N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

yetilish
(ushbu muammoga bevosita va 
bilvosita tegishli bo’lgan bilimlami kontsentratsiyalash, «to’plash»); III 
-
birdan eslash
(izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg’ab olish); IV -
tekshirish.
G.S. Altshuller ijodiy masalami hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab 
chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. 
Birinchi daraja masalalari
ushbu maqsadga mo’ljallangan vositalami qo’llash bilan hal etiladi. Bunda 
umumiy qabul qilingan va ma’lum bo’lgan bir necha xil yechimlami fikran 
tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o’zi o’zgarmaydi. Bunday 
masalalami yechish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo’ladi. 
Ikkinchi darajali masala
ob’ekt ko’rinishini zarur samaraga ega bo’lish 
maqsadida bir muncha o’zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o’nlab 
variantlami tanlash mumkin. Bunday masalalami yechish vositalari bir soha 
bilimlariga tegishli bo’ladi. 
Uchin chi daraja masalalarining
to’g ’ri yechimi
” Maklakov A.G/Obo’aya psixologiya. SPb. 2002. B.295.
249


yuzlab 
noto’g’ri 
yechimlar 
orasida 
yashiringan 
bo’ladi, 
chunki 
takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy 
o’zgartirilishi 
zarur. 
Bu 
daraja 
masalalarning yechish usullarini o’xshash soha bilimlarida izlashga to’g’ri 
keladi. 
To’rtinchi daraja masalalarim
yechishda takomillashtirilayotgan ob’ekt 
to’laligicha o’zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning yechimi fan sohasining 
kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. 
Beshinchi daraja
masalalarim
hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o’zgartirish 
bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko’p karra oshadi, vositalar 
esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo’lishi mumkin. 
SHuning uchun, awalo, kashfiyotni amalga oshirib, so’ngra yangi ilmiy 
ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning yechimini topish zarur.
Altshuller fikriga ko’ra, ijodiy masalalami hal etishning muhim usullaridan 
biri ulami yuqori darajalardairquyilariga ko’chirishdir.
Shunday qilib, yuzaga kelgan obrazlaming tuyulayotgan yengilligi, 
ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o’zgartirish o’z 
qonunlariga bo’ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. Yangi 
tasavvurlar ongda mavjud bo’lganlar asosida tahlil va umumlashtirish 
operatsiyalari 
yordamida yuzaga keladi. 
Oqibatda, xayol jarayonlari 
boshlang’ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ulami yangi 
uyg’unlikda birlashishidan iborat bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon 
xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o’sha 
mexanizmlarga tayanadi.
12.4. Xayolning individual
Xayolning 
individual 
xususiyatlari
xususiyatlari va rivojlanishi
odam xayolining rivojlanish darajasi va
ko’proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko’ra
tafovutlanishida ifodalanadi.
Xayolning rivojlanganlik darajasi o’tmishdagi tajriba ma’lumotlarining 
obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta 
ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning 
kuchli va to’laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to’g’ri kelmaydigan va 
mo”jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. 
Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlami quyi darajada qayta ishlanishi 
bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko’rgazmali 
tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalami yechishda 
qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Xayolning yetarli darajada rivojlanmaganligida 
emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas.
Odamiar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko’ra, aniqroq 
farqlanadi. Bir xil odamiar xayol obrazlarining o’ta yorqinligi, boshqalar - o’ta 
rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori
250


darajasini ijodiy mehnat bilan shug’ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, 
olimlarda ko’rishimiz mumkin.
Odamlar o’rtasidagi farqlar ustun bo’lgan xayol xususiyatlariga nisbatan 
aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga 
bog’liq ravishda odatda, obrazlaming ko’rish, eshitish, motorli va ko’rish- 
eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda karn uchraydi, 
odamlar ko’proq xayolning aralash tipiga ega bo’ladilar, chunki hayotda bir 
vaqtning o’zida ko’rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol 
tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Turli odamlarda xayol ulaming kasbiy faoliyati va ustun bo’lgan ehtiyojlar 
sohasi bilan belgilanadi.
Inson rivojlangan xayol bilan tug’ilmaydi. lining rivojlanishi ontogenezda 
sodir bo’ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo’lib 
xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to’planishini talab etadi. Xayol ta’lim- 
tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan birlikda 
shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog’langan. 
Idrok qilish va xayol o ’rtasidagi uzviy aloqa bola o’z o’yinlarida olgan 
taassurotlarini aw al idrok qilingan jismlami xayolda o’zgartirigan holda qayta 
ishlay boshlaganida namoyon bo’ladi. Stul samolyotga, quticha - avtoulovga 
aylanadi.
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi 
bilan bog’liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlami emas, balki mavhum 
tasavvur va tushunchalami ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash 
bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan 
foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning 
rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol 
obrazlari paydo bo’lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi 
bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan 
bog’liq. Maktab yoshida xayolda muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’qitish 
jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi. SHunday qilib, insonda 
xayolning rivojlanishi qator omillarga bog’liqdir.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish