N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Maromlashtirish metodi
ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog’liq 
bo’lgan she’r, qo’shiq, satrlarga o’tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi
esda olib qolinadigan materialning 
inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his-
23 7


tuyg’ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi 
aniqlandi. Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni 
yodlayotgan odamda qiziqish uyg’otishi kerak.
Aloqalar metodi
matnning tayanch so’zlarini yagona yaxlit hosilaga, 
yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi
ko’rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak 
bo’lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin 
bo’lgan joy obrazi bilan biriashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi 
tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo’nalish sifatida ish joyigacha bo’lgan yo’l, xonadondagi xonalar 
va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) 
joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va 
esda olib qolinishi zarur bo’lgan jismlar ko’rish obrazlarini xotirada qayd etgan 
holda tanlangan yo’nalish bo’yicha joylashtiriladi. SHu tarzda zarur material 
ma’lum izchillikda esda olib qolinadi.
Shunday qilib, xotira qonunlarini bilish, ispolzovanie mnemotexnikani 
qo’llash insonga esda olib qolish jarayonining oson va samaraliroq bo’lishiga 
yordam beradi.
11.6. Xotiraning birlamchi va
Insonga ко plab turli-tuman jismlar va
emotsional ta’sir obrazlari
hodisalar o’z ta’sirini ko’rsatadi, lekin bir
muncha muddatdan so’ng biz idrok qilgan 
jismlardan ba’zilarining obrazlarini tasodifan yoki bilgan holda xotiramizda 
tiklashimiz mumkin. Bu hodisa tasavvur deb ataladi.
Tasavvurlami xotiraning birlamchi va emotsional ta’sir obrazlaridan 
farqlash zaruriyatiga e’tibor qaratish lozim.
Xotiraning birlamchi obrazlari
deb, bevosita ob’ektning idrok qilinishidan 
so’ng paydo bo’ladigan va soniyalar bilan o’lchanadigan vaqt oralig’ida 
saqlanib qoladigan obrazlarga aytiladi. Masalan, bir-ikki soniya biror jism -
ruchka, stol lampasi, suratga tikilib turing, so’ng ko’zlaringizni yumib, uni iloji 
boricha yorqinroq tasavvur qilishga harakat qiling. Siz darhol tez orada 
so’nuvchan va g’oyib bo’ladigan yorqin va jonli obrazni hosil qilasiz. 
Xotiraning birlamchi obrazlari izchil obrazlarga o’xshash ma’lum xususiyatlarga 
ega bo’ladilar: a) ob’ektni idrok qilishdan so’ng paydo bo’ladi; b) davomiyligi 
juda oz; v) yorqinligi, jonliligi va ko’rgazmaliligi ko’rgazmali tasavvurlarga 
qaraganda ko’proq bo’ladi; g) yagona idrok ildiziga ega, umumlashtirishdan 
iborat bo’Imaydi.
Ikkinchi tomondan, ular izchil obrazlardan farq qiluvchi, haqiqiy 
tasavvurlarga yaqinlashtiruvchi xossalarga ega. Birinchidan, xotiraning 
birlamchi obrazlari idrok qilishda diqqatning ma’lum ob’ektga yo’nalganligiga
238


bog’liq. Ikkinchidan, yorqin izchil obrazni hosil qilish uchun uzoq vaqt (15-20 
soniya) ma’lum ob’ektga tikilib turish lozim, xotiraning yorqin birlamchi 
obrazlari esa davomiy bo’lmagan idrok qilish (1-2 sek.) vaqt oralig’ida hosil 
bo’ladi.
Emotsional ta’sir obrazlari
deb, bir jinsli ob’ektlar yoki kuchli hissiy ta’sir 
ko’rsatgan ob’ektni davomli idrok qilgandan so’ng ongda o’ta jonlilik bilan 
paydo bo’ladigan ixtiyorsiz obrazlarga aytiladi. Masalan, qo’ziqorin terib, 
o’rmonda uzoq vaqt sayr qilgan odam uxlashga yotib, ko’zlarini yumganida 
uning ongida o’rmon manzaralari, barglar, o’t-o’lanlar obrazlari yetarlicha 
yorqin ranglarda paydo bo’ladi. Yoki, qandaydir kuyni tinglaganingizdan so’ng 
u uzoq vaqt «quloqlaringiz ostida jaranglab turadi». Ko’pincha, bu hissiyotlami 
junbushga keltirgan kuy bo’lib chiqadi. Emotsional ta’sirli obrazlar aniqligi va 
ko’rgazmaliligi, va ixtiyorsizligi, shuningdek, umumlashtirishga ega bo’lmagan 
idrokning oddiy nusxasi ekanligi bilan izchil obrazlarga o’xshash bo’ladi. Lekin 
ular izchil obrazlardan idrokdan vaqt bo’yicha bir necha soatlar, ba’zida esa 
hatto bir necha kunlar bilan ajratilgan bo’lishi bilan farq qiladi.
Barcha odamlar bir-birlaridan u yoki bu ko’rinishdagi tasawurlaming ular 
hayotida ijro qiladigan rollariga ko’ra tafovutlanadilar. Ba’zilarda ko’rish, 
boshqalarda - eshitish, qolganlarida - harakatli tasavvurlar ustunlik qiladi. 
Barcha odamlar tasawur tipining ustunligiga ko’ra ko’rish, eshitish, harakatli va 
aralash tasavvurlar ustunligi ifodalanadigan guruhlarga ajratilishi mumkin.
K o’rish tipiga
mansub odam matni esga tushiradi, kitob sahifasini tasawur 
qilib, xayolan uni mutoala qiladi. Agar qandaydir raqamlami, masalan telefon 
raqamini eslab qolish kerak bo’lib qolsa, uni qog’ozda yozilgan tarzda tasawur 
qiladi.
Eshitish tipiga
mansub odam matnni xotirlab, talaffuz etilayotgan so’zlami 
eshitgandek bo’ladi. Raqamlar ham eshitish obrazi shaklida yodda saqlanadi.
Harakatli tipga
mansub odam matn yoki raqamlami yodda saqlab qolish 
uchun ulami ichida qaytaradi.
Ta’kidlab o’tish joizki, yorqin ifodalangan tasawur tiplariga ega bo’lgan 
insonlar juda kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarda u yoki bu darajada 
tasavvuming barcha ko’rsatib o’tilgan tiplari mavjud bo’ladi, va ushbu odamda 
qaysi tip yetakchi o’rinni egallashini aniqlash mushkul ish. Ushbu vaziyatda 
individual farqlar faqat tasavvurlar ustunligida emas, balki, tasawurlaming 
o’ziga xosligida ham ifodalanadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlarda 
tasavurlaming barcha tiplari yorqinroq, jonliroq va to’laroq ifoda etilsa, 
boshqalarda u yoki bu darajada rangsiz va chizmalarga asoslangan bo’ladi. 
Yorqin va jonli tasavvurlar ustunligi kuzatiladigan odamlar tasawurlaming 
obrazli tipiga
mansubdir. Bunday odamlarning psixik hayotida tasavvurlar katta
239


ahamiyatga ega. Masalan, qandaydir voqealami xotirlab, ular xayolan bu 
voqealarga tegishli bo’lgan alohida sahnalami «ko’radilar»; biror narsa haqida 
mulohaza yuritib yoki gapirib, ko’rgazmali obrazlar va h.k.lardan keng 
foydalanadilar.
Qator tadqiqotlar natijalariga ko’ra, bolalar hayotidagi hodisalar 
to’g’risidagi birinchi xotiralar 1,5 yoshda paydo bo’ladi. SHuning uchun aynan 
shu vaqtda bolalarda «erkin tasawiirlar» paydo bo’ladi. Uch yoshga kelib esa, 
ko’rish tasawurlari bola hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki yoshda 
nutqiy tasavvurlar yuqori rivojlanish nuqtasiga yetadi. Bunday tasavvurlarsiz 
bolaning nutqni egallashi, uning kattalar bilan muloqoti jarayonlarini amalga 
oshirib bo’lmaydi.
Tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik hayotida o’ta muhim 
o’rinni egallaydilar. Odatda, bu yoshdagi bola obrazlar yordamida ko’rgazmali 
fikr yuritadi. Lekin bolalardagi birlamchi tasavvurlar yorqin bo’lmaydi.
Psixologik tadqiqotlarga ko’ra, tasavvurlaming aniqligi va yorqinligi 
mashqlami bajarish ta’sirida oshib boradi. Tasavvurlar rivojlanishining muhim 
sharti bo’lib yetarlicha boy bo’lgan pertseptiv ma’lumotlaming mavjudligi 
hisoblanadi. Bunday tasdiqlanishning mohiyati tasavvurlaming idrokning odatiy 
usuliga bog’liqligidan iboratdir va bu holat aniq muammolami hal etishda 
hisobga olinishi zarur. Masalan, ko’pchilik chet tilidagi so’zlami ko’rish orqali, 
o’z ona tilidagi so’zlami esa eshitish-harakat orqali tasawur qiladi. Bu o’z 
tilimizni doimo eshitishimiz va odamlar bilan muloqot jarayonida nutqni 
o’rganishimiz, chet tilini esa, odatda, kitoblar yordamida o’rganishimiz bilan 
tushuntiriladi. Natijada chet tilidagi so’zlami tasawur qilish ko’rish obrazlari 
ko’rinishida shakllanadi.
O’qitish 
jarayonida 
tasavvurlaming 
pertseptiv 
obrazlar 
asosida 
shakllanishini hisobga olish lozim. Tasawurlardan erkin ravishda foydalanish 
uchun o’quvchi mos bo’lgan pertseptiv obrazlar asosida ma’lum turdagi 
tasavvurlami shakllantirib olishi 
va ulami qo’llay bilish amaliyotiga ega 
bo’lishi zarur.
Tasavvurlar rivojlanishining muhim bosqichi bo’lib, ularing ixtiyorsiz 
paydo bo’lishidan kerakli tasavvurlami ixtiyoriy hosil qilish malakasiga o’tish 
hisoblanadi.
240



Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish