N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

ay rim
va 
umumiy
bo’lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, 
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli 
bo’lgan tushunchaga aytiladi. ayrim tushunchalarga Moskva, Toshkent, Baykal 
ko’li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga etnas, balki,
258


jismlar sinfiga, bu sinfdagilaming istalgan jismiga tegishli bo’lgan tushunchaga 
aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o ’ziga xos xususiyatlariga,
tasavvurlaming doiraiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa - bu so’zda o’z 
ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va 
ahamiyatga ega bo’lmagan belgilami o’z ichiga oladi, tushunchalarda esa 
faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko’ra 
ko’proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm -
jismlar va hodisalar o’rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur 
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol 
sifatida: «Psixika miyaning vazifasi», «Barcha metallar elektr tokini o’tkazadi», 
inkor etishga - «Suvda hech qanday yog’ erimaydi» kabi hukmlami keltirish 
mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfhing 
jislaridan birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo’lishiga bog’liq 
ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo’lishi mumkin. 
Ayrim hukm

«Bu odam hech qachon aldov yo’liga kirmaydi». 
Xususiy hukm:
«Ba’zi 
metallar suvdan og’irroq». 
Umumiy hukm:
«Suyuqlikdagi har bir jismga u siqib 
chiqargan suyuqlikka teng bo’lgan bosim ta’sir ko’rsatadi».
Hukmlaming ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko’ra ular chin va soxta 
bo’lishi mumkin. 
Chin hukm
jismlar va ulaming xossalari o’rtasidagi voqelikda 
mavjud bo’lgan aloqalami ifodalaydi. «Massa - inertlik o’lchovi» chin hukmdir. 
Xato hukm
ob’ektiv hodisalar o ’rtasidagi voqelikda mavjud bo’lmagan aloqani 
ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o’lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur 
shakli 
xulosa
deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang’ich 
hukmlar 
xulosa daUUari
deb ataladi. Masalan, barcha slanetslaming 
yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo’lsa, u holda «ushbu 
moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli 
sillogizm
hisoblanadi. Masalan: 
«Barcha metallar - elektr o’tkazuvchi. Qalay - metall bo’lgani uchun, qalay -
elektr tokini o’tkazadi».
Inson asosan xulosalaming ikki turi -
induktsiya va deduktsiyadan 
foydalanadi. 
Induktsiya -
bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalami keltirib 
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalami o’rganish asosida umumiy qoidalar va 
qonunlar o’matish usuli.
Deduktsiya
- bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib 
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalami 
bilish.
259


13.3. Fikrlash operatsiyalari
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni
Fikrlash qonuniyatlari
o’ziga xos aqliy opertsiyalar vositasida
o’rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga 
analiz va sintez, taqqoslash, abstraktsiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, 
tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz -
bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, 
harakatlar, munosabatlarga ajratish. 
Stolni, masalan, qopqog’i, tirgaklari, 
g’aladonlari va boshqalarga bo’lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy 
faoliyatga kiritilganida analiz 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish