cho'kindi materiallarining xosil bo'lish eri xisoblanmaydi, ammo uni tashkil qiluvchi gazlar cho'kindi materialining xosil bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. Oxaktosh, dolomit, ko'mirni tashkil qiluvchi asosiy birikma uglevodorod, kislorod va azotdir.
Gidrosfera katta miqdorda erigan moddalarni o'z ichiga oladi. Bu moddalar quruqlikdan hamda vulqon jarayonidan kelib tushgan.
Moddalarning bir qismi shu erda ya'ni gidrosferada galmiroliz jarayonida xosil bo'ladi.
Galmirolizni xarakatlantiruvchi kuch:

  1. Suvning tarkibi va sho'rligi; 2. Suv xarorati; 3. Gazli rejim.

Suv osti kimyoviy buzilishga shuningdek cho'kindining yotqizilish tezligi va organizmlar xayoti ta'sir qiladi. Gulmiroliz ta'sirida vulqon kullaridan montmorillonitli gillar xosil bo'ladi. Shu jarayonda glaukoniit, shamozit, fillipit va boshqa minerallar xosil bo'ladi. Muallak pelit va boshqa yirik zarralar tayyor cho'kindi material bo'lib, qulay gidrodinamik sharoitda cho'kindiga aylanadi. Erigan va gazsimon komponentlar kimyoviy reaktsiya, o'simlik va jonivorlar ta'sirida qattiq xolatga o'tadi. Jonivorlar ta'sirida qattiq fazaga faltsit va dolomit o'tishi mumkin.
Sayyoraning Suqur er ostidan vulqon jarayonida asosan cho'kindi material chiqadi. Sayyoraning ustiga qattiq, suyuq va gazsimon material chiqadi. Qattiq modda turli o'lchamdagi (mm ulushidan bir necha m gacha) bo'laklardan iborat, yirik bo'laklar ya'ni vulqon bombalari kraterlaridan yaqin masofaga tarqaladi. Mayda bo'laklar – vulqon kullari (1 – 1 mm dan mayda) vulqon otilish jarayonida bir necha o'n va yuz km ga, eng maydalari (0,01 mm dan kichik) butun planeta yuzasiga tarqaladi.
Er ostidan otilib chiqqan natijasida katta miqdorda klastik materiallar ya'ni birnecha, o'n va yuz km 3 er yuziga chiqadi. Mutaxassislarning baholashicha katmay vulqonidan (1812 yil) 15 – 20 km 3 turli moddalar, Tambora vulqonidan esa (1845 yil) er ustiga 100 km3 dan ko'p vulqon kuli va bomba otilib chiqqan.
Bu esa o'z navbatida Islond orolini (maydoni 103 ming km 2) 1 metrli qalinlikda yopishishi mumkin. Termal suvlarida ko'plab erigan moddalar bo'ladi. Bularning bir qismi er ustiga chiqib cho'kindiga aylanadi, qolgan qismi esa gidrosferaga tushadi. Vulqon gazlar so2, SO, SO O3, SO2, N 2, H2, Cl O2, Ar, H2O asosan atmosferaga ko'tariladi. Bular tarkibida H2O, SO2, N2 SO2, ortiq. Ushbu gazlarning ta'sirida yangi cho'kinda materiali xosil bo'ladi.
Kosmik fazo meteorit kosmikchang ko'rinishida er ustiga ko'plab cho'kindi materiali olib chiqadi. Sharsimon shakldagi 0,5 mm kosmik changlar katta axamiyatga ega bular ichida magnit xossasiga ega bo'lgan temirli qora rangli hamda och jigarrang, qo'ng'ir rangli tosh hamda och yashil, sariq rangsiz oynasimon turlari mavjud.
Yil davomida turli manbalardan kelib tushadigan materiallar miqdori quyidagicha.

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish