mumkin. Mazmuniga ko’ra aqliy operatsiya ob’ektlar, ramzlar, ma’noni
o’zgartirish, hulq-atvor bilan bog’liq harakatlar bo’lishi mumkin. Hammasi
bo’lib Gilford aqliy modeli 120 turlicha aqliy jarayonlardan iborat.
Aqliy qobiliyatlar tuzilishi sohasidagi tadqiqotiaming ikkinchi yo'nalishi
insonning yaxlit aqliy faoliyatining o’ziga xosligi va mahsuldorligini belgilab
beruvchi umumiy aqliy omilning mavjudligi g’oyasiga asoslangan.
Ushbu
yondoshuvning asoschisi
CH. Spirmen
hisoblanadi. U «bosh omil» - «G»
kontseptsiyasini ilgari surdi, uning fikriga ko’ra, u alohida «aqliy energiya»dan
iborat bo’lib, bu darajadagi farqlar shaxsiy bilimlar elementlari va test masalasi
mazmuni elementlari o’rtasida aloqa va munosabatlar o’matishdagi idividual
qobiliyatlami belgilab beradi.
Dj.Raven
Spirmen g’oyasi tarafdori
va davomchisi edi. U o’zining
umumiy aqliy rivojlanganlikni «toza» aniqlaydigan asosiy ko’rsatkichi
tashqi
ko’rsatmalar mavjud bo’lmagan sharoitlarda shaxsiy tajribasini umumlashtirish
asosida bilishga bo’lgan qobiliyatning rivojlanuvchi matritsalar xususiy testini
ishlab chiqdi.
R. Kettel
tadqiqotlari umumiy omilda ikki tarkibiy qism:
sub’ekt
tajribasini tadqiq etishga asoslangan «kristallangan aqb>, va yangi sharoit va
vaziyatlarga moslashishni talab etuvchi masalalarda ifodalanadigan, irsiy omillar
tomonidan belgilangan «oquvchi aql»ni ajratib olish imkonini berdi.
Hozirda, yangi «elementar aqliy qobiIiyatlar»ni
ajratib oiishga harakat
qilinayotgan bo’lishiga qaramay, tadqiqotchilar asosan, umumiy aqlning noyob
psixik qobiliyat sifatida mavjudligi fikriga qo’shilmoqdalar.
1958 yilda AQSHda L.R. Xarmon tomonidan o’tkazilgan aqliy testlar
muntazam ravishda aqliy mehnat bilan shug’ullanadiganlaming aqliy
ko’rsatkichlari yuqori bo’lishini ko’rsatdi. Nomzodlik dissertatsiyalarini himoya
qilganlaming ko’rsatkichlari, masalan, 130,8 ga teng bo’ldi (yosh me’yori 100
ga teng). Xuddi shunday natija aholining taxminan 2% ida aniqlandi.
Alohida
kasblar bo’yicha ko’rsatkichlar quyidagicha taqsimlandi: fiziklar - 140,3%,
matematiklar -
138,2%,
muhandislar -
134,8%.
Ro’yxatni
aqliy
rivojlanganlikning yuqori darajasini ko’rsatgan: kimyogarlar - 131,5%,
biologlar- 126,1%, o’qituvchilar - 123,3% yakunladilar.
Ijodkorlikni ikki tomonlama - biror faoliyatning tarkibiy qismi va mustaqil
faoliyat sifatida o’rganish mumkin.
13.5. Ijodkorlik.
Har bir faoliyatda ijodkorlik elementi,
Ijodkorlik tafakkuri
ya’ni, vazifani bajarishga yangicha, o’ziga xos
yondoshuv mavjud bo’ladi.
Bunda ijodiy
element sifatida faoliyatning istalgan bosqichi - muammoni yuzaga
chiqarishdan boshlab harakatlami bajarishning usullarini izlab topish ham
263
xizmat qilishi mumkin. Ijodkorlik yangi, avval ma’lum bo’lmagan
yechimni
topishga yo’naltirilgan bo’lsa, bunda u faoliyat darajasini egallaydi va murakkab
ko’p darajali tizim bo’lib hisoblanadi. Bu tizimda maxsus motivlar, maqsadlar,
harakat usullari, ularning rivojlanish xususiyatlari qayd etiladi.
Ijodkorlik jarayonining asosi bo’lib ichki sezgi mexanizmi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: