N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

vazifalam
i bajaradi. Ulardan 
birinchisi
voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalami hal etishda ulardan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo’lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan 
bog’liq bo’lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Xayolning 
ikkinchi vazifasi
emotsional holatlami boshqarishdan iborat. 
O’z xayoli ko’magida inson qisman bo’lsada, ko’pgina ehtiyojlami qondirish, 
uning natijasida yuzaga kelgan zo’riqishni kamaytirishga layoqatli bo’ladi.
Uchinchi vazifasi
xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, 
idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlami ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki 
bilan bog’liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralami boshqarish 
imkoniga ega bo’ladi.
To’rtinchi vazifasi
harakat ichki rejasining shakllanishi - obrazlardan 
foydalanib, ulami ongda bajarish layoqatidan iborat.
Beshinchi vazifasi -
bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday 
dasturlami tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
Xayol yordamida biz organizmning ko’plab psixofizioligik holatlarini 
boshqarishimiz, kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning 
irodaviy yo’l bilan xayol vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko’rsatishi, nafas 
olish maromi, tornir urish tezligi, qon bosimi, tana haroratini o’zgartirishi 
mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu dalillar autotrening asosida 
o’z tasdig’ini topgan.
12.2. Xayol turlari va ijodiy
ХаУо1 turlari ‘asniflanishining bir necha
obrazlarniyaratish
xillari mavjud, ularning har biri asosida
xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, 
inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. 
Faollik belgisi bo’yicha xayol faol va sust xayolga bo’linadi.
Fool xayol
doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq 
amaliy faoliyatni bajarish bilan bog’liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo’lib, 
vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg’otiladi va
245


yo’naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga 
b o ’y s im a d i. 
Faol xayol o’zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va 
antitsipiruyuin,ee xayol turlarini mujassamlashtiradi.
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog’liq ravishda xayol 
yaratuvchi va ijodkor bo’ladi.
Yaratuvchi xayol -
bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so’z orqali 
ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va 
boshqalar) ga tayangan holda tasawur qilish. Xayolning bu turi insonning turli 
xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo’llaniladi. Xuddi shunday, 
yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo’yicha bajarishga 
yordam beradi.
Ijodiy xayol
- bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga 
tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda 
boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo’lgan, faoliyatning aniq o’ziga xos 
mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g’oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson 
ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo’lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol
insonning juda muhim va zarur qobiliyati -
kelajakdagi voqealami oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko’ra olish va 
boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» 
yordamida kelajakda o’zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir 
bo’lishini ko’ra oladi.
Sustxayol
ichki, sub’ektiv omillarga bo’ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan 
to’liq yoki deyarli to’liq bo’lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga 
tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq 
etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida 
qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. 
Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasawurlar, tushuncha 
elementlari va tajribada to’plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish